Birovga choh qazigan, o`zi tushadi.
Baxtli-saodatli, obro`-e`tiborli, mol-mulkli kishilarga doim havas bilan boq.
Ammo zinhor-bazinhor hasad nazarini tashlama. Chunki hasad shunday dartki, u
kishini ich-ichidan yemirib, ado qiladi. Xayolida hasad olovi alanga olgan odam
o`zgalarga yomonlik qilishdan ham o`zini tiya olmay qoladi. Lekin ko`pincha bu
yomonligi aylanib kelib o`ziga qaytadi. Axir, bobolarimiz “birovga choh qazisang,
o`zing tushasan”, deb bejiz aytmaganlarda.
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir boy bo`lib, uning xonadonida
tinchlik yo`q ekan. Oila a`zolari bir-biri bilan kelishmas, tez-tez sen-menga
borishar, oqibatda turli mojarolar kelib chiqaverar ekan. Ammo qo`shnisi garchi
kambag`al bo`lsa ham tinch va osoyishta yashar ekan. Ularga hamma havas qilar,
janjaldan boshi chiqmaydigan boy ularga hasad qilar ekan. Boyning bu hasadi
bora-bora dushmanlikka aylanibdi. U qo`shnisining tinchligini buzishga ahd
qilibdi. Nobakor bir kuni qo`shnisining uzoqroq qishloqqa borishini eshitib qolib,
bir kosa holvaytarga zahar qo`shibdi. Keyin uni qo`shnisiga berib debdi:
Safarga ketayotganingizni eshitdim va qo`shnichilik hurmati uchun holvaytar
pishirtirdim. Ochiqqan chog`ingizda tanavul qilarsiz. Oqko`ngil kambag`al
qo`shnisining bu qilmishini muruvvat deb tushunibdi. Yarim yo`lga yetganda suv
bo`yida dam olib o`tirgan ikki yigitga ko`zi tushibdi. Yaqinroq borib qarasa ular
holvaytar bergan boyning o`g`illari ekan. Yigitlar qo`shnilarini ko`rib:
- Otaxon, rosa ochiqqanmiz, ovqatingiz yo`qmi?-deb so`rab qolishibdi.
25
Shunda kambag`al ularga:
Mana bugun otangiz beruvdilar, sizlarga nasib qilgan ekan, - deb holvaytarni
ularga beribdi. Yigitlar uni yeyishibdiyu bir zumda jon taslim qilishibdi. Qo`rqib
ketgan kambag`al darhol holvaytarning qolgan qismini olib to`g`ri shahar qozisiga
uchrab, bor gapni aytibdi. Qozi murdalarni oldirib kelib, boyni ham chaqirtiribdi-
da unga pishirig`i va murdalarni ko`rsatibdi. Boy bolalari ustiga o`zini tashlab jon
taslim qilibdi.
Alqissa, aziz farzandim, sen hyech qachon birovga hasad qilguvchi bo`lma. Ushbu
rivoyat bo`yicha bahs uyushtirish orqali bolalar ongiga birovga qasd qilish yomon
illat ekanligi va uning albatta o`ziga qaytishi mumkinligi singdiriladi. Eng asosiysi
ularda bu illatga nisbatan nafrat uyg`onadi.
Bolalarga vazifa bering shunga o`xshash rivoyat va hikoyatlarni to`plasin.
Dostları ilə paylaş: |