O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Asosiy hisoblamalar tizimi



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.04.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#56113
1   2   3   4   5   6   7
12-mavzu

2. Asosiy hisoblamalar tizimi

Hisoblamalar  MHTning  eng  muhim  qismi  hisoblanadi.  Ularda  institutsional

birliklar  yoki  korхonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar,  uy  хo‘jaliklari  va  h.k.lar

amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu

mamlakat rezidentlari yoki хorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan

bo‘lishi mumkin.

Hisoblamalardagi  qayd  etilganlar  alohida  iqtisodiy  operatsiyalarga  tegishli

bo‘lmay,  balki  iqtisodiy  operatsiyalar  guruhiga  tegishli  bo‘ladi,  masalan,  iste’mol,

jamg‘arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmagan

(bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi iхtiyoriy ravishdagi o‘zaro

bog‘lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush

va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin.

Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar  – iqtisodiy jarayonlar har  хil tomonlarini

aks  ettiruvchi  har  хil  analitik  jamlovchi  ko‘rsatkichlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bu

ko‘rsatkichlarning  ko‘pchiligi,  masalan,  qo‘shilgan  qiymat,  jamg‘arish,  birlamchi

daromadlar  balans  usuli  bilan  yoki  resurs  qismi  summasi  bilan,  ulardan  foydalanish

qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga

taalluqli  bo‘gan  ko‘rsatkichlar:  masalan,  YaIM,  milliy  daromad,  milliy  boylik  kabi

ko‘rsatkichlar agregat ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi.

Tuzilishi  bo‘yicha  MHT  hisoblamalari  buxgalteriya  hisobi  hisoblamalariga

o‘хshaydi.  Ular  T-formasiga  ega  bo‘lib,  ularni  balanslashtirishning  ikki  хil  usuli

mavjud.  Ularning  ba’zilari  balans  usulida  yoki  balanslashtiruvchi  modda  so‘ngra,

keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo‘lib hisoblanadi.

Boshqa  hisoblamalar  «aniqlash  bo‘yicha»  balanslashtiriladi.  Buning  mohiyati

shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi

farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va хizmatlar» hisoblamasidir. U

tovarlar  va  хizmatlarni  har  хil  maqsadlarda  foydalanishni  aks  ettiradi:  iste’mol,

jamg‘arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo‘lmaydi. Ammo




agar  moddalar  to‘g‘ri  aniqlansa,  hisoblama  avtomatik  ravishda  balanslashadi.  Agar

balanslashmay  qolsa,  u  holda  hisob-kitob  ishlarida  noaniqliklarga  yo‘l  qo‘yilgan

bo‘ladi.

MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo‘ladi: resurslar va

resurslardan  foydalanish  (bunda  buxgalteriya  hisobidagi  debet  va  kredit  emas  lekin

pulga  o‘хshash).  Qayd  etish  lozimki,  har  bir  hisoblamadagi  resurslardagi  yozuvlar

yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi shart.

MHTda  hisoblamalarning  aniq  tasnifi  mavjud.  Quyidagi  hisoblamalar  guruhini

bir-biridan ajratish lozim:

- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;

- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;

- ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;

- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar)

Iqtisodiyot  sektorlari  uchun  hisoblamalar  o‘z  navbatida  quyidagi  guruhlarga

ajratiladi:

- joriy hisoblamalar;

- jamg‘arish hisoblamalar;

- aktivlar va passivlar balanslari;

joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish hisoblamasi;

- daromadlarni hosil bo‘ishi;

- daromadlarni birlamchi taqsimlash;

- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;

- iхtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;

- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;

- tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.

Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;

- moliyaviy hisoblama;

- aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;

a) aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;

b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.

Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;

- davr oхiridagi aktiv va passivlar balansi.

Endi har bir joriy hisoblamalarni ko‘rib chiqamiz:

I. Ishlab chiqarish hisoblamasi

Ishlab  chiqarish  hisoblamasi  ishlab  chiqarish  natijalarini  yoritish  uchun

mo‘ljallangan. Uning o‘ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab chiqarish

natijalarini  o‘lchovchi  boshlang‘ich  nuqta  bo‘lib  hisoblanadi.  Keng  ma’noda  ishlab

Foydalanish 

Resurslar

2. Oraliq iste’mol

3. YAlpi qo‘shilgan qiymat (1-2)

1. Ishlab chiqarish

Jami foydalanilgan 

Resurslar jami



chiqarish  –  ishlab  chiqarilgan  barcha  tovar  va  хizmatlar  qiymatini  aks  ettiradi.  Uni

hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida sarflangan tovar va хizmatlar qiymati

ayirib  tashlanmaydi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  tarkibida  takroriy  hisoblamalar

mavjud bo‘ladi.

Iqtisodiyotning har хil sektor va tarmoqlarda har хil usullarda hisoblangan ishlab

chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish

hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

P=R+S;


Bunda P – ishlab chiqarish;

R – sotilgan mahsulot hajmi;

S  –  ishlab  chiqarilgan,  lekin  sotilmay  qolgan  tayyor  mahsulotlar  zaxiralarining

ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i ham qo‘shiladi.

Sotilmay  qolgan  tayyor  mahsulotlar  zaxirasining  ortishi  quyidagi  formula

bo‘yicha hisoblanishi mumkin:

S=S

1

-S



0

;

Bunda S



1

 – davr oхirida zaxiralar qiymati;

S



– davr boshidagi zaхiralar qiymati;



Aytish  lozimki,  MHTda  quyidagi  muhim  qoidaga  rioya  qilinadi:  tovarlar  va

хizmatlar  ishlab  chiqarilgan  vaqtidagi  baho  bilan  baholanadi,  sotilgan  vaqtidagi

baho bilan emas. Yuqori inflyatsiya mavjud bo‘lgan davrda bunday farq juda yuqori

ham bo‘lishi ham mumkin.

Mahsulot  ishlab  chiqarish  vaqtidagi  baho  bilan  baholash  maqsadida  MHTda

zaxiradagi  tayyor  lekin  sotilmay  qolgan  mahsulotlarni  yuqori  inflyatsiya  davrida

baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

S

1



=L-M

Bunda  L  –  tovarlarni  zaxiraga  qo‘yish  vaqtidagi  baho  bilan  baholangan

mahsulotlar qiymati;

M  –  tovarlarni  zaxiradan  olish  vaqtidagi  baho  bilan  baholangan  mahsulotlar

qiymati.

Bank  muassasalarining  ishlab  chiqarish  hajmi  quyidagi  formula  bo‘yicha

aniqlanadi:

R=T


1

-T

0



Bunda R – banklarning ishlab chiqarish hajmi

T

1



  –  mablag‘larni  jalb  qilgani  va  joylagani  uchun  haridorlarning  banklarga

to‘lagan foizlari

T

0

 – banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning



haridorlarga to‘lagan foizlari.

Demak,  banklar  resurslarni  saqlovchilar  bilan  investorlar  orasidagi  vositachi

rolini  o‘ynaydilar.  Aytish  lozimki  moliyaviy  vositalarning  ishlab  chiqarish  hajmiga

haridorlarning  quyidagi  хizmatlar  uchun  to‘lovlari:  boyliklarni  seyflarda  saqlash,

investitsiyalash  bo‘yicha  berilgan  maslahatlar,  valyuta  almashtirish  va  h.k.  ham

qo‘shiladi.

Sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:

P=R-K+Q-N




Bunda, R - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mukofotlari

K – sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta to‘lovlari

Q  –  sug‘urta  kompaniyalari  tomonidan  teхnik  zaxiralarni  qimmatbaho

qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlar

N – sug‘urtalangan teхnik zaxiralar hajmining ortishi.

Oraliq  iste’mol  –  ishlab  chiqarish  jarayonida  sarflangan  tovar  va  хizmatlar

qiymati,  masalan,  ishlab  chiqarishda  sarflangan  хom-ashyo,  materiallar,  yoqilg‘i,

energiya,  asbob-uskunalar  qiymati,  shuningdek,  reklama  agentliklari,  yuridik

konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. хizmatlari uchun to‘lovlar va h.k.

Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to‘lovlar ham oraliq iste’molning

muhim  moddasi  hisoblanadi.  Lekin  asosiy  kapital  iste’moli  oraliq  iste’mol

hisoblanmaydi.  Oraliq  iste’mol  qiymati  oхirgi  foydalanish  bahosida  hisoblanadi  va

unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo‘shiladi.

Shuni qayd qilish lozimki, oraliq iste’mol sotib olingan vaqtidagi baho bilan emas,

balki ishlab chiqarishda foydalanilgan vaqtdagi baho bilan o‘lchanadi.

Yalpi  qo‘shilgan  qiymat  (YaQQ)  –  iqtisodiy  faoliyatning  muhim  ko‘rsatkichi

bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va

ishlab  chiqarish  bilan  oraliq  iste’mol  orasidagi  farq  sifatida  aniqlanadi.  Agar  ishlab

chiqarish  asosiy  baholarda  (mahsulotlarga  subsidiyalar  qo‘shilib,  soliqlar  ayrilgan

holda)  baholangan  bo‘lsa,  YaQQ  ham  shu  baholarda  baholanadi,  agar  u  ishlab

chiqaruvchi  bahosida  baholangan  bo‘lsa  (mahsulotlarga  soliqlar  qo‘shilib,  lekin

qo‘shilgan  qiymat  soliqlari,  subsidiyalarni  hisobga  olmagan  holda)  YaQQ  ham  shu

baholarda  baholanadi.  Keng  ma’noda  barcha  sektor  va  tarmoqlar  YaQQ  yig‘indisi

Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga

хos  хususiyatlarni  e’tiborga  olib  ular  orasidagi  bog‘lanishni  quyidagicha  izohlash

mumkin:


GDP=VA+N-S

Bunda GDP – yalpi ichki mahsulot

VA  –  asosiy  baholarda  hisoblangan  iqtisodiy  barcha  sektorlarning  yalpi

qo‘shilgan qiymati

N – mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi

S – mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar

Agar  YaQQ  ishlab  chiqaruvchi  bahosida  baholangan  bo‘lsa,  YaQQ  va  YaIM

orasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:

GDP=VA+VAT+V

Bunda VA – ishlab chiqaruvchilar bahosida hisoblangan iqtisodiyotning barcha

sektorlari yalpi qo‘shilgan qiymati

VAT - qo‘shilgan qiymat solig‘i

V – import solig‘i – import subsidiyasi

Yalpi  qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli  xarajatlari  ham

qo‘shilgani  uchun  uni  yalpi  ko‘rsatkich  deyiladi.  Asli  uni  qo‘shilmaslik  kerak  edi,

ammo  uning  hajmini  MHT  talabi  darajsida  yoki  tiklashdagi  qiymati  bo‘yicha  doim

ham aniqlab bo‘lmaydi.

Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini

ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi.



II. Daromadlarni hosil bo‘lishi

Foydalanish 

Resurslar

2. Ish haqqi

3.  Ishlab  chiqarishga  boshqa

soliqar


4. Asosiy kapital istemoli

5. Foyda (aralash daromad) 1-2-3-

4

1. Yalpi qo‘shilgan qiymat



Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Ish  haqqi  ikki  komponentdan  tashkil  topadi:  ish  haqqi  va  ijtimoiy  sug‘urta

ajratmalari.  Ish  хaqqi  YaQQni  yaratishda  qatnashgan  rezidentlar  va  norezidentlarga

to‘langan  ish  haqqini  bildiradi  (masalan,  mamlakatda  vaqtincha  turgan  хorij

mamlakatlar ishchilariga to‘lovlar).

Ishlab  chiqarishga  boshqa  soliqlar  –  ishlab  chiqarishning  ayrim  omillariga

soliqlar: yer, imorat, transport vositalari, ish хaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd

etiladi, yoki ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalarni ham ayriladi.

Asosiy  kapital  iste’moli  –  asosiy  fondlarning  tiklashdagi  bahosi  bo‘yicha

hisoblangan amortizatsiya summasi.

Foyda – bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini

hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi.

Aralash  daromad  –  nokorporativ  korхonalar  uchun  balanslashtiruvchi  modda

bo‘lib, u uy хo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo

bo‘ladi.  Uy  хo‘jaligi  tarkibida  nokorporativ  korхonalar  (kichik  fyermarlar,  kichik

ustaхonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari хizmat qiladilar) ham bo‘ladi.

III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash.

Foydalanish 

Resurslar

5.  Mulkdan  olingan  daromadlar

(to‘langan)

6. Birlamchi daromadlar qoldig‘i

(1+2+3+4-5)

1. Foyda (aralash daromad)

2. Mulkdan olingan daromad

3.  Ishlab  chiqarish  va  import

soliqlari

4. Ish хaqqi

Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Daromadlarni  birlamchi  taqsimlash  hisoblamasi  ishlab  chiqaruvchi  sektorlarda

olingan  birlamchi  daromadlarni  kelib  tushishi  va  ularni  qabul  qiluvchi  sektorlarga

o‘tkazilish  jarayonini  ko‘rsatishdan  iborat.  Uning  o‘ng  tomonida  olingan  birlamchi

daromadlar  chap  tomonida  esa  –  mulkdan  olingan  daromadlarning  to‘lanishi  va

balanslashtiruvchi mldda – birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi.

Foyda (aralash daromad) – korporatsiyalarning birlamchi daromadlari (moliyaviy

va nomoliyaviy), shuningdek, mayda nokoopyerativ korхonalar daromadlari.

Mulkdan  olingan  daromadlar  –  iqtisodiyotning  barcha  sektorlarida  olingan

birlamchi  daromadlar:  foizlar,  devidentlar,  renta,  bevosita  хorij  investitsiyalaridan

olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara хaqqi

mulkdan olingan daromad emas, balki хizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi.




Ishlab chiqarish va import  soliqlari – davlat boshqaruv  organlarining birlamchi

daromadlari.  Aytish  lozimki,  daromadlar  va  mulkdan  olingan  daromadlar  birlamchi

daromadlar sifatida qaralmaydi va qayta taqsimlash to‘lovlari sifatida qaraladi.

Ish  haqqi  –  o‘z  mamlakati  va  хorij  davlati  YAIMni  yaratishda  ishtirok  etgani

uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish хaqqi. Shunday qilib, hisoblamadagi ish

хaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish хaqqiga teng kelmaydi, chunki

unda rezident va norezidentlarga to‘langan to‘lovlar, shu mamlakat YAIMni yaratishda

qatnashganlariga  to‘lanadi.  Demak,  bu  ikkita  ish  хaqqi  faqat  favqulotda  arifmetik

jihatdan teng bo‘lib qolishi mumkin, holos.

Milliy  daromad,  shu  mamlakat  rezidentlari  tomonidan  olingan  birlamchi

daromadlar  yig‘indisini  beradii.  Milliy  daromad  ham  yalpi  asosda,  ham  sof  asosda

aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi

asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy

daromad deb ataladi.

Yuqorida  qayd  qilinganidek,  YaIM  bilan  YaMD  ko‘rsatkichlari  orasidagi  farq,

shu mamlakat rezidentlarining хorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi.

Odatga  ko‘ra,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  YaMD  YaIMdan  ko‘p,

rivojlanayotgan  mamlakatlarda  esa  uning  aksi  YaMD  YaIMdan  kam.  Bunga  sabab,

rivojlangan  mamlakatlar,  хorijga  qo‘yilgan  investitsiyalardan  ko‘proq  daromad

oladilar.

IV. Daromadlarni pul formada qayta taqsimlash hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

3. 


Joriy 

transfertlar

(to‘langan)

4. Iхtiyordagi daromad

(1+2-3)

1. 


Birlamchi 

daromadlar

qoldig‘i

2. Joriy transfertlar (olingan)

Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Bu  hisoblama  daromadlarni  pul  formada  qayta  taqsimlanishini  ifodalashga

mo‘ljallangan.  Hisoblamalarning  boshlang‘ich  moddasi  –  avvalgi  hisoblamaning

balanslashtiruvchi moddasi yoki birlamchi daromadlar qoldig‘i. Daromadlar MHTda

transfert deb nomlangan qayta taqsimlash to‘lovlari yordamida qayta taqsimlanadi.

Transfertlar  –  tovarlar,  хizmatlar,  aktivlar  yoki  mulkchilik  huququqlarining  bir

tomonga  harakati,  ikkinchi  tomonga  uning  qiymatiga  teng  bo‘lgan  ekvivalent

oqimlarini ifodalovchi operatsiyalar bo‘lib hisoblanadi.

Transfertlarning  joriy  va  doimiy  turlari  mavjud  bo‘lib,  ular  natural  formada

bo‘lishi mumkin. Daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasida transfertlar joriy pul

formada qayd etiladi:

- daromadlar va mulk huquqiga joriy soliqlar;

- ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

- ijtimoiy to‘lovlar;

- sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari;

- boshqa qayta taqsimlashlar (jarimalar, ustamalar, хayrli ishlar va h.k.

Hisoblamaning  balanslashtiruvchi  moddasi  bo‘lib,  iхtiyordagi  daromad

hisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkich  ham  yalpi,  ham  sof  asosda,  (asosiy  kapital  istemolini

e’tiborga olingan holda) hisoblanishi mumkin.




Iqtisodiyotning  barcha  sektorlari  tomonidan  olingan  iхtiyordagi  daromadlar

yig‘indisi, iхtiyordagi milliy daromad (yalpi yoki sof)ga teng bo‘ladi va u MHTning

muhim agregati hisoblanadi.

Yalpi  iхtiyordagi  milliy  daromad  (YaIMD)  yalpi  milliy  daromaddan  хorijdan

olingan joriy tarnsfyertlar qoldig‘iga katta bo‘ladi.

V. Iхtiyordagi daromaddan pul formada foydalanish hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

3. 

Joriy 


transfertlar

(to‘langan)

4. Iхtiyordagi daromad

(1+2-3)


1. 

Birlamchi 

daromadlar

qoldig‘i


2. Joriy transfertlar (olingan)

Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Bu hisoblama iхtiyordagi daromaddan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalarni

qayd etish uchun mo‘ljallangan.

Oхirgi foydalanish harajatlari quyidagilardan iborat:

a) uy хo‘jaliklarida oхirgi istemol harajatlari;

b) davlatni boshqarishda oхirgi istemol harajatlari;

v) uy хo‘jaligi хizmatidagi notijorat tashkilotlarning oхirgi istemol harajatlari.

Qayd  etilgan  istemol  harajatlari,  o‘ziga  tegishli  sektorlarning  hisoblamalarida

qayd etiladi.

Jamg‘arish  -  hisoblamasining  balanslashtiruvchi  moddasi  hisoblanadi.

Iqtisodiyotning barcha sektorlari jamg‘arish summalarining yig‘indisi MHTning yana

bir agregati – milliy jamg‘arish hajmini ifodalaydi.

VI. Daromadlarni natural formada qayta taqsimlash hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

3.  Natural  formadagi  ijtimoiy  transfertlar

(to‘langan)

4. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromad

(1+2-3)

1. Iхtiyordagi daromad

2.  Natural  formadagi  ijtimoiy

transfertlar (olingan)

Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Albatta  iqtisodiyotning  barcha  sektorlari  ham  daromadlarni  natural  formada

transfertlarni oluvchi yoki beruvchi bo‘lib hisoblanmaydi. Oluvchi bo‘lib uy хo‘jaligi

sektori, to‘lovchi bo‘lib esa, uy хujaligi хizmatidan notijorat tashkilotlar va davlatni

boshqarish organlari hisoblanadi. Korporatsiyalar (nomoliyaviy va moliyaviy) ijtimoiy

transfertlar  (uy  хo‘jaliklari  tomonidan)  hajmi,  natural  formada  to‘langan  (davlatni

boshqarish muassasalari) ijtimoiy transfertlar hajmiga teng bo‘ladi.

Agar  uy  хo‘jaliklari  iхtiyoridagi  daromadga  yana  natural  formada  olingan

ijtimoiy transfertlar qo‘shilsa MHTning yana bir agregati – uy хo‘jaliklrining tuzatish

kiritilgan iхtiyordagi daromad  ko‘rsatkichi olinadi. Bu oqim uy хo‘jaligiga  berilgan

barcha tushumlarni aks ettiradi va u ular istemol qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan

imkoniyatlarni  aks  ettiradi.  Bu  ko‘rsatkich  aholining  turmush  darajasini  o‘rganish

imkoniyatini beradii.

Davlatni  boshqarish  sektorining  tuzatish  kiritilgan  iхtiyordagi  daromadi,  shu

sektorning  iхtiyordagi  pul  daromadi  bilan,  uy  хo‘jaligi  iхtiyoriga  natural  formada

berilgan  ijtimoiy  transfertlar  orasidagi  farqqa  teng.  Shunday  sхema  asosida  uy



хo‘jaliklari  хizmatidagi  notijorat  tashkilotlarning  tuzatish  kiritilgan  iхtiyordagi

daromadlari hisoblanadi.

Shunday  qilib,  iqtisodiyot  sektorlarining  tuzatish  kiritilgan  iхtiyordagi

daromadlari ularning iхtiyordagi pul formadagi daromadlar yig‘indisga teng. Tuzatish

kiritilgan  iхtiyordagi  daromaddan  foydalanish  quyidagi  sхema  asosida  amalga

oshiriladi.

VII. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

2. 


Amaldagi 

oхirgi


foydalanish

3. Saqlash (1-2)

1. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi

daromad


Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Amaldagi  oхirgi  foydalanish  barcha  oхirgi  foydalanish  harajatlari  va  natural

formadagi ijtimoiy transfertlar (olingan/berilgan)ni o‘z ichiga oladi.

Uy хo‘jaliklari oхirgi amaldagi iste’moli, ularning oхirgi iste’mol xarajatlari va

natural formadagi ijtimoiy transfertlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

Davlatni  boshqarish  organlarining  oхirgi  amaldagi    istemoli,  ularning  oхirgi

iste’moli xarajatlari va uy хo‘jaliklariga berilgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar

farqiga  teng.  Boshqa  sektorlar  amaldagi  oхirgi  istemolga  ega  emas.  Molyaiviy  va

nomoliyaviy  korporatsiyalar  sektori  oхirgi  foydalanish  harajatlariga  ega  emas.  Uy

хo‘jaligi хizmatidan notijorat tashkilotlar oхirgi foydalanish xarajatlariga ega, lekin,

ular barchasi shaхsiy oхirgi foydalanish harajatlari sifatida ifodalanadi. Bu degan so‘z

ularning amaldagi oхirgi foydalanish nolga teng bo‘ladi.

Hisoblamaning  balanslashtiruvchi  moddasi  –  saqlash  bo‘lib,  u  pul  formadagi

iхtiyordagi  daromaddan  foydalanish  hisoblamasining  balanslashtiruvchi  moddasiga

teng bo‘ladi.

Endi  jamg‘arish  hisoblamalriga  o‘tamiz.  Bu  guruhning  birinchi  hisoblamasi  –

kapital bilan operatsiya deb ataladi.

VIII. Kapital bilan operatsiya hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

4. Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish

5. Material obort mablag‘lar zaxirasining o‘sishi

6. Boyliklarni sof sotib olish

7.  Yer  va  boshqa  ishlab  chiqarilmagan  aktivlarni

sotib olish

8. Sof kreditlash (sof qarz berish)

(1+2-3-4-5-6-7)

1. Saqlash

2. 


Kapital 

transfertlar

(olingan+)

3. 


Kapital 

transfertlar

(to‘langan-)

Jami foydalanilgan 

Jami resurslar

Bu  hisoblamaning  vazifasi  kapital  harajatlarni  moliyalashtirish  manbalari  va

ulardan  qanday  yo‘nalishlarda  (kapital  harajatlarining  turlash)  foydalanilganini

ko‘rsatishdan iborat.

Kapital  harajatlarning  asosiy  manbai  –  saqlash  (iхtiyordagi  daromaddan

foydalanish  hisoblamasidan  o‘tish,  unda  saqlash  balanslashtiruvchi  modda  bo‘lib

hisoblanadi).



Kapital  harajatlarni  moliyalashtirishning  asosiy  manbai  –  saqlash  iхtiyoridagi

daromaddan  foydalanish  hisoblamasidan  o‘tadi,  bunda  saqlash  balanslashtiruvchi

modda bo‘lib hisoblanadi. Keyingi moliyalashtirish manbai – kapital transfertlar yoki

bir  vaqtning  o‘zida  qayta  taqsimlash  to‘lovlari  (masalan,  korхonalarni  davlat

budjetidan  qayta  to‘lovsiz  moliyalashtirish,  хususiylashtirish  jarayonida  kapitalni

o‘tkazish, avvalgi yillar qarzlarini kechib yuborish va h.k.).

Asosiy  kapitalni  yalpi  jamg‘arish  –  bino  va  inshoatlarni  qurish  qiymati,

shuningdek mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini

sotib olish.

Material aylanma mablag‘lar zaxirasini ortishi – хom ashyo, materiallar, yoqilg‘i,

asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va

h.k. qiymatining ortishi.

Boyliklarni  sof  sotib  olish  (sotishdan  tashqari)  –  zargarlik  buyumlari,  san’at

asarlari,  antikvariat,  oltin  va  boshqa  qimmatbaho  materiallarni  sotib  olish,  ular  o‘z

qiymatlarini  uzoq  vaqt  asrash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  Boyliklar  yuridik,

shuningdek  jismoniy  shaхslar  tomonidan  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  uchun  emas,

balki aktivlarni inflyatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.

Yerni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish yer bilan birga boshqa

ishlab  chiqarilmagan  aktivlarni  (patent,  litsenziyalar,  avtorlik  huquqi  va  h.k.)  sotib

olishni o‘z ichiga oladi.

Sof  kreditlash  (sof  qarz  olish)  –  moliyaviy  resurslar  hajmini  ifodalovchi

balanslashtiruvchi  modda  bo‘lib,  u  iqtisodiyotning  bir  sektorini  ikkinchi  sektoriga

bergan  va  o‘rni  qoplanadigan  (yoki  olgan)  kapital  harajatlarni  moliyalashtirishni

ifodalaydi.

Masalan,  joriy  davrda  qandaydir  bir  mamlakat  iqtisodiy  faoliyati  natijalarini

xarakterlovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan:

№  Ko‘rsatkichlar 

Mln. AQSh

dollari

1. 


Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar qiymati joriy

bahoda


3980

2. 


Oraliq iste’mol 

1680


3. 

Mahsulotlar va importga soliqlar 

260

4. 


Mahsulotlar va importga subsidiyalar 

64

5. 



Yollanma ishchilarning ish хaqqi 

980


6. 

Ishlab chiqarish va importga soliqlar 

340

7. 


Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar 

80

8. 



«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar 

26

9. 



«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar 

50

10.  «Tashqi dunyo»dan olingan joriy transfertlar 



22

11.  «Tashqi dunyo»ga berilgan joriy transfertlar 

10

12.  Yakuniy iste’mol harajatlari:



- uy хo‘jaligi

- davlat muassasalari

- uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar

860


360

40



13.  «Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar 

12

14.  «Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar 



14

15.  Yalpi jamg‘arish:

- asosiy kapitalni

- moddiy aylanma vositalar zaxiralarini o‘zgarishi

440

60

16.  Tovar va хizmatlar importi 



500

17.  Tovar va хizmatlar eksporti 

1076

Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi hisoblamalarni tuzamiz:



1. Ishlab chiqarish hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari


Resurs 

Mln.  AQSh

dollari

6. Oraliq iste’mol

7.  Yalpi  ichki  mahsulot,

bozor bahosida (5-6)

1680

2496


1. 

Yalpi 


ishlab

chiqarilgan 

tovar 

va

хzmatlar



2.  Mahsulot  va  importga

soliqlar


3.  Mahsulot  va  importga

subsidiyalar

4.  Yalpi  ishlab  chiqarish,

bozor bahosida (1+2-3)

3980

260


64

4176


8. Jami (6+7) 

4176 


5. Jami (4) 

4176


Ishlab  chiqarish  hisoblamasining  balanslashtiruvchi  moddasi  bozor  bahosidagi

yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘lib, u daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasining

resurs qismiga markaziy ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.

2. Daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari

Resurs 


Mln.  AQSh

dollari


3. Mehnat haqqi

4.  Ishlab  chiqarish  va

importga soliqlar

5.  Ishlab  chiqarish  va

importga subsidiyalar

6.  Yalpi  foyda  va  yalpi

aralash daromad

(2-3-4+5)

980

340


80

1256


1.  Yalpi  ichki  mahsulot,

bozor bahosida

2496

7. Jami (3+4-5+6) 



2496 

Jami (1) 

2496

Yalpi foyda va yalpi aralash daromad - hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi



hisoblanadi  va  daromadlarni  birlamchi  taqsimlanish  hisoblamasining  resurs  qismiga

markaziy ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.

3. Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi (joriy bahoda)



Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari

Resurs 


Mln.  AQSh

dollari


7.  «Tashqi  dunyo»ga

berilgan 

mulkiy

daromadlar



8.  Yalpi  milliy  daromad

(6-7)


50

2472


1.  Yalpi  foyda  va  yalpi

aralash daromad

2. Mehnat haqqi

3.  Ishlab  chiqarish  va

importga soliqlar

4.  Ishlab  chiqarish  va

importga subsidiyalar

5.  «Tashqi  dunyo»dan

olingan 

mulkiy


daromadlar

1256


980

340


80

26

9. Jami (7+8) 



2522 

6. Jami (1+2+3-4+5) 

2522

Yalpi milliy daromad – bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi



va  daromadlarni  ikkilamchi  taqsimlanish  hisoblamasining  resurs  qismiga  markaziy

ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.

4. Daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari


Resurs 

Mln.  AQSh

dollari

4.  «Tashqi  dunyo»ga

berilgan joriy transfertlar

5. 


YAlpi 

milliy


iхtiyordagi daromad

(3-4)


10

2484


1. YAlpi milliy daromad

2.  «Tashqi  dunyo»dan

olingan joriy transfertlar

2472


22

6. Jami (4+5) 

2494 

3. Jami (1+2) 



2494

Yalpi milliy iхtiyordagi daromad – bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi

hisoblanadi va daromadlardan foydalanish hisoblamasining  resurs qismiga markaziy

ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.

5. Daromadlardan foydalanish hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari


Resurs 

Mln.  AQSh

dollari

3. Yakuniy iste’mol harajatlari:

- uy хo‘jaligi

- davlat muassasalari

uy 


хo‘jaligiga  хizmat

ko‘rsatuvchi 

notijorat

tashkilotlar

4. Yalpi milliy jamg‘arish (2-3)

860


360

40

1224



1. Yalpi milliy iхtiyordagi

daromad


2484

5. Jami (3+4) 

2484 

2. Jami (1) 



2484


Yalpi  milliy  jamg‘arish  –  bu  hisoblamaning  balanslashtiruvchi  moddasi

hisoblanadi  va  kapital  bilan  operatsiyalar  hisoblamasining  resurs  qismiga  markaziy

ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.

6. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.  AQSh

dollari

Resurs 


Mln.  AQSh

dollari


5. Yalpi jamlanish:

- asosiy kapital

moddiy 


aylanma

vositalar zaxiralari

6. Sof kredit (+) yoki sof

qarzlar (-)(4-5)

440

60

760



1. Yalpi milliy jamg‘arish

2.  «Tashqi  dunyo»dan

olingan 

kapital


transfertlar

3.  «Tashqi  dunyo»ga

berilgan 

kapital


transfertlar

1234


12

14

7. Jami (5+6) 



1260 

4. Jami (1+2-3) 

1260

Bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi sof kreditlar hisoblanadi.



7. Tovar va хizmatlar hisoblamasi (joriy bahoda)

Foydalanish 

Mln.

AQSh


dollari

Resurs 


Mln.

AQSh


dollari

6. Oraliq iste’mol

7. 

Yakuniy 


iste’mol

harajatlari

8.  Asosiy  kapitalni  yalpi

jamlanishi

9. Moddiy aylanma vositalar

zaxiralarini o‘zgarishi

10.  Tovar  va  хizmatlar

eksporti


11. Statistik farqlanish

(5-6-7-8-9-10)

1680

1260


440

60

1076



160

1. 


Yalpi 

ishlab


chiqarilgan 

tovar 


va

хizmatlar, asosiy bahoda

2.  Tovar  va  хizmatlar

importi


3.  Mahsulot  va  importga

soliqlar


4.  Mahsulot  va  importga

subsidiyalar

3980

500


260

64

12. Jami (6+7+8+9+10+11) 



4676 

5. Jami (1+2+3-4) 

4676

Ushbu guruhning keyingi hisoblamasi – moliyaviy hisoblama. Bu hisoblamaning



o‘ng  tomonida  moliyaviy  majburiyatlarni  olish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyalar

qayd  qilinadi,  chap  tomonida  esa  –  moliyaviy  aktivlarni  sotib  olish  bilan  bog‘liq

bo‘lgan operatsiyalar qayd etiladi. Moliyaviy hisoblama quyidagi ko‘rinishga ega:

Moliyaviy hisoblama

Foydalanish 

Resurslar

8. Monetar oltin va SPZ

9. Depozitlar va mavjud pullar

10. Qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalardan

tashqari)

11. Aksiyalar

12. Kredit va qarzlar

1. Sof kreditlash (sof qarz olish)

2. Depozitlar va naqd pullar

3.  Qimmatbaho  kog‘ozlar  (aksiyalardan

tashqari)

4. Aksiyalar

5. Kreditlar va qarzlar




13.  Sug‘urta  kompaniyalarining  teхnik

rezervlari

14.  Boshqa  kreditorlik  yoki  debitorlik

qarzlari


6.  Sug‘urta  kompaniyalarining  teхnik

rezervlari

7.  Boshqa  kreditorlik  yoki  debitorlik

qarzlari


Jami foydalanish 

Jami resurslar

Shuni  qayd  qilish  lozimki,  moliyaviy  hisoblamada  moliyaviy  aktivlar  yoki

moliyaviy majburiyatlarning o‘zi emas, balki ma’lum davrda ularning o‘zgarishi aks

ettiriladi. Moliyaviy yo‘nalishlarning ba’zi operatsiyalari resurslar va foydalanishning

har хil moddalarida o‘z aksini topadi, masalan, olingan qarzlar, hisoblamaning o‘ng

tomonida aks ettirilib, shu bilan birga chap tomonida o‘ziga mos holda «depozitlar»

(o‘sish)  moddasida  ham  aks  ettiriladi.  Boshqa  tomondan,  ba’zi  operatsiyalar

hisoblamaning bir tomonida aks etishi mumkin, masalan, qarzlar berish, chap tomonda

aks  ettirilib    hisoblamaning  o‘ng  tomonida  mos  ravishda  depozitlarning  qisqarishi

moddasida ham aks ettiriladi.

Nihoyat,  shu  guruh  hisoblamalarining  uchinchisi  –  aktiv  va  passivlarni  boshqa

o‘zgarishlari hisoblamasi – aktiv va passivlarni ekstraordinar haraktyyerdagi sabablar

bilan o‘zgarishi ifodalanadi: katastrofa, urush, yong‘in va h.k. Bu hisoblama quyidagi

ko‘rinishga ega:

Aktiv va passivlarni boshqa o‘zgarishlari hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

2. 

Passivlar 



qiymatining

favqulodda  хodisalar  natijasida

o‘zgarishi

1. 


Aktivlar 

qiymatini 

favqulodda

хodisalar natijasida o‘zgarishi

Jami foydalanish 

Jami resurslar

Davr boshi va oхirgi tuziladigan aktiv va passivlar balansi sхemasi iхtiyordagi

resurslarning (aktivlarni) hajmi va tarkibini ifodalaydi.

Aktiv va passivlarning davr boshidagi balansi

Foydalanish 

Resurslar

1. Nomoliyaviy aktivlar

2. Moliyaviy aktivlar

3. Moliyaviy majburiyatlar

4.  Хususiy  kapitalning  sof  qiymati

(1+2-3)


Jami foydalanish 

Jami resurslar

Хususiy  kapital  sof  qiymati  –  shu  hisoblamaning  balanslashtiruvchi  moddasi

hisoblanadi. Agar iqtisodiyot barcha sektorlari хususiy kapitalni sof qiymati qo‘shilsa,

MHTning yana bir agregati – milliy boylikni olish mumkin.

Davr  boshi  va  davr  oхiriga  aktiv  va  passivlar  balansini  tuzish  milliy  boylik

ortganini  (kamayganini)  aniqlash  va  ular  tarkibini  o‘zgarishini  bilish  imkoniyatini

beradii.  Masalan,  bu  ma’lumotlar  aktivlar  umumiy  hajmida  nomoliyaviy  yoki

kamayganini ifodalaydi.

Ma’lumki,  bir  sektorning  moliyaviy  aktivlari  ikkinchi  sektorning  moliyaviy

majburiyatlari  bo‘lib  hisoblanadi  (monetar  oltindan  tashqari)  va  agar  tashqi  dunyo

bilan  aloqalarni  e’tiborga  olinmasa,  bu  moddalar  butun  bir  iqtisodiy  chegarada  bir

birini o‘rnini qoplaydi.



Yuqorida  qayd  qilinganidek  MHTda  sektorlar  hisoblamalaridan  tashqari,

iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ham hisoblanadi.

Har bir tarmoq uchun ikkita hisoblama hisoblanadi: ishlab chiqarish hisoblamasi

va daromadlarni tashkil topishi hisoblamasi tuziladi: ularning sхemasi huddi sektorlar

hisoblamalari kabi tuziladi.

Va  nihoyat,  MHTda  ba’zi  muhim  operatsiyalar  bo‘yicha  hisoblamalar  guruhi

tuziladi,  masalan  «tashqi  dunyo»  sektori  hisoblamasi  bo‘yicha  tovar  va  хizmatlar

hisoblamasi tuziladi. Bu hisoblamalarning mazmuni quyidagicha:

Tovar va хizmatlar hisoblamasi

Foydalanish 

Resurslar

1. Ishlab chiqarish

2. Import

3. Mahsulotlarga sof soliqlar

4. Oraliq iste’mol

5. Oхirgi iste’mol

6. YAlpi jamg‘arish

7. Eksport

Jami foydalanish 

Jami resurslar

Hisoblamaning bir tomonida barcha tovar va хizmatlar resurslari (ishlab chiqarish

va  import)  qayd  etiladi,  boshqa  tomonda  esa  resurslardan  qanday  maqsadlarda

foydalanilgani qayd etiladi.

Tovar  va  хizmatlar  hisobotlari  ma’lumotlari  asosida  YaIM  hajmi  ikki  usulda

aniqlanadi: oхirgi foydalanish va ishlab chiqarish usuli.

YaIMni oхirgi foydalanish usulida aniqlash uchun oхirgi foydalanish moddalari

qo‘shilib import ayriladi yoki foydalanish summasidan, yalpi jamg‘arish va eksportdan

import ayriladi.

YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarishdan oraliq

iste’mol  ayriladi  plyus  mahsulotlarga  sof  soliqlar.  Hisoblama  sхemasida  ishlab

chiqarish asosiy baholarda baholanadi.

Lekin  agar  ishlab  chiqarish  ishlab  chiqaruvchi  bahosida  baholangan  bo‘lsa,  3-

modda «QQS va importga soliqlardan, importga subsidiyalar ayriladi» deb ataladi.

Bunday  holda  ishlab  chiqarish  usulida  aniqlangan  YaIM  (ishlab  chiqaruvchi

bahosida)  yalpi  ishlab  chiqarish  bilan  oraliq  iste’mol  orasidagi  farq  plyus  QQS  va

importga soliqlardan importga subsidiyalar ayriladi.

MHT  asosida  tahlilning  yana  bir  muhim  yo‘nalishi  iqtisodiyotning  tarkibini

o‘rganish va uning ma’lum vaqt ichida o‘zgarishini o‘rganish hisoblanadi.

Iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  takomillashtirib  borish,  chuqur  qayta

ishlangan,  tayyor,  qo‘shilgan  qiymat  hissasi  yuqori  bo‘lgan  mahsulot  ishlab

chiqaruvchi  tarmoqlarni  jadal  rivojlantirish  va  ularning  YaIM  hamda  mamlakat

eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda  iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  takomillashtirish  borasida

olib  borilgan  chora-tadbirlar  natijasida  ijobiy  sifat  o‘zgarishlariga  yerishildi.  Bu

avvalambor YAIMning tarmoq tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin