Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/59
tarix26.04.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#56374
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uc

 
Mavzu:   
Tarix o’qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi
 
 
 
1. Dars o’quv va tarbiyaviy ishning  asosiy tashkiliy shakli.  
2. Zamonaviy tarix darsi, unga qo’yiladigan talablar.  
3. Tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi. 
4. Dars turlari.  
 
 
 
Tayanch iboralar. 
Tarix  fani  va  uning  oldiga  qo’yiladigan  ta’lim  –  tarbiyaviy  talablar,  zamonaviy  tarix  darslari, 
zamonaviy talablar. 
 
 
 
 Tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim 
shartlaridan  biri  har bir sinfda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, uning ta'lim-tarbiyaviy 
vazifalari,  har  bir  bo’lim  va  bo’limdagi  mavzular,  hatto  har  bir  darsda  o’tiladigan  mavzuning 
ham  juz'iy  vazifalari  oldindan  aniq  belgilab  olingandan  keyingina  tarix  o’qitishga  kirishish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim    tizimida  tarix  o’qitishning  maqsad  va  vazifalarini 
muvaffaqiyatli  amalga oshirish birinchi  navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya 
vazifalarini  oldindan  aniq  va  to’g’ri  belgilab  ola  bilishiga  bog’liqdir.  Bu  ham,  o’z  navbatida, 
o’qituvchining  darsning  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  to’g’ri  belgilash  metodi  va  usullari  haqidagi 
nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir. 
O’rta    ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim    tizimida    tarix  kursi  oldiga  qo’yilgan  ta'lim-tarbiya 
vazifalarini  amalga  oshirishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  har  bir  darsning  ta'lim-tarbiya 
vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to’tgan o’rnini aniq belgilash va shu 
vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir 
necha  darsda  yoki  sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarda  o’tkaziladigan  ayrim  tadbirlar  vositasida 
batamom mukammal hal qilib bo’lmaydi. 
Har  bir  tarix  darsida  va  darsdan  tashqari  mashg’ulotlarda  tarix  o’qitish  oldiga  qo’yilgan 
g’oyaviy  va  tarbiyaviy  vazifalarning  qandaydir  bir  elementi  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun 
ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin o’tilgan darslarning davomi, bu 
darsda  hal  qilinishi  kerak  bo’lgan  ta'lim-tarbiya  vazifalari  esa  oldingi  yoki  kelgusi  darslarda 
bajariladigan  ta'lim  va  tarbiya  vazifalarining  ajralmas  bir  tarkibiy  qismi  ekanligini  unutmasligi 
kerak. 
Ilmiy  dunyoqarashniig  asosini  tashkil  etuvchi  muhim  tushunchalarni  o’quvchilar  asta-
sekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars 


materiallari  asosida  konkretlashib,  yangi  mazmun  bilan  boyiydi.  Keyingi  dars  o’quvchilarning 
avvalgi  darslarda  olgan  bilimi,  orttirgan  malakalarini  kengaytiradi,  ularda  yangi  tushunchalar 
hosil qiladi. O’quvchilar tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi. 
O’qituvchi  har  bir  navbatdagi  darsni  rejalashtirar  ekan,  butun  tarix  kursining  bir  qismi 
bo’lgan  bu  darsda  ta'lim  va  tarbiya  vazifalarining  qaysi  bo’lagi  yoki  elementi  qay  darajada, 
qanday  materiallar  asosida  va  qaysi  tomonini  hal  qilishi,  o’quvchilarni  qanday  umumiy 
xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi 
g’oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur. 
O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-tarbiya 
vazifalari  bilan  bog’lab  rejalashtirmog’i  kerak.  Temalar  bo’yicha  rejalashtirish  temalarni 
o’qitishning  metodik  sistemasini  ishlab  chiqishga  yordam  beradi.  Temalar  bo’yicha 
rejalashtirganda har bir temaning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi. 
Har  bir  darsning  ta'lim-tarbiya  vazifalari  o’z-o’zidan  emas,  balki  o’qituvchining  ongli  va 
planli  ishi  asosidagina  muvaffaqiyatli  amalga  oshiriluvi  mumkin.  Uqituvchi  darsga 
tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va mazmunini hisobga olib material tanlaydi, 
programma va darslik asosida dars planini to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda 
hujjat va boshqa ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi. 
Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya 
vazifalarini,  darsda  nimaga  erishish,  o’quvchilarda  qanday  tasavvur  va  tushuncha  xosil  qilish 
kerakligini  aniq  va  to’g’ri  hal  qilgan    taqdirdagina  o’qituvchi  ko’zlangan  maqsadga  erishishi 
mumkin.  Darsning  bosh  g’oyasi  va  uning  tarbiyaviy  vazifalari  to’g’ri  va  aniq  belgilanmay 
o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab o’tishdan iborat 
bo’lib qoladi. 
Material  tanlash  va  uni  izchillik  bilan  joylashtirish,  darsda  qo’llaniladigan  butun  didaktik 
usullar  va  metodik  vosita-larning  hammasi  darsning  bosh  g’oyasiga,  uning  ta'lim  va  tarbiya 
vazifalarini hal etish maqsadiga bo’ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh 
g’oyasi  va  uning  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  aniqlash  o’qituvchining  darsga  tayyorlanishida  eng 
muxim bosqichni tashkil qiladi. 
Tarix  darsiga  tayyorlanishning  bu  muhim  bosqichi  eng  mas'u-liyatli  bo’lishi  bilan  birga, 
ishning eng qiyin tomoni hamdir. 
Tarix darslarining bosh g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, 
yosh,  tajribasiz  o’qituvchilar  uchun  qiyin  ko’chadi.  Ular  ko’pincha  darsning  ta'limiy  vazifalari 
bilan  tarbiyaviy  vazifalarini  aniq  ajrata  olmay,  ularning  birini  ikkinchisi  bilan  aralashtirib 
yuboradilar  yoki  konkret  dars  materialini,  uning  mazmunini  xisobga  olmay,  tarbiyaviy 
vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday o’kituvchilardan 
ko’pincha,  -  shu  darsingizda  qanday  muhim  tarbiyaviy  vazifalarni  hal  qilishingiz  kerak  edi,  - 
degan  savolga,-  o’quvchilarni    milliy  ruhda  tarbiyalashni  ko’zda  tutdim,—  degan  mazmundagi 
umumiy javob olinadi. 
VI—VIII sinflarda turli mamlakatlarda davlatlarning tashkil topishiga doir temalar o’tiladi. 
Jamiyatning ob'ektiv rivojlanishi asosida davlatning tashhil topishidagi bu umumiy qonuniyatlar 
hamma xalqlarga ham xosdir. Ammo davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlar bilan 
birga, har bir xalqning o’z sharoitlaridan kelib chiqadi-gan alstsida o’ziga xos xususiyatlari ham 
bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  qator  mamlakatlarda  davlatning  tashkil  topishi  bilan  bog’liq 
mavzularni o’tayotganda, davlatning tashkil topishidagi umumiy qonuniyatlarnigina emas, balki 
har bir xalq tarixidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham ko’rsatib berish talab etiladi. 
Tekshirib ko’rilganda, mavzularning g’oyaviy mazmuni va ta'lim-tarbiya vazifalarini ochib 
berishga ojizlik qilgan bu talabalarning ko’pchiligi o’rta   ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida  
tarixdan  dars  beruvchi  o’qituvchilar  ekanligi  aniqlandi.  Ayni  vaqtda  ularga  tarix  o’qitish 
metodikasining nazariy qismi ham o’tilgan edi. 
Ko’p yillik pedagogik amaliyot tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar uchun darslarning 
maqsadini,  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  belgilash  eng  muhim,  mas'uliyatli  ish  bo’lish  bilan  birga, 
chuqur  bilim,  malaka  va  mahoratni  talab  qiladigan  juda  murakkab  ishdir.  Binobarin,  yuqori 


malakali  tarix  o’qituvchilarini  tayyorlashda  bu  muhim  masalaga  alohida  e'tibor  berish  talab 
qilinadi. 
Endi  mazkur  uchala  mavzuni  o’qitishdan  kuzatilgan  maqsadlar  va  ta'lim-tarbiyaviy 
vazifalarni, ular mazmunidagi umumiyliklar bilan o’ziga xosliklarni tekshirib ko’raylik. 
«Misrda davlatning tashkil topishi»,— mavzuning tarbiyaviy vazifalari quyidagilarni tahlil 
qilish va umumlashtirish asosidagina to’g’ri va aniq belgilanishi mumkin: 
1) qullar, dehqonlar va hunarmandlarning manfaatlari quldorlar manfaatlari bilan qarama-
qarshi bo’lib, ular bir-biri bilan chiqisha olmaydi; 
2) majbur qiluvchi tashkilotlar  —  qurolli jangchilar, sud,  zindon  va shu  kabilardan iborat 
davlat bo’lmasa, ozchilikni tashhil qilgan quldorlar ko’pchilikni tashkil etuvchi qullar, dehqonlar 
va hunarmandlarni o’z qo’l ostida tutib turolmaydi
3)  eramizdan  avvalgi  4000-yillarda  Qadimgi  Misr  jamiyati  bir-biriga  qarama-qarshi 
sinflarga,  ya'ni  qullar  va  quldorlarga  bo’linishi  bilan  avvalo  bir  qancha  davlatlar  tashkil 
topganini,  shundan  ming  yil  o’tgach,  eramizdan  avvalgi  3000-yillarda  esa,  poytaxti  Memfis 
shahri bo’lgan bitta yagona quldorlik davlati barpo bo’lganini, o’z qo’shini, qo’riqchilari, sud va 
zindonlariga  ega  bo’lgan  mana  shu  davlat  qullar  va  dehqonlar  qarshiligini  bostirib,  quldorlar 
manfaatiga xizmat qilganini, bu quldorlik davlati forma jihatidan despotik monarxiyadan iborat 
bo’lganini ko’rsatib berish bu darsning maq-sadini tashkil qiladi. 
«Sparta  davlatining  tashkil  topishi»  degan  mavzuning  maqsadini  belgilashda  quyidagi 
hollar nazarda tutiladi: 
1)  eramizdan  avvalgi  birinchi  asrning  birinchi  yarmida  Peloponesning  janubi-sharqidagi 
Lakonikada Sparta davlati tashkil topadi; 
2) zramizdan avvalgi birinchi asrning oxirlarida Lakonikani shimoliy yarim oroldan kelgan 
spartaliklar  bosib  oldi,  keyin  Lakonikaning  mahalliy  aholisi  —  ilotlar  qullarga  aylantiriladi, 
spartaliklarning o’zlari esa quldorlarga aylanadi
3)  quldorlar  (spartalilar)  qullar  (ilotlar)  ustidan  hukmronligini  saqlash  uchun  davlat  barpo 
qiladi, qo’shin, sud, turma va shu kabi boshka majbur etuvchi tashkilotlarni to’zadi. 
Shunday  qilib,  bu  mavzuning  asosiy  maqsadi  Shimoliy  yarim  oroldan  kelgan  Doriy 
qabilalari  Lakonikani  bosib  olib,  mahalliy  axolini  qullarga  aylantirish  asosida  tashkil  topgan 
Sparta  davlati  —  quldorlik  davlati  ekanini,  shu  davlat  vositasida  quldorlar  (spartaliklar)  qullar 
(ilotlar) ustidan hukmronligini ta'minlab turganini ko’rsatib berishdir. 
Tarix  darslarining  g’oyaviy  mazmunini,  uning  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalarini  belgilashda 
nimalarga e'tibor berish kerak? 
Avvalo shuni aytish kerakki, tarix darslarining g’oyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalari 
tarix programmasida berilgan material mazmuniga qarab belgilanadi. 
O’qituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim faktlarni bayon qilar ekan o’quvchilar uchun 
ularni  bilishning  qanday  ahamiyati  borligini  jiddiy  o’ylab  ko’rishi,  eng  muxim  va  xarakterli 
tarixiy  faktlarni  ayniqsa  kengroq  qilib  gapirib  va  tahlil;  qilib  berishi,  voqealarning  mohiyati, 
uning qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib ko’rsatishi lozim. 
Tarix  darslarining  asosiy  mazmunini  tashkil  etuvchi  tarixiy  voqeaning    mohiyatini,  uni 
keltirib  chiqargan  sabablarini,  uning  qonuniyatlari,  ahamiyati  va  natijalarini  chuqur  o’rganish 
asosidagina  darsning  g’oyaviy  mazmunini,  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  to’g’ri  va  aniq  belgilash 
mumkin. 
O’qituvchi  tarix  darsining  mazmuni,  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalarini  belgilashda  tarixiy 
asarlari  va  davlat  hujjatlariga  asoslanib  ish  ko’rishi  kerak.  Davlatining  hujjatlari  tarix 
o’qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. 
Asarlar  yuqoridagi  namunalarda  keltirilganidek,  ba'zi  mavzularnigina  emas,  balki  butun 
tarix  kursining  mazmuni,  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  belgilashda  o’qituvchi  uchun  asosiy 
metodologik  manba  bo’lib  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  darsda  ulardan  foydalanish  o’qitishning 
g’oyaviy,  ilmiy-nazariy  saviyasini  oshirishga  yordam  beradi.  Mavzuni  zamonaga  bog’lab 
o’rganish  uning  mazmunini  chuqurroq  anglab  olishga  yordam  beradi,  mavzuni  o’rganishga 
ko’proq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. 


Tarixni  hozirgi  zamon  bilan  bog’lash  uchun  avvalo,  butun  kishilik  jamiyati  tarixini 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qilib. Tarix 
darslarining  g’oyaviy  mazmuni  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  belgilashda  tarix  o’quv  dasturining 
uqtirish  xati  ham  katta  ahamiyatga  egadir.  Bu  xatda  tarix  kursining  ta'lim-tarbiyadagi  roli, 
vazifalari va mazmuni aniq ko’rsatib berilgan. Shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda 
DTS va o’quv dasturining uqtirish xatidagi ko’rsatmalar nazarda tutiladi. 
Tarixdan metodik qo’llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol o’ynaydi. 
O’qituvchi  tarix  darslarining  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  belgilashda  albatta  ulardan  foydalanishi 
kerak. 
To’g’ri,  tarixning  hamma  bo’limlari  bo’yicha  ham  darslarning  ta'lim-tarbiya  vazifalarini 
aniq  belgilab  olishga  yordam  beruvchi  ko’rsatmani  topish  qiyin.  Shuning  uchun  bu  sohada  har 
bir o’qituvchi shaxsan o’z tajribasi, ijodiga tayanishi kerak bo’ladi. 
Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilab 
uyg’unlashtirib  olib  borishning  o’zi  kifoya  qilmaydi.  Muhitning  metodik  vosita  darsda  ta'lim-
tarbiyani  uyg’unlashtirib  borishga  yordam  beradigan  metod  va  vositalardan  to’g’ri,  o’rinli 
foydalana bilishdir. 
Tarix o’qitishda ta'lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va 
vositalar nimalardan iborat? 
Tarix  bilimlarining  tarbiyaviy  ta'siri  shu  bilimlarning  qay  daraja  tarixiy  faktlarga 
asoslanganligi va ularni  darsda ishonchli hamda emotsional tarzda ochib  berilishiga bog’liqdir. 
O’quvchilar  tarixiy  faktlarning  to’g’riligini  tushunib  borishlari  va  faktlar  asosida  chiqarilgan 
xulosalar  ular  uchun  ishonchli  bo’lmog’i  lozim.  Shuningdek,  o’quvchilar  bayon  etilgan 
faktlarning shu jihatdan to’g’riligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur. 
Tarix  o’qitishning  muhim  vazifasi  —  tarixiy  hodisalarga  berilgan  ilmiy  baholarni  va 
o’rganilayotgan material yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni o’kuvchilarga ishonarli qilib 
tushuntirib  berishdan  iboratdir.  Ma'nosini  yaxshi  tushunmasdan  yodlab  olingan  xulosalar 
o’quvchilar  uchun  ishonarli  bo’lmaydi,  tafaqur  bilan,  emotsional  kechinmalari  natijasida, 
tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli bo’ladi.  
Tarix  ilmi  o’quvchilarning  tarixiy  faktlarga,  xalqlarning  faoliyatiga,  ijtimoiy  sinflarning 
namoyandalariga,  ijtimoiy  ideologiya  va  shu  kabilarga  emotsional  munosabatini  uyg’otadi. 
Tarixiy  bilimlarni  o’zlashtirishning  emotsionalligi  bilimlarning  puxta  egallanishida,  tarixga 
qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirishda, bu bilimni o’rganishda, 
umuman o’quvchilarning faolligini kuchaytirishda muhim o’rin tutadi. 
O’qituvchi    tarix  fanining  bugungi  kun  talablari  va  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 
tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay 
bilishi,  ularni  o’quvchilar  ongiga  jonli  va  obrazli  qilib  yetkaza  bilishi  lozim.  O’quvchilar  ko’z 
o’ngida o’tmish va hozirgi zamon voqealari to’g’risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, 
ularda  emotsiya  uyg’o-tish,  ijtimoiy  hayotning  yaxlit  manzarasini  gavdalantirish,  bi-limlarni 
ongli va puxta o’zlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va 
hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati ham 
konkret  obrazlar  yordamida  o’rganiladigan  bo’lsin.  Obrazli  tasvir,  obrazli  bayon  o’quvchilar 
bilimining il-miy va puxta bo’lish shartlaridan biridir. 
O’rta    ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida    tarix  kursining  maqsadi,  ta'lim-tarbiyaviy 
vazifalari va mazmunini bilish tashkiliy formasi uchun tarix o’qitishning ilmiy asoslarini egallab 
olishning o’zi kifoya qilmaydi.Tarix kursini o’qitish, uni o’quvchilarning o’rganishi ham darsda 
va 
darsdan  tashqaridagi  mashg’ulotlarda  ham  davom  etadi.  O’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 
tizimida  va  ta'lim-tarbiya  ishlarining  asosiy  tashkiliy  formasi  darsdir.  Zotan,  tarix  darslari 
tizimida 
har 
bir 
darsning 
tutgan 
o’rni 
va 
ahamiyatini 
to’g’ri 
belgilash, 
darsning 
ilmiyligi 
va 
g’oyaviyligini 
ta'minlash, 
bilish 
qonuniyatlari 
va 
maqsadga 
muvofik, 
o’quv 
formalari 
hamda 
o’quvchilarning 
o’quv 
ishini 
turi 


tashkil 
etishga 
yordam 
beradigan, 
unga 
mos 
pedagogik 
jarayonni 
ilmiy asosda tashkil etish aloxida akamiyatga egadir. Tarix darslarini turlarga bo’lish problemasi 
tarix  o’qitish  metodikasi  taraqqiyotining  bosqichlarida    metodistlar  tomonidan  turlicha  hal  etib 
kelindi. 
Darslarni turlarga bo’lish  masalasida ikki  asosiy  yo’nalish mavjud edi: birinchi  yo’nalish 
tarafdorlari  o’qitish  jarayonining  qonuniyatlariga  asoslanib,  darslarni  turlarga  ajratadilar. 
Ularning fikricha, darslarni turlarga bo’lishda, ularga xarakteristika berishda ko’proq o’rta  ta'lim 
va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  tarix  kursi  mazmunini  o’zlashtirish  jarayonining  u  yoki  bu 
zvenosiga asoslaniladi. Darslarni turlarga bo’lishning bu printsipini S.V.Ivanov birmuncha to’la 
ishlab chiqqan edi. 
Ikkinchi  yo’nalishning  vakillaridan  biri  I.N.Kazantsevdir.  Ular  dars  turlari 
klassifikatsiyasiga asosan darsni o’tkazish usullarini asos qilib oladilar. Tarix o’qitish metodikasi 
sohasida prof. V.N.Bernadskiy ham tarix darslari klassifikatsiyasiga metodik usullarni asos qilib 
oladi  va  tarix  darslarini  quyidagi  turlarga  bo’ladi:  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida 
lektsiyasi,  hikoya  qilib  berish  darsi,  tarixiy  hujjatlarni  tahlil  qilish,  badiiy  adabiyotlardan 
foydalanish  darsi,  o’quvchilarning  dokladlariga  asoslangan  dars,  prezident  asarlarini  o’qish  va 
tahlil  qilish  darsi,  kino  darsi,  ekskursiya  materiallari  asosida  o’tkaziladigan  darslar  va  hokazo. 
Shuningdek, V.N.Bernadskiy turli usullar yordamida o’tkaziladigan umumlashtiruvchi takrorlash 
darslarini  ham  alohida  gruppalarga  bo’ladi.  Biroq,  A.A.Vagin  o’sha  asarida  asosli  ravishda 
ta'kidlaganidek, dars turlari klassifikatsiyasiga, dars o’tkazishning metodik usullarini asos  qilib 
olib  bo’lmaydi.  Chunki  dars  o’tkazish  metodi  ham,  dars  turlari  ham  uning  mazmuni  va  ta'lim 
qonuniyatlari  bilan  belgilanadi,  tanlangan  o’qitish  metodi  va  dars  tipi  o’z  navbatida  uning 
g’oyaviy  mazmuni,  ta'lim-tarbiya  vazifalarini  ado  qilishga  xizmat  etadi.  Shunga  qaramay 
V.N.Bernadskiy tomonidan tavsiya qilingan dars turlari, o’sha davr uchun juda katta ahamiyatga 
ega bo’ldi, negaki, tarix darslarini xilma-xil strukturada o’tkazish mumkinligini ko’rsatib berdi. 
Ammo 40—50- yillarning boshlarida yaratilgan o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  
tarix  darsliklarining  faktik  materiallar  bilan  haddan  tashqari  to’ldirib  yuborilganligi  hamda 
ularda  metodik  ko’rsatmalar  yo’qligi  darsda  o’quvchilarning  bilish  faolligini  va  mustaqilligini 
oshirishga,  ularda  zarur  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilishga  katta  to’sqinlik  qilar  edi. 
Darsliklarda  to’lib-toshib  turgan  faktik  materiallardan  o’qituvchi  dars  davomida  arang 
foydalanib  ulgurar  edi.  Dars  vaqti  o’tgan  mavzuni  so’rash,  yangi  temani  bayon  etish, 
mustahkamlash  va  uyga  vazifa  berishga  yetardi,  xolos.  Xullas,  ta'limning  hamma  protsesslari 
shoshma - shosharlik bilan o’tardn. O’quvchilarning materialni puxta o’zlash-tirishni va malaka 
hosil  qilishning muhim manbai  va vositasi bo’lgan hujjatlar va ko’rsatmali qurollar ustida olib 
boriladigan mustaqil ishlarni qilishga vaqt yetishmas edi. Ayni vaqtda o’quvchilarning mustaqil 
ishlarini  tashkil  etish  uchun  zarur  qo’llanmalar  va  tarixiy  hujjatlardan  iborat  to’plamlarning 
yetarli  emasligi,  darsliklarning  metodik  ko’rsatmalarida  savol  va  topshiriqlar  berilmasligi  ham 
darsda  o’quvchilarning  aqliy  faoliyatini  aktivlashtirish,  mustaqilligini  o’stirish  ishini  qiyin-
lashtirar  edi.  Buning  ustiga  40-  yildan  to  50-  yillarning  boshlarigacha,  tarix  darslari  turlari 
problemasi  ustida  maxsus  tadqiqot  ishlari  olib  borilmadi.  Hattoki,  tarix  o’qitish  metodikasidan 
nashr etilgan qo’llanmalarda ham dars turlari masalasi maxsus muammo qilib qo’yilmadi. 
Ammo  shunday  sharoitda  ham,  fanlarni  o’qitish,  jumladan  tarix  o’qitish  sohasida  qo’lga 
kiritilgan  progressiv  metod  va  usullardan,  xilma-xil  dars  turlaridan  ilg’or  o’qituvchilar 
muvaffaqiyatli ravishda foydalanib keldi. Ular shablonga aylanib qolgan «aralash» dars turidan 
shunchaki foydalanmay unga ijodiy yondashdilar. Ilg’or o’qituvchilar va metodist olimlar o’rta  
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida da tarix o’qitishdagi nuqsonlarni bartaraf qilish yo’llarini 
izlay boshladilar. 
O’zligini  anglashga  intilgan  har  bir  xalq  o’tmishini  bilishi  zarur.  Tarixni  o’rganish 
umuminsoniy  qadriyatlarning  mohiyatini  anglab  yetish  uchun,  barcha  xalqlarning  umumjahon 
tarixiy  jarayonida  qatnashib,  jahon  madaniyati  hazinasiga  qay  darajada  hissa  qo’shganligini 
bilish uchun ham muhimdir. 


Yoshlarni tarixdan oladigan bilimlarini takomillashtirishning usullari turlichadir. Jumladan 
tarix  o’qitish  samaradorligini  oshiradigan  vositalardan  biri  darsda  arxiv  materiallaridan 
foydalanishdir.  Dars  o’quv  jarayonining  asosiy  bo’g’ini  sifatida  yoshlarga  fan  asoslarini 
o’rgatishda muhim o’rin tutadi. 
      Metodist  P.S.Leybengrub    ta'limning  asosiy  tashkiliy  formasi  bo’lgan  dars  tuzilishi 
jihatidan  tor  sxemaga,  qat'iy  bir  qolipga  tushib  qolganligi  tarix  o’qitish  oldiga  qo’yilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni qiyinlashtirayotganini, ayni vaqtda bu hol o’qitishda 
har  xil  metod  va  usullardan  foydalanishga  to’sqinlik  qilayotganini,  o’quvchilarning  darsga 
qiziqishini ham pasaytirayotganini to’g’ri ta'kidladi. Tarix darsining quyidagi 4 ta tipini tavsnya 
etdi: 
Ta'lim 
jarayonining 
barcha 
elementlarini 
o’z 
ichiga 
olgan, 
1)  aralash  dars;  2)  to’liq  yoki  qisman  yangi  mavzuni  o’rganishga  bag’ishlangan  dars;  3) 
umumlashtiruvchi — takrorlash darsi; 4) bilimlarni tekshirish va hisobga olish darsi. 
Shuni  aytish  kerakki,  P.S.Leybengrub  shu  masalaga  bag’ishlangan    asarlarida  ham  o’rta   
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida i tajribasida ilg’or o’qituvchilar qo’llanib kelayotgan dars 
turlarining  hammasini  ko’rsatmagan  bo’lsada  bu  masalani  o’rtaga  qo’yib,  matbuot  sahifasida 
munozara boshlab berishi g’oyat foydali ish bo’ldi. Shundan so’ng, 1957 yilda A.Vaginning tarix 
darslari  turlariga  bag’ishlangap  risolasi  e'lon  qilinadi.  Avtor  bu  risolasida  V.G.Kartsev  va 
P.S.Leybengrublar ko’rsatganidek, tarix darslarining turlari to’rtta emas, balki ko’pligini, ularni 
turli formalarda olib borish zarurligini pedagogik jihatdan isbotlab berishga harakat qiladi.  
Darslar  mohiyatiga  qarab  turlarga  ajratiladi.  Tarix  darslarining  mohiyatini  ta'lim  jarayoni 
tashkil  qiladi.  Demak,  ta'lim  jarayonining  ob'ektiv  qonuniyatlariga  asoslanib,  tarix  darslarini 
turlarga bo’linishi masalasini to’g’ri hal qilish mumkin. Darsning har xil turlariga xarakteristika 
berishda  o’quvchilarni  tarixiy  voqealarni  idrok  qilishga  tayyorlash,  materialni  tahlil  qilishga, 
asosiy  tarixiy  faktlar,  tushunchalar  va  qonuniyatlarni  anglab  olishga,  umumlashtirishga,  olgan 
bilimlaridan zarur paytda foydalanishga o’rgatish kabi ta'lim jarayonlari  e'tiborga olinadi. Tarix 
darslarini  turlarga  bo’lishda  uning  bir  turini  boshqa  turlaridan  ajratib  qarash  yaramaydi. 
Chunonchi,  o’quvchilarning  yangi  temani  puxta  o’zlashtirishi  uchun  dastlab  temaning  kirish 
darsi o’tkaziladi; o’rganilgan tema yoki bo’limni yakunlash uchun  — yakunlovchi dars turidan 
foydalaniladi.  Masalan,  Qadimgi  dunyo  tarixining  «Ibtidoiy  odamlar  turmushi»  degan  birinchi 
bo’limi  oxirida  bo’ladigan  bir  soatlik  yakunlovchi  darsda  to’rt  soat  davomida  o’rganilgan 
materialni tahlil qilib,  o’quvchilar ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy bel-gilarini tushunib,  bilib 
oladi.  Shuningdek,  «Qadimgi  Sharq»  degan  ikkinchi  bo’lim  oxirida  bo’ladigan  darsda 
o’quvchilar  Sharqdagi  eng  qadimgi  davlatlarda  sinfiy  jamiyatning  vujudga  kelishini,  uning 
mohiyati,  eng  qadimgi  Sharq  xalqlarining  jahon  madaniyati  taraqqiyotiga  qo’shgan  hissasini, 
«Qadimgi  Gretsiya»  nomli  uchinchi  bo’lim  oxiridagi  darsda  quldorlik  tuzumining  eng  yuqori 
bosqichini,  quldorlik  tuzumining  ibtidoiy  jamoa  tuzumiga  nisbatan  taraqqiy  etganini,  qadimgi 
greklarning  jahon  madaniyatiga  qo’shgan  hissasini  «Qadimgi  Rim»  degan  to’rtinchi  bo’lim 
oxiridagi  darsda  ham,  quldorlik  tuzumi  taraqqiyotining  yuqori  bosqichini,  uning  yemirilishi  va 
halokatining qonuniyatlarini bilib oladi.   
O’qituvchi  o’quv  materialini  bayon  qilish  jarayonida  uni  tahlil  qilib  boradi  va 
umumlashtiradi.  Biroq,  ba'zi  murakkab  mavzular  va  bo’limlar  yuzasidan  maxsus  tahlil  qilish 
darslari,  tarix  kursining  g’oyaviy  mazmuni,  ta'lim  qonuniyatlari  bilan  bog’lab  maxsus 
umumlashtiruvchi  -  takrorlash  darslari  o’tkaziladi.  Har  bir  darsda,  o’quvchilarda  xarita,  har  xil 
kartinalar,  illyustratsiyalar  ustida  ishlash,  jadvallar,  reja  va  konspekt  tuzish  ko’nikma  va 
malakalari  hosil  qilish  yuzasidan  ish  olib  boriladi.    Demak,  o’qitishning  ilmiy  asosda  tashkil 
qilinishi o’qituvchining darsda har xil vazifalarni muvaffaqiyatli bajara bilishiga bog’liq. Tarix 
o’qitish tarixiy voqealarni bayon qilib berish va uni navbatdagi darsda so’rashdan iborat emas. 
O’qituvchi  o’quvchilarni  tarixiy  voqealar  ustida  mustaqil  fikrlashga,  o’rganilgan  tarixiy 
materiallardan  tegishli  xulosalar  chiqarib  olishga,  uni  umumlashtirishga,  mavzular  va  umuman 
kursning  asosiy  masalalarini  puxta  o’zlashtirib  olishga,  turli  matnlar,  xaritalar  bilan  mustaqil 


ishlay  bilishga,  reja,  konspekt,  xronologik  va  sinxronistik  jadvallar  tuzishga,  ma'ruza  va 
referatlar tayyorlashga, diagrammalar mazmunini tushunishga o’rgatishi lozim. 
Xo’sh, tarix darslarini turlarga bo’lishda nimalarni ko’zda tutish kerak? 
O’quv materialining g’oyaviy mazmuni, uning ―darsining tur‖ o’ziga xos   xususiyati, sinf 
o’quvchilarining  umumiy  tayyorgarligi  hamda  darsdan        kuzatilgan  didaktik  maqsadlar  dars 
turini,  uning  strukturasi  va  metodlarini  tanlashda  asos  bo’lib  xizmat  qiladi,  tanlab  olingan  dars 
turi va metodi esa uning g’oyaviy mazmunini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. 
Dars turlari masalasini hal etishda formalizmga va standartga yo’l qo’ymaslik kerak, o’qituvchi 
navbatdagi temani planlashtirganda, uning mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini izchillik bilan, 
mantiqan  bog’lab  o’rganishga  yordam  beradigan  dars  turlarini  oldindan  aniq  belgilab  olishi 
kerak. 
Shunday qilib, tarix V—IX sinflarda va o’rta maxsus ta'lim tizimida o’qitiladi. O’quvchilar 
sinfdan  sinfga  o’tgan  sari  tarixiy  materialning  ko’-lami  ortib,  mazmuni  murakkablashib, 
o’quvchilarning  tarixiy  bilimlari  ham  chuqurlashib,  ko’nikma  va  malakalari  o’sib  boradi.  Shu 
bilap  birga,  darslar  struktura  jihatidan  va  mazmunan  murakkablashib,  darslariing  xilma-xil 
turlaridan foydalanish zaruriyati tug’iladi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko’ra, V— IX  sinflar uchun 
7 xil, o’rta maxsus ta'lim tizimi uchun esa 10 xil dars turi tavsiya etilmoqda. 
O’rta    ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  tarix  ta'limining  yangi  mazmuni  va 
o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  yanada  faollashtirish  vazifalari  tarix  o’qitishning  shakli  va 
metodlarini  takomillashtirish  uchun  imkoniyatlar  ochib  beradi.  O’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus 
ta'lim    tizimida    tarix  o’qitish  mazmunan  boyidi,  o’qitishning  mavjud  shakli  va  metodlari 
takomillashdi, yangi shakl va metodlar yuzaga keldi. Keyingi yillarda seminar va boshqa amaliy 
mashg’ulotlar yuqori sinflarda tarix o’qitishning o’ziga xos shakliga aylanib qoldi.  
Dars  turlariga  xarakteristika  berishda  ta'lim  jarayonining  qonuniyatlari,  uning  asosiy 
bosqichlari (o’quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga tayyorlash, material bilan tanishtirish, 
uni  tahlil  qilish,  umumlashtirish,  mustahkamlash,  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilish,  olgan 
bilimni  ishga  solishga  o’rgatish  va  tekshirish)  asos  qilib  olinadi.  Tarixni  o’rganishning  har  bir 
bosqichi  materialning  mazmuniga  qarab,  o’ziga  muvofiq  shakl  oladi.  Tarix  darsining  turi 
o’rganilayotgan  temaning  g’oyaviy  mazmuniga  va  o’quv-ta'limiy  va  tarbiyaviy  vazifalariga 
qarab  belgilanadi.  Binobarin,  ta'lim  qonuniyatlarini  amalga  oshirish  va  temani  o’rganishda 
foydalaniladigan  dars  turlarini  unga  muvofiqlashtirib  borishning  aniq  usullari  tarix  dasturi 
materialining mazmuniga qarab belgilanadi. 
Demak,  tarix  darslarini  klassifikatsiya  qilish,  uning  xilma-xil  turlaridan  foydalanish 
o’qituvchining shaxsiy xohishiga emas, balki o’rta   ta'lim va o’rta maxsus ta'lim  tizimida  tarix 
kursining  maqsadi,  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  zaruriyatidan 
kelib  chiqadigan  tarix  ta'limining  asosiy  qonuniyatlari  bilan  bog’liqdir.  Shuning  uchun 
o’qituvchi  dars  turlarini  tanlashda  o’rganiladigan  mavzuning  mazmuni,  xarakterini  hamda  uni 
o’quvchilarning  ongli  va  puxta  o’zlashtirishini,  ya'ni  ta'lim  jarayonining  asosiy  qonuniyatlarini 
asos  qilib  olishi  lozim.  Dars  turini  bu  yo’sinda  tanlash  esa  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim 
tizimida  tarix  o’qitishning  ta'lim-tarbiyaviy  vazifalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  hamda 
o’qitish metodlari va usullari haqidagi masalani ijodiy hal qilishga yordam beradi. 
Maktabda  tarix  o’qitishning  maqsadi,  ta'lim  –  tarbiyaviy  vazifalari  va  mazmunini  bilish 
uchun  tarix  o’qitishning  ilmiy  asoslarini  egallab  olishning  o’zi  kifoya  qilmaydi.  Tarix  fannni 
o’qitish  uchun,  uni  o’quvchilarning  o’rganishi  ham  darsda,  ham  darsdan  tashqari 
mashg’ulotlarda  davom  etadi.  Maktabda  ta'lim  -  tarbiya  ishlarining  asosiy  tashkiliy  shakli 
darsdir.  Binobarin,  tarix  darsining  o’quvchilarga  bilim  berish,  ularni  vatanparvar  ruhda 
tarbiyalash va komil inson bo’lib yetishishidagi orni beqiyosdir. 
Shuni  alohida  qayd  etib  o’tish  lozimki,  O’zbekiston  Respublikasi  tarix  darsiga  bo’lgan 
umumiy  psdagogik  va  didaktik  talablar  asosida  zamonaviy  dars  variantlarini  eksperimental 
tajribalar  asosida  ishlab  chiqish  shu  kunga  qadar  biron  tadqiqotchi  olim  yoki  amaliyotchi 
o’qituvchining ilmiy izlanish ob'yekti bo’lmagan. 


O’tmish tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Turkiston Xalq Maorifi Komissarliginiig 1918 
yil 12 seityabrda chiqargan farmonida, boshlang’ich maktabda tarix o’rganish quyidagi tartibda 
amalga oshirilishi qayd etilgan: 
Ijtimoiy  va  madaniy  taraqqiyot  jarayoni  bo’lgan  umumiy  tarixni  o’rganish,  Rossiya  va 
Turkistoi  xalqlari  tarixini  birmuncha  aniqliklar  kiritilgan  holda  o’rganish,  o’rta  maktabda 
G’arbiy Yevropa xalqlari tarixi – qadimgi, o’rta asrlar va ayniqsa yangi tarixni, shuningdek rus 
tarixini o’rganish tavsiya etilgan edi. 
O’zbekiston  maktablarida  tarix  fanini  o’qitish  tarixini  sinchiklab  o’rganar  ekanmiz,  20  – 
yillarga  kelganda  Turkistonda  tarix  o’qitish  metodikasini  pedagogik  fan  sifatida  shakllanishida 
dastlabki dadil qadamlar qo’yila boshlanganligini guvohi bo’lamiz. Masalai, 1927 yilga kelganda 
Turkistoi o’lkasida pedagogika fanini taraqqiy etdirishda katta hissa qo’shgan pedagog olim N. 
P. Arxangelskiy
1
 tomoiidan O’zbekiston umumga'lim maktablarida tarix o’qitish samaradorligini 
oshirishga  bag’ishlangai  qator  ilmiy  –  metodik  maqola  va  o’sha  sharoit  uchun  nodir  metodik 
qo’llanmalar yaratildi.   
Ona  tariximizga  nazar  tashlar  ekanmiz,  o’zbek  xalqining  fashizmni  tor  –  mor  keltirishda 
o’zining  ulkan  hissasini  qo’shganligini  ko’rsatadigan  dalillarni  guvohi  bo’lamiz.  Dalillarga 
murojaat qilaylik: 
Masalan, O’zbekiston urush yillarida davlatga 3 mln. 806 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 
mln. 282 ming tonna don, 48000 tonna meva qoqi, 159 ming tonna go’sht, 22300 tonna jun va 
boshqa mahsulotlar yetkazib berdi. 
O’zbekistondan 1 mln. ga yaqin kishi jangga safarbar etildi, urush yillarida O’zbekistonga 
sobiq  Sovet  Ittifoqining  frontga  yaqin  va  front  zonalaridan  1  mln.ga  yaqin  kishi,  jumladan 
200.000  ming  bola  evakuatsiya  qilindi,  1941  yiliiig  iyul  oyidan  noyabr  oyiga  qadar 
O’zbekistonga  Moskva  shahri  va  viloyati,  Ukraina,  Belorussiya,  Volga  bo’yi  hududlaridan 
yuzdan ko’proq korxonalar ko’chirib keltirildi, evakuatsiya qilingan korxonalar o’zbek ishchisi 
va  xizmatchilarnniig  kahramonona  g’ayrati  tufayli  qisqa  muddat  ichida  joylashtirildi  va  ishga 
tushirildi.  Mazkur  korxonalarning  ko’pchiligi  oldingi  vaqtiga  qaraganda  ko’proq  mahsulot 
chiqaradigan  bo’ldi.  Urush  davomida  O’zbekistoilik  jangchilardan  120  ming  kishi  orden  va 
medallar bilan mukofotlandilar. 
Agar «Urush yillarida O’zbekiston maktablarida tarix o’qitish» masalasining o’zini alohida 
olib  qaraydigan  bo’lsak,  bu  davrda  O’zbekistonda  umumta'lim  maktablarida  tarix  o’qitish 
xususida  va  umuman  O’zbekiston  xalqlari  tarixini  o’rganish  borasida  tahsinga  molik  ko’pgina 
ilmiy – uslubiy asarlar yaratilgailigini bilamiz. 
Tarix o’qitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix o’qitishga bo’lgan 
zamonaviy  talablar  ham  alohida  qayd  etiladi.  Jumladan,  Akademik  Mirza  Mahmudovning 
«Sovremenniy  urok»  (M.  «Prosveheniye»,  1989),  P.S.  Leybeshrubning  «Didakticheskiye 
trebovaniya k uroku istorii» (M. Izd ~ vo APN RSFSR, 1960). N.G.Dayrnining «Sovremenno'e 
trebovaniya  k  uroku  istorii»  (  M.  1979)  va  boshqalar.  Bu  asarlar  garchi  bevosita  tarix  o’qitish 
masalasiga  bag’ishlanmagan  bo’lsada,  aslida  60  –  70  –  80  –  yillar  sharoitida  yozilgan.  Lekin 
metodist olimlarning sho’ro jamiyatining 70 yildan ziyod davr ichida yaratgan ilmiy – uslubiy va 
didaktik  asarlari  o’sha  davr  xususiyatidan  kelib  chiqqan  ba'zi  kamchiliklarga  qaramasdan 
bugungi  o’z  istiqloliga  erishgan  O’zbekiston  Respublikasi  maktablarida  ham  foydalanilib 
kelinmoqda.  Endilikda  Respublikamiz  tarixchi  metodist  –  olimlari  vazifalari  ana  shu  ulkan 
merosdan  O’zbekiston  xalqlari  tarixining  bugungi  davri  talabi  asosidan  ilmiy  –  uslubiy  va 
didaktik yo’llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir. 
                                                 
1
Arxangelskiy  N.P.  svedeniya  s  sostoyanii  izdaniy  uchebnoy  literaturo'  v  Turkestanskoy  ASSR  dlya  shkol 
uzbekskix, kazaxskiy, turkmenskix, uygurskix, tadjikskix. T. 1992g.
 
Arxangelskiy N.P. ―Uchebnaya literatura‖ o’zbekskom yazike. Nauka i prosveheniye. 1922. 
Arxangelskiy N.P. O prepodavaniye istorii v Sredne - ubekskom shkole, T. 1922 god  
Arxangelskiy N.P. Sredne-Aziatskiye voproso' geograficheskoy terminologii i trnskripsii. T, 1935g. 
 


Prezidentimiz aloxida kayd etib o’tganidek, «Yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab 
chiqish  va  amalga  oshirish  lozim  bo’ladi.  Bunda  o’zbek  xalqining  va  respublika  hududida 
boshqa  xalqlarning  milliy,  tarixiy  va  madaniy  an'analari,  ma'naviy  tajribasi  ta'lim  va  tarbiya 
tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur» . Ilmiy - uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri  tashkil 
etilgan  tarix  ta'limi  dars  jarayonida  Samara  beradigan  turli  -  tuman  shakl  va  usullardan 
foydalanishni taqozo etadi. 
Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash - u, 
kelgusi  darsda  uni  o’quvchilardan  so`rashgina  emas,  balki,  tarix  o’qitish  jarayonida  biz 
o’quvchilarimizni  fikrlash  va  tarixiy  voqealarini  tahlil  etish,  o’rganilayotgan  tarixiy  material 
asosida  xulosalar  chiqarish  va  ularni  umumlashtirish,  tafakkur  etish,  o’rganilayotgan  hamma 
mavzular  va  kursning  yetakchi  g`oyalari  ongli  ravishda  mustahkam  o`zlashtirib  olish,  ularni 
tarixiy  hujjatlar  va  ayniqsa  O`zbskiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  asarlari,  nutqlari 
matni  ustida  mustahkam  ishlab,  rejalar  va  konspekt,  xronologik  va  sinxronologik  jadvallar 
tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va 
to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniganiga aytiladi. 
Tarix  darsining  o`quv  materialini  navbvtdagi  bir  bo`lagi  deb  hisoblab,  uni  o’quvchilarga 
zudlik bilan bayon etib, keyingi bo`lagiga o’tishdangina iborat deb o`ylagan o’qituvchi, albatta 
xato qilgan bo`lar edi. 
Dars  -  tarix  dasturining  bir  oddiy  bo`lagigina  emas.  Dars  -  birinchi  galda  o’quv 
mashg`ulotidir. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin