O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tuganbekova A.

Ko`rdingizmi  bolalarim!  Omonatga  xiyonat,  ochko`zlik  ikki  qadrdon 

do`stni nobud qilibdi. Oltin esa har ikkoviga ham buyurmay, sabil qolibdi. Alqissa 



29 

 

odam har qanday vaziyatda ham insoniylikni unutmasligi, hyech qachon do`stlikka 



xiyona  qilmasligi  lozim.  Haligi  ikki  hamtavoq  bir  xum  oltin  vasvasasiga  uchib, 

do`stlik  rishtasini  uzmaganlarida  jonlari  omon  qolar,  boy-badavlat,  farovon  hayot 

kechirishardi  

 



30 

 

                                                                 XULOSA 

         Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  bolalarga  ma`naviy-axloqiy  tarbiya 

berish,  xususan,  ma`naviy-immunologik  tarbiya  berish  yordamida  yoshlarni 

ma`naviy  yetuk  va  intellektual  salohiyatli  bo`lib  shakllanishiga  asosiy  poydevor 

bo`la  oladi.  Bu  orqali  bolalardagi  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishga 

erishiladi  va  uzluksiz  ta`lim  tizimining  keyingi  turlarida  ham  amalga  oshiriladi. 

Ushbu  jarayonda  bolalar  ma`naviy  sifatlarni  shakllantirish,  ulardagi  har  xil 

illatlarga  nafrat  uyg`otishda  mustaham  asos  bo`la  oladi.  MTM  pedagogik  jamoa 

faoliyati ham bog`chadagi bolalarni ma`naviy yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol 

o`ynaydi.  Ayniqsa,  MTMdagi  “Ma`naviyat  saboqlari”  mashg`ulotlarini  samarali 

tashkil  etishda  ularning  kasbiy  mahorati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu 

“Ma`naviyatli  odam  kim”,  “Vatan qahramonlari,  deb  kimni  aytamiz”  va 

“Vatanimiz  ramzlari”  mavzulari  bo`yicha  olib  borilgan  mashg`ulotlarda  yaqqol 

sezildi.  Shularni  e`tiborga  olganda  “Ma`naviyat  saboqlari”  mashg`ulotlarning 

namunaviy  mavzulari  va  MTMda  ma`naviy  ishlar  bo`yicha  amalga  oshiriladigan 

tadbirlar rejasi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini yanada oshiradi. 

  

MTMda  ta`lim  va  tarbiya  jarayonini  tashkil  etish,  uyushtirish  va  ularga 



tegishli tayyorlangan materiallar hamda ularga mos tarbiyachi va murabbiylarning 

metodik  tayyorgarligi  bog`chada  ma`naviy  tarbiya  berishning  pedagogik  shart-

sharoitlarining optimal variantini tanlab olishga imkon berdi. Xulosa o`rnida shuni 

ta`kidlash mumkinki, agarda tarbiyachi va  murabbiylar ushbu tadqiqotda erishgan 

yutuqlar  bo`yicha  faoliyat  yuritishsa,  bolalardagi  shakllangan  ahloqiy  tasavvur 

(qarash, fikr  yuritish,  mulohaza, odoblilik,  ezgulik,  ahloqiy  adolatlar,  ahloqiy 

munobatlar)  ahloqiy  e`tiqodni  yuksaltirishga  ijobiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Shu  sababli 

MTMda ma`naviy - axloqiy tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir.Unda bolalarning 

ijtimoiy  ahloqiy  va  ijtimoiy  huquqiy 

me`yorlariga  ongli  munosabati 

shakllantiriladi. Demak, MTMda bolalarni yaqin atrofni o`rganishga, tengdoshlari 

bilan  barqaror  aloqalarni  o`rnatishga,  o`z-o`zini  anglashga  o`rgatish,  ularning 




31 

 

barkamol  shaxs  bo`lib  yetishishida  muhimdir.  Bunda  ahloqiy  tarbiyani  to`g`ri 



amalga oshirish Hazrati Ali ta`kidlaganidek tarbiyaning qo`yidagi tamoyiliga javob 

bera oladigan shaxsning tayyorlashga ma`naviy asos yaratgan bo`lamiz: “Kishidagi 

uchdan  bir  iymon-bu  hayotdir;  yana  bir  uchdan  bir  iymon  aql,  qolgan  uchdan  bir 

iymon esa-saxovat va oliyjanoblik bo`ladi”. 

 

 

 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin