KATTA YOSHDAGI AHOLINI O‘QITISH Tibbiy - ijtimoiy xodimlarning asosiy vazifalaridan biri aho-
liga sog‘lom turmush tarzi haqida o‘qitish ishlarini olib borish-
dir. Bunda tibbiy - ijtimoiy xodim o‘qitish ishlarini katta
yoshdagi aholi orasida olib boradi. Kattalarni o‘qitish – bu
bemorning o‘z muammolarini yechish uchun bilim va ko‘nik-
malari yetishmaganda tibbiy ijtimoiy xodim tomonidan tashkil
etiladigan jarayondir. O‘qitishning asosiy maqsadi bemorning
ehtiyojlarni buzilishida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatish,
hayotga qiziqishini qaytarish, salomatligini yaxshilashga yordam
berish yoki o‘zgargan holatiga moslashishiga yordam berishdir.
Bemor va uning yaqinlarini o‘qitishning asosini bemor salo-
matligini ma’lum holatda ushlab turish, bemor uchun kasalligi
natijasida kelib chiqqan holatida munosib hayot bilan ta’min-
lash tashkil etadi. Bemorni o‘qitishda asosiy e’tibor tibbiy-
ijtimoiy xodim yordamida organizmning yo‘qotgan faoliyatini
tiklash va shaxsning tashqi muhit bilan mutanosibligini tiklashga
qaratiladi.
Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorni o‘qitganda o‘qitish samarali
bo‘lishi uchun o‘qitish sohalarini yaxshi bilishi kerak.
1. Bilish – bemorning tashqi muhitdan olgan bilimlarini,
taassurotlari yordamida tahlil qilishi, fikr qilishidir.
2. Emotsional – shaxsning emotsional xususiyatlarini: ta’sir-
chanlik, qo‘rslik, ochiqlik va boshqalarni ifodalaydi.
3. Psixomator soha – shaxsning nerv - ruhiy va somatik ka-
salliklar natijasida kelib chiqadigan psixomator rivojlanish
darajasini, umumiy holatini shaxs kayfiyati, sezgilari va harakat
faolligiga ta’siridir.
4. Ijtimoiy-ruhiy soha – shaxsning fuqarolik dunyoqarashini,
uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini, ya’ni ongini, o‘z-o‘ziga
baho berishi, o‘qitishga nisbatan tirishqoqligini aks ettiradi.