Minnat g`oyat jirkanch illatdir. Agar biror kishiga yaxshilik qilib, hojatini
chiqarsang, bu xayrli ishingni zinhor minnat qilma. Minnat barcha ezguliklaringni
yo`qqa chiqaradi, savobini behuda yelga uchirib ketadi. Shu bois ham sen kimga
yaxshilik qilsang beg`araz qil. Beg`araz yaxshilikning xosiyati ko`p, savobi
bisyordir. Shugina emas, yaxshilik qilgan odaming senga umrbod do`sti sodiq
Ammo bilib qo`y, qilgan ezgu ish, yaxshilik minnat qilinsa, foydasidan zarari ko`p
kuchli jala quyib yuboribdi. Shunda u yonidagi do`konchi do`sti huzuriga kirib
26
- Mayli, - debdi og`aynisi. Ola qol.
Do`sti soyabonni olib, uyiga yetib olibdi. Ertasiga esa omonatini egasiga
qaytarib, unga minnatdorchilik bildiribdi. Oradan ancha vaqt o`tgach, ular
tasodifan uchrashib qolishibdi. Shunda soyabonni omonatga bergan do`sti:
- Ey do`stim, o`sha kuni agar soyabonimni berib turmasam, holing ne kechardi?-
debdi.
Soyabonni omonatga olgan odam:
- Yomg`irda qolib, rosa bo`kardim, - deb javob beribdi.
Ammo shu arzimas yaxshilikni qilgan odam g`oyat badfel ekan. Oradan
yana bir necha kun o`tgach, o`sha do`sti tag`in:
- Agar o`shanda soyabonimni berib turmaganimda, kuchli jalada holing ne
kechardi?-debdi.
Bu minnatdan so`ng undan soyabon olgan kishi do`stidan soyabon olganiga
ham pushaymon qilibdi. Ammo soyabon bergan do`sti shundan keyin ham
tinchimabdi. Bir kuni ular bog`dagi hovuz bo`yicha uchrashib qolibdi. Soyabon
bergan kishi yana:
- Do`stim, o`shanda men senga soyabonimni berib turmaganimda holing ne
kechardi?, - debdi.
Uchinchi bor minnat eshitgan odamning toqati toq bo`libdi. Do`stidan
soyabon olganiga ming pushaymon bo`libdi. Azbaroyi uning minnatlari joniga
tekkanidan ust-boshini yechmay turib o`zini hovuzga otibdi. Keyin shalabbo
bo`lgan kiyimidan suvini oqizib turib do`stiga debdi:
27
- Agar o`sha kuni sen soyaboningni berib turmasang mana shunday shalabbo
bo`lardim. Lekin o`lib qolmasdim.
Shu kundan boshlab bu ikki o`rtoq oralaridagi do`stlik rishtalari uzilibdi. Ushbu
rivoyat orqali bolalar ongiga qilgan yaxshiligini minnat qilmaslik insoniy fazilat
ekanligi singdiriladi. Bu haqda Hadisi Sha`rifda ham “Savob ish qilganingdan
xursand bo`lsang, gunoh ish qilganingda esa xafa bo`lsang, demak sen haqiqiy
mo`minsan”, deyilgan. Buning mazmun-mohiyatini bolalar ongiga singdiring.
Dostları ilə paylaş: