O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Zararsizlantiruvchi  eritmalar  bilan  ishlashda  ko‘riladigan



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Zararsizlantiruvchi  eritmalar  bilan  ishlashda  ko‘riladigan 
ehtiyot choralari: 
1.  Zararsizlantiruvchi  vositalarning  zaxirasi  umumiy  foyda-
laniladigan  alohida,  quruq  va  salqin,  qorong‘u  joyda  qopqoqli 
idishlarda saqlanadi. Zararsizlantiruvchi  eritma idishlarida ular-
ning  konsentratsiyasi  yozma  ravishda  belgilanishi  shart.  Davo-
lash-profilaktika  muassalarida  zararsizlantiruvchi  vositalar  qulf-
langan holda saqlanadi. Bolalar va begona kishilar tegishi taqiq-
lanadi, dori-darmonlardan alohida saqlanadi. 
2.  Bemorlar  va  xodimlar  uchun  mo‘ljallangan  tibbiy  an-
jomlarni  sterilizatsiya  qilishdan  oldin  kimyoviy  moddalar  yor-
damida  tozalanganda,  ularning  ehtiyot  xavfsizligi  belgilangan 
qoidalarga rioya qilish orqali kafolatlanadi. 
3.  Zararsizlantiruvchi  moddalar  bilan  ishlash  uchun           
18  yoshga  to‘lgan,  ish  jarayoni,  majburiyatlari,  texnika  xavf-
sizligi  va  kimyoviy  moddalar  bilan  ishlash  qoidalari  tanish 
bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. 
4.  Zararsizlantiruvchi  moddalarni  tayyorlash,  idishlarga 
quyish  ishlari  alohida  ventilatsiya  uskunasini  bilin  jihozlangan 
xonada o‘tkaziladi. 


79 
5.  Zararsizlantiruvchi  eritma  tayyorlashda  qo‘lga  rezina 
qo‘lqop kiyiladi. Yuzga niqob yoki universal resperator (RU-60) 
tutilib,  fartuk  taqiladi.  Ish  tugagach  qo‘llar  yuvilib,  krem 
surtiladi.  
 Zararsizlantiruvchi  eritmalar  bilan  zaharlanganda  birinchi 
yordam:  
1.  Ish  tartibi  buzilganda,  avariya  hollarida,  texnik  xavfsizli-
giga  rioya  qilinmaganda  xodimlarda  zaharlanish  hollari  ro‘y 
berishi mumkin. 
2. Barcha zararsizlantiruvhi kimyoviy moddalar bilan zahar-
langanda teri shilliq qavatli va nafas yo‘llarning ta’sirlanishi ro‘y 
beradi. 
3.  Himoyalanmagan  teriga  zararsizlantiruvchi  vosita  tek-
kanda birinchi navbatda zararlangan joy oqar suvda yuviladi. 
4. Nafas yo‘li orqali zaharlanganda tezda ochiq havoga yoki 
yaxshi  shamollatilgan  xonaga  chiqish,  og‘iz  -  halqumni  va 
burunni suv bilan chayish zarur. 
5. Zararsizlantiruvchi moddalar ko‘zga tushganda tezda oqar 
suv  bilan  bir  necha  daqiqa  davomida  yuvish,  albutsit  tomizish, 
oftalmologga murojaat qilish lozim.  
 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin