O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tuganbekova A.

Minnat-illat. 

Minnat  g`oyat  jirkanch  illatdir.  Agar  biror  kishiga  yaxshilik  qilib,  hojatini 

chiqarsang, bu xayrli ishingni zinhor minnat qilma. Minnat barcha ezguliklaringni 

yo`qqa  chiqaradi,  savobini  behuda  yelga  uchirib  ketadi.  Shu  bois  ham  sen  kimga 

yaxshilik  qilsang  beg`araz  qil.  Beg`araz  yaxshilikning  xosiyati  ko`p,  savobi 

bisyordir.  Shugina  emas,  yaxshilik  qilgan  odaming  senga  umrbod  do`sti  sodiq 

bo`lib qoladi. Inson uchun olamda bundan ko`ra savobli ish bo`lmasa kerak. 

Ammo bilib qo`y, qilgan ezgu ish, yaxshilik minnat qilinsa, foydasidan zarari ko`p 

bo`ladi. 

  

Hikoyat.  Bir  kishi  ko`chada  ketayotsa,  to`satdan  havoning  avzoyi  buzilib, 

kuchli  jala  quyib  yuboribdi.  Shunda  u  yonidagi  do`konchi  do`sti  huzuriga  kirib 

debdi: 


- Ey og`ayni! Menga soyaboningni omonatga berib tur, uyimga yetib olay. 


26 

 

- Mayli, - debdi og`aynisi. Ola qol. 



Do`sti  soyabonni  olib,  uyiga  yetib  olibdi.  Ertasiga  esa  omonatini  egasiga 

qaytarib,  unga  minnatdorchilik  bildiribdi.  Oradan  ancha  vaqt  o`tgach,  ular 

tasodifan uchrashib qolishibdi. Shunda soyabonni omonatga bergan do`sti: 

-  Ey  do`stim,  o`sha  kuni  agar  soyabonimni  berib  turmasam,  holing  ne  kechardi?-

debdi. 

Soyabonni omonatga olgan odam: 

- Yomg`irda qolib, rosa bo`kardim, - deb javob beribdi. 

Ammo  shu  arzimas  yaxshilikni  qilgan  odam  g`oyat  badfel  ekan.  Oradan 

yana bir necha kun o`tgach, o`sha do`sti tag`in: 

-  Agar  o`shanda  soyabonimni  berib  turmaganimda,  kuchli  jalada  holing  ne 

kechardi?-debdi. 

Bu minnatdan so`ng undan soyabon olgan kishi do`stidan soyabon olganiga 

ham  pushaymon  qilibdi.  Ammo  soyabon  bergan  do`sti  shundan  keyin  ham 

tinchimabdi.  Bir  kuni  ular  bog`dagi  hovuz  bo`yicha  uchrashib  qolibdi.  Soyabon 

bergan kishi yana: 

-  Do`stim,  o`shanda  men  senga  soyabonimni  berib  turmaganimda  holing  ne 

kechardi?, - debdi. 

Uchinchi  bor  minnat  eshitgan  odamning  toqati  toq  bo`libdi.  Do`stidan 

soyabon  olganiga  ming  pushaymon  bo`libdi.  Azbaroyi  uning  minnatlari  joniga 

tekkanidan  ust-boshini  yechmay  turib  o`zini  hovuzga  otibdi.  Keyin  shalabbo 

bo`lgan kiyimidan suvini oqizib turib do`stiga debdi: 



27 

 

-  Agar  o`sha  kuni  sen  soyaboningni  berib  turmasang  mana  shunday  shalabbo 



bo`lardim. Lekin o`lib qolmasdim. 

Shu  kundan  boshlab  bu  ikki  o`rtoq  oralaridagi  do`stlik rishtalari  uzilibdi. Ushbu 

rivoyat  orqali  bolalar  ongiga  qilgan  yaxshiligini  minnat  qilmaslik  insoniy  fazilat 

ekanligi  singdiriladi.  Bu  haqda Hadisi  Sha`rifda ham  “Savob  ish  qilganingdan 

xursand  bo`lsang,  gunoh  ish  qilganingda  esa  xafa  bo`lsang,  demak  sen  haqiqiy 

mo`minsan”, deyilgan. Buning mazmun-mohiyatini bolalar ongiga singdiring. 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin