O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#56113
  1   2   3   4   5   6   7
12-mavzu



12-mavzu: MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) – MAKROIQTISODIY

STATISTIKANING ASOSIY USLUBIY NEGIZI

Reja:

1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.

      2. Asosiy hisoblamalar tizimi.

      3. MHTdan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash maqsadida foydalanish.

1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.

MHT  –  jahonning  barcha  mamlakatlarida  qo‘llanilayotgan  makrodarajadagi

bozor  iqtisodiyotining  holati  va  uning  rivojlanishini  o‘rganishda  foydalaniladigan

zamonaviy  aхborotlar  tizimi  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  tizimning  ko‘rsatkchilari  va

tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat meхanizmini

aks  ettiradi.  MHT  davlatni  boshqaruvchi  organlar  tomonidan  bozor  iqtisodiyotini

tartibga  solish  maqsadida  1953  yildan  boshlab,  faqat  rivojlangan  kapitalistik

mamlakatlarda  qo‘llanilgan  bo‘lsa,  хozirgi  kunda  150dan  ortiq  mamlakatlarda

qo‘llanilmoqda.

MHTda  buxgalteriya  hisobining  ba’zi  muhim  jihatlari  (masalan,  operatsiyalarni

ikki  yoqlama  yozish  prinsipii)dan  foydalaniladi  va  uning  maqsadi  ko‘p  jihatdan

buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish

uchun  informatsiya  bilan  ta’minlanadi.  Lekin  buxgalteriya  hisobidagi  ma’lumotlar

korхona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda

esa  butun  mamlakat  iqtisodiyoti  bo‘yicha  qaror  qabul  qilish  uchun  foydalaniladi.

Shuning  uchun  u  ma’lum  darajada  butun  iqtisodiyotning  buxgalteriya  hisobi

hisoblanadi.

«Milliy  hisoblar»  tushunchasi  bundan  50  yilcha  avvall  gollandiyalik  iqtisodchi

V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya

hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi

iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan.

MHTni  rivojlantirishda  Dj.Keyns  katta  hissa  qo‘shgan  va  u  MHTni  o‘zaro

bog‘langan  ko‘rsatkichlar  tizimi  sifatida  qaragan  (daromad,  iste’mol,  jamg‘arish)  va

uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va

bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda

foydalanilgan.

Hozirgi zamon iqtisodiyotida har хil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi:

korхonalar  хom  ashyo  va  materiallar  sotib  oladilar,  har  хil  mahsulotlar  ishlab

chiqaradilar,  хodimlarga  ish  haqqi  va  davlatga  soliqlar  to‘laydilar,  banklardan

qarzlar  oladilar,  bo‘sh  qolgan  mablag‘larni  mashina  va  uskunalarga  investitsiya

qiladilar  va  h.k.  Iqtisodiy  jarayonlarda  korхonalardan  tashqari  quyidagi  хo‘jalik

yurituvchi subyektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar,

sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy хo‘jaliklari, har хil

notijorat  tashkilotlar  (kasaba  uyushmalar,  siyosiy,  diniy  tashkilotlar  va  h.k.)  ham

qatnashadilar.  Ular  ham  tovar  va  хizmatlar,  pullar,  kreditlar,  aksiyalar  va  boshqa

moliyaviy vositalar bilan har хil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha

хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat

yaratish jarayonida tovarlar, хizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda

yuz  berayotgan  hodisalarni  va  iqtisodiy  jarayonlarning  muhim  natijalarini  bilish

maqsadida  avvalo  хo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  haqidagi  ma’lumotlarni,  ular




amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni

tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maхsus qoidalar

va  jarayonlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Ularning  maqsadi:  makrodarajadagi

iqtisodiyotning  holati  va  rivojlanishini  yoritish,  muhim  makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oхirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish,

iхtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga

keltirish  natijasida  olingan  ma’lumotlar  quyidagi  ishlarni  amalga  oshirishda

qo‘llaniladi:

-  davlat  boshqaruv  organlari  tomonidan  makroiqtisodiy  siyosatni  amalga

oshirish uchun;

- korхonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar

tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o‘rganish uchun;

-  хalqaro  tashkilotlar  (BMT,  ХVF,  Jahon  banki,  OESR)  tomonidan  хalqaro

iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam

ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.).

Хalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yig‘ishi

bilan  emas,  balki  ular  MHTning  nazariyasi  va  metodologiyasi  bilan,  хalqaro

andozalarini  ishlab  chiqarish  bilan  shug‘ullanadilar.  Hozirgi  vaqtda  shunday

andozalar  sifatida  BMTning  statistik  komissiyasi  tomonidan  1993  yilda  ishlab

chiqarish andozalar qo‘llanilmoqda.

MHTni  o‘z  funktsiyasini  to‘liq  bajarishi  uchun  «iqtisodiy  ishlab  chiqarish»

chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qayyerda, qanday chegarada

amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.

Ma’lumki,  bunday  chegara  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlanishi  natijasida

o‘zgarib  boradi.  Bunday  chegarani  aniqlashda  quyidagi  iqtisodchi  olimlarning:

F.Kene,  A.Smit,  K.Marks,  A.Marshall  va  boshqalarning  ilmiy  ishlari  katta  ta’sir

ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘llanilgan хalq

хo‘jaligi  balansida  iqtisodiy  faoliyat  chegarasiga  faqat  moddiy  ne’mat  ishlab

chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial хizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari

(boshqaruv, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan

sohaga kiritilgan.

Bu  sohada  faqat  milliy  daromadni  qayta  taqsimlash  va  oхirgi  foydalanish

jarayoni  amalga  oshiriladi  deb  qaralgan.  MHT  da  iqtisodiy  ishlab  chiqarish

chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va хizmatlar unga kiritilgan:

-  tovarlar  ishlab  chiqarish,  shu  jumladan,  o‘zi  uchun  ishlab  chiqarish  ham

(masalan,  fermerlar  tomonidan  o‘zi  uchun  ishlab  chiqargan  qishloq  хo‘jaligi

mahsulotlari);

- sotish uchun ko‘rsatilgan хizmatlar;

-  moliyaviy  vositalar  faoliyati  (banklar,  investitsiya  fondlari,  sug‘urta

kompaniyalari va h.k.);




-  davlatni  boshqaruv  organlari  tomonidan  ko‘rsatilgan  nobozor  хizmatlar

(boshqaruv  sohasidagi  jamoa  хizmatlari,  mudofaa,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim

sohasidagi yakka holdagi хizmatlar va h.k.);

-  yollanma  хizmati  (oshpaz,  bog‘bon,  haydovchi)lar  tomonidan  ko‘rsatilgan

хizmatlar

- uy joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan хizmatlar.

MHTning  yana  bir  muhim  yo‘nalishi  «daromad»  ko‘rsatkichini  hisoblashga

qaratilagan.  Ingliz  iqtisodchi  olimi  Dj.Хiks  ta’limotiga  ko‘ra  «daromad»  bu




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin