13
2. Oilaga yordam berish va sog‘lig‘ini yaxshilash,
kasalliklarni oldini olishga alohida e’tibor berish.
3. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni tekshirish,
oila salomatligini kuzatish.
4. Yordam ko‘rsatish rejasini tuzish (patronaj maqsadi, rejasi
va vazifalarini ishlab chiqish).
5. Shaxs va oilaga yordam berishda olgan bilimlari va
tajribasini aholi guruhiga va butun jamiyatga o‘tkazish.
Uydagi patronaj parvarish qilinadigan bemorlarning va
ularning oilalarining xilma - xilligini hisobga oluvchi tibbiy-
ijtimoiy xodim xizmatidir. Bundan tashqari tibbiy ijtimoiy
xodim uzluksiz parvarishni ta’minlashi, turli mutaxassislar bilan
o‘zaro aloqa o‘rnatishi, aholining kam ta’minlangan qatlami va
nogironlarga ijtimoiy yordam berish to‘g‘risida bilishi kerak.
Patronaj vaqtida uy sharoitida og‘ir kasallarga va yakuniy
davrdagi bemorlarga parvarish ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: