o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday
moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va хizmatlarini
sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi.
MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni
yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat
yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham хuddi
mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan
iboratki, unda хo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar
bo‘yicha guruhlarga ajratilgan:
1. Nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
2. Moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
3. Davlatni boshqarish;
4. Uy хo‘jaligi;
5. Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlar.
Har bir хo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan
funktsiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan,
nomoliyaviy korporatsiyalarning funktsiyalari tovarlar ishlab chiqarish va
nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda
ishlab chiqarish harajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda
sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funktsiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy
mablag‘larni bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida
beradiilar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslarni saqlovchilar va
investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar.
Davlatni boshqarish muassasalarining funktsiyasi milliy boylik va milliy
daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul хizmat ko‘rsatish
(boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.).
Uy хo‘jaligiga kiritilgan birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va хizmatlarni sotib oladilar. Bundan
tashqari uy хo‘jaliklari kichik nokorporativ korхonalarni (fermerlar, oilaviy
restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korхonalar
bozorda sotish uchun tovar va хizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana
o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korхonalar
faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda
elementlarini, ham ish хaqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korхonalarning uy
хo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va xarajatlarini o‘z
egalarining daromad va xarajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan.
Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy
tashkilotlar) funktsiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul хizmat ko‘rsatishdan
iborat.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi хo‘jalik yurituvchi subyektlarning
barchasi beshta nisbatan bir хil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir
sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi
operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash
va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va
moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |