O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta


 “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tuganbekova A.

2.3. “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlarida bolalarda illatlarga nafrat 

o`yg`otishga oid didaktik materiallar 

Ma`lumki,  illatlar  jamiyat  taraqqiyotiga  sezilarli  salbiy  ta`sir  qiluvchi 

yomonliklardir.  Buning  asosiy  sababi  o`sha  illat  bilan  o`ralashib  qolgan 

odamlarning  hatti-harakatlaridir.  Bu  hatti-harakatlarning  jamiyat  taraqqiyotiga 

nisbatan  ijobiy  yoki  salbiy  ta`siri  o`sha  hatti-harakatlar  egasining  dunyoqarashiga 

bog`liq. 



Bu qanday paydo bo`ladi? 


23 

 

Umuman  olganda  inson  dunyoga  kelgan  paytdanoq  unda  dunyoqarash  paydo 



bo`la boshlaydi. Ya`ni, bola tug`ilishi bilanoq onasiga ko`zi tushadi. Shunday qilib 

bolalar  dastlab  o`z  ota-onasini  taniydi  va  ular  muloqot  choqlarida  tarbiyalana 

boshlaydilar.  Bunda  bola  hayoti  davomida  to`g`ri  yoki  noto`g`ri  harakatlar  va 

ishlar qila boshlaydilar. Odatda ularning aksariyatida to`g`ri ish va hatti-harakatlar 

qilishga  moyillik  bo`ladi  hamda  bu  boradagi  faoliyatini  rag`batlantirishlar  orqali 

ularning  ijobiy  xislat  va  fazilatlar  rivojlanib  boraveradi. Ularning  ikkinchi 

qismi esa  noto`g`ri  qilgan  ishlari  va  hatti-harakatlaridan  to`g`ri  xulosa  chiqarib 

o`zini  to`g`ri  yo`lga  sola  oladi,  ya`ni  qilgan  xato-kamchiliklarini  tuzata 

oladi. Ularning  uchinchi qismi ham  mavjud.  Bular  to`g`ri  ishdan  ham,  noto`g`ri 

ishdan ham to`g`ri xulosa chiqara olmaydi. Bunday bolalar bir qilgan xatosini yana 

ham  takrorlash  mumkin.  Bular loqayd odamlar  bo`lib,  hayot  to`g`risida  to`g`ri 

xulosa  chiqara  olmaydi.  Bularning  hayotiy  shiori “Menga  nima” bo`lib,  ularning 

jamiyat  taraqqiyotiga  ham  foydasi  tegmaydi.  Bunday  bolalarda  har  xil  illatlarga 

ruju  qo`yish  ham  kuchli  bo`ladi.  Chunki,  illatlar  bir  ko`rinishda  bolalar  ko`ziga 

yengillikday  bo`lib  ko`rinadi.  Ana  shuning  uchun  ham  bolalarimizni  illatlarga 

nafrat ruhida tarbiyalashimiz lozim.  Ular ro`yxatini taxminan quyidagiday ketma-

ketlikda keltirish mumkin: 

 



yolg`onchilik-yomon va qabih illat bo`lib, u imonsizlikdir; 

 



minnat-g`oyat jirkanch illat; 

 



insonning zohid bo`lishi-yomon illat; 

 



insonning tanbal bo`lishi-ayanchli illat; 

 



insonning takabbur bo`lishi-madaniyatsizlikdir (illat); 

 



badfellik-qo`pollik (illat); 

 



minnat-takabburlik (illat); 

 



ziqnalik-yomon illat; 

 



kibru havo-jaholat (illat); 

 



qasoskorlik-illat; 


24 

 



 

manmanlik-imon kushandasi (illat); 

 

sotqinlik-xiyonat negizi (illat); 



 

hasad qilish-illat; 



Endi  bolalar  ongida  illatlarga  nafrat  uyg`otishga  asos  bo`ladigan  didaktik 

materiallarni keltiramiz. 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin