sindromlari va h.) buning asosida hujayralar differentsiyalashishi jarayoni buzilishi
yotadi.
Irsiy kasalliklar patogenezida hujayra darajasidagi buzilishlar ham katta
ahamiyatga ega. Hujayra organoidlaridan biri lizosomada fermentlar faolligi
buzilishlari mukopolisaxaridoz, glikogenoz kabi kasalliklar kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi (jamg’arilish
kasalliklari
).
Peroksisoma organoidi fermentlari faolligi buzilishi natijasida
peroksisoma
kasalliklari kelib chiqadi (osteoxondrodisplaziya, akatalaziya va h.)
Gen kasalliklari patogenezida hujayra membranalaridagi buzilishlar ham
muhim ahamiyatga ega.
Masalan, plazmolyemmada kam zichlikdagi lipoproteidlarni bog‘lovchi retseptorlar yo‘qligi giperx
olesterinemiyaga olib keladi, androgen retseptorlari bo‘lmasligi XY genotipi bo‘lishiga qaramas
dan ayollar fenotipi rivojlanishiga sabab bo‘ladi (testikulyar feminizatsiya sindromi).
Gen mutatsiyalari hujayralar funksiyalari o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Masalan onkogenlar mutatsiyasi natijasida yo‘g‘on ichak raki, retinoblastoma
kasalliklari rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: