Ma`lumki, illatlar jamiyat taraqqiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiluvchi
yomonliklardir. Buning asosiy sababi o`sha illat bilan o`ralashib qolgan
odamlarning hatti-harakatlaridir. Bu hatti-harakatlarning jamiyat taraqqiyotiga
nisbatan ijobiy yoki salbiy ta`siri o`sha hatti-harakatlar egasining dunyoqarashiga
23
Umuman olganda inson dunyoga kelgan paytdanoq unda dunyoqarash paydo
bo`la boshlaydi. Ya`ni, bola tug`ilishi bilanoq onasiga ko`zi tushadi. Shunday qilib
bolalar dastlab o`z ota-onasini taniydi va ular muloqot choqlarida tarbiyalana
boshlaydilar. Bunda bola hayoti davomida to`g`ri yoki noto`g`ri harakatlar va
ishlar qila boshlaydilar. Odatda ularning aksariyatida to`g`ri ish va hatti-harakatlar
qilishga moyillik bo`ladi hamda bu boradagi faoliyatini rag`batlantirishlar orqali
ularning ijobiy xislat va fazilatlar rivojlanib boraveradi. Ularning ikkinchi
qismi esa noto`g`ri qilgan ishlari va hatti-harakatlaridan to`g`ri xulosa chiqarib
o`zini to`g`ri yo`lga sola oladi, ya`ni qilgan xato-kamchiliklarini tuzata
oladi. Ularning uchinchi qismi ham mavjud. Bular to`g`ri ishdan ham, noto`g`ri
ishdan ham to`g`ri xulosa chiqara olmaydi. Bunday bolalar bir qilgan xatosini yana
ham takrorlash mumkin. Bular loqayd odamlar bo`lib, hayot to`g`risida to`g`ri
xulosa chiqara olmaydi. Bularning hayotiy shiori “Menga nima” bo`lib, ularning
jamiyat taraqqiyotiga ham foydasi tegmaydi. Bunday bolalarda har xil illatlarga
ruju qo`yish ham kuchli bo`ladi. Chunki, illatlar bir ko`rinishda bolalar ko`ziga
yengillikday bo`lib ko`rinadi. Ana shuning uchun ham bolalarimizni illatlarga
nafrat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Ular ro`yxatini taxminan quyidagiday ketma-
ketlikda keltirish mumkin:
yolg`onchilik-yomon va qabih illat bo`lib, u imonsizlikdir;
minnat-g`oyat jirkanch illat;
insonning zohid bo`lishi-yomon illat;
insonning tanbal bo`lishi-ayanchli illat;
insonning takabbur bo`lishi-madaniyatsizlikdir (illat);
badfellik-qo`pollik (illat);
minnat-takabburlik (illat);
ziqnalik-yomon illat;
kibru havo-jaholat (illat);
qasoskorlik-illat;
24
manmanlik-imon kushandasi (illat);
sotqinlik-xiyonat negizi (illat);
hasad qilish-illat;
Endi bolalar ongida illatlarga nafrat uyg`otishga asos bo`ladigan didaktik
materiallarni keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: