Inson doimo do`stiga sadoqatli bo`lishi, xiyonat qilmaslgi lozim. Ayniqsa
o`rtalarida katta boylik turgan paytlarda nafs yo`liga kirib, do`stining ishonchini
suiste`mol qilmasligi shart. Bilaks uni Alloh kechirmay, og`ir jazolarga mubtalo
etadi. Bu holat bir kattakon xum to`la oltin topib olgan ikki do`stning qilmishlari
eng ikkiga bo`lib yeyisharkan. Ular bir kuni toqqa kaklik ovlagani borishibdi.
Qoyama-qoya, cho`qqima-cho`qqi yurib kattakon g`oya yonidan chiqib qolishibdi.
Bir kaklik esa uchib borib g`orga kirib ketibdi. Ikki do`st ham uning ketidan
kirishibdi. Qarashsa kaklik bir chetda turgan toshlar ostiga yo`rg`alab ketibdi.
Yigitlar asta-sekin toshlarni olib tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o`n-o`n
beshta yirik toshni olishgan ekan, bir katakon xum ko`rinibdi. Xumni olib
qishloqlarga bizdan boy, baxtli odam yo`q, deb shodlanganlaridan bir-birlarini
28
quchoqlashibdi. Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo`rg`a o`rnidan
siljitishibdi. Sababi ov ishqida cho`qqima-cho`qqi, qoyama-qoya yuraverib
charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do`stlardan biri:
- Og`ayni bu holatda xumni ko`tarib qishloqqacha olib ketishimiz amri mahol.
Yaxshisi biror yemak topib, qorinni to`yg`azaylik. Keyin baquvvat bo`lib xumni
ko`taramiz, - debdi.
Ikkinchi do`stga ham bu taklif ma`qul kelibdi. Ular maslahatlashib birlari g`orda
qolib, oltinga soqchilik qiladigan, ikkinchilari qishloqqa borib biror yegulik olib
keladigan bo`lishibdi.
Do`stlardan biri qishloqqa yegulik olgani ketarkan, bir xum “Sariq
shayton”ning vasvasasiga uchibdi. Do`stlikka sadoqat, insoniylikdan nafs balosi
kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o`ylabdi u.-do`stim bo`lmaganida bir xum oltinning
hammasi bir o`zimniki bo`lardi. Yaxshisi olib keladigan ovqatga zahar solib
kelaman. Do`stim yeydi-yu, til tortmay o`ladi. Oltin esa meniki bo`ladi!”.
G`orda oltinni qo`riqlab o`tirgan anovi sherikning ham feli buzilibdi. “Sariq
shayton” uni ham yo`ldan uribdi. “Do`stim ovqatni olib g`or og`ziga kelganida, -
deb rejalashtiribdi u, - men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O`lsa,
oltinning hammasi o`zimga qoladi!” Oltin poyloqchisi o`z qabih rejasini amalga
oshirish niyatida g`or tepasiga chiqib, bekinib turibdi. Do`sti g`or og`ziga
kelganida kattakon xarsangni uning tepasiga dumalatibdi. Tosh ostida qolgan
do`sti shu zahotiyoq jon taslim qilibdi. “Ana, - debdi u xursand bo`lib, - hamma
oltin bir o`zimga qoldi. Avval to`yib olay, keyin oltinni ko`tarib uyimga
jo`nayman!”. Zahar solingan ovqatni yegan hamtovoq ham o`libdi. Bir xum oltin
esa yana kimsasiz g`orda qolib ketibdi.
Dostları ilə paylaş: