Keng tarqalgan gen kasalliklari.
Struktura oqsillari mutatsiyasi natijasida kelib chiquvchi kasalliklar.
Marfan sindromi (Araxnodaktiliya).
Kasallik autosoma-dominant tipda irsiylanadi, uchrash chastotasi 1:10000-1:15000.
Kasallik birinchi marta 1886-yilda V.Marfan tomonidan alohida sindrom sifatida bayon
qilingan .
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik sababi biriktiruvchi to‘qima oqsili fibrillin tolalari
sinteziga javobgar gen mutatsiyasi bo‘lib, ushbu gen 15 xromosomaning uzun yelkasida
joylashgan (15q21).
Asosiy alomatlari. Marfan sindromining klinik kechishi xilma-xil bo‘lib, barcha
biriktiruvchi to‘qima mavjud bo‘lgan a`zo va tizimlarida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Mushak – skelet tizimida kuzatiladigan belgilar: bo‘yning uzun bo‘lishi, oyoq-
qo‘llar uzunligi, araxnodaktiliya, yassi oyoqlik, dolixotsefaliya, gotik tanglay,
prognatiya, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skolioz, giperkifoz, ko‘krak
lordozi), ko‘krak qafasi deformatsiyasi (voronkasimon yoki kilsimon ko‘krak
qafasi), bo‘g‘imlar harakatchanligi buzilishlari (gipermobillik, tug‘ma kontrakturalar), mushaklar
gipotoniyasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |