O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Tuganbekova A.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

 ....................................... 32 

 



 

KIRISH



 

            Hozirda  ota-bobolarimiz  orzu  qilgan  kun  keldi  va  uning  soyasida 

farzandlarimiz o`sayapti. Ya`ni, bugungi mustaqillik farzandlariga Mustaqil Vatan 

bag`rida  tug`ilib,  o`nib-o`sib,  kamol  topib  bormoqlik  amalga  oshmoqda  va 

farzandlarimizni  chin  ma`noda  toza  havodan  nafas  olish,  musaffo  osmon  ostida 

yashash baxtiga muyassar bo`lganligini komil ishonch bilan ayta olamiz. Shuning 

bilan  birga  Davlatimiz  tomonidan  barkamol  shaxs  tarbiyasi  asosida  barkamol 

avlodni  shakllantirish  kabi  ustivor  vazifani  uzluksiz  ta`lim  tizimi  oldiga 

qo`ymoqda.  Buning  amalga  oshishida  dastlab  yoshlar  ongiga  ma`naviyatli  odam, 

madaniyatli  kishi,  milliy-ma`naviy  qadriyatlar  va  shu  kabi  tushunchalar  hamda 

ularning  mazmun-mohiyatlarini  singdirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunga 

sabab  ular  orqali  yoshlar  ongida  ozod  va  obod  Vatan,  mustaqil  davlatning  o`ziga 

xos  yo`li,  o`z-o`zini  anglash,  intellektual  salohiyatli  barkamol  shaxslarni 

tarbiyalashga erishish mumkin. 

  

Ma`lumki,  milliy  tarbiyada  milliy  qahramonlari,  Davlat  arboblari, 



donishmandlarning  turmush  tarzi,  ilohiy  va  muqaddas  kitoblardagi  inson 

tarbiyasiga  oid  (bola tarbiyasiga  oid  rivoyatlar,  hikoyatlar,  hikmatlar  va  shu 

kabilar) 

didaktik 

materiallar 

qimmatli 

manbaa 

bo`lib 


hisoblanadi. 

Donishmandlarning  ibratli  turmush  tarzi,  hayotiy  pand  nasihatlari  xalq 

pedagogikamizning  asosini  tashkil  etadi.  Ota-bobolarimizning  har  bir  purmano 

fikri avloddan avlodga sayqallashib bizgacha yetib kelmoqda. Ular milliy tarbiyada 

muhim  ma`naviy  didaktik  asos  bo`la  oladi.  Quyida  shunday  o`gitlardan  biri 

bo`lmish  imorat  qurishdagi  fikrni  va  uning  uzluksiz  ta`lim  tizimiga  qiyosini 

keltiramiz.  “Halqimizda  devor  qiyshiq  bo`lsa,  u  qulaydi”,  degan  gap  bor. 

Devorning  qiyshiq  bo`lishi  esa,  uning  dastlabki  terilayotgan  g`ishtlarning  qanday 

taxtlanishiga  bog`liq.Maktabgacha  ta`lim  muassasi  uzluksiz  ta`lim  tizimining 

birinchi  turi,  ya`ni  dastlabki  bosqichidir.  Bugungi  kunda  Davlatimiz  uzluksiz 

ta`lim  tizimi  oldiga  ma`naviy  yetuk  va  intelluktual  salohiyatli  barkamol  avlodni 

shakllantirishdek  muhim  vazifani  qo`ymoqda.  Bu  muhim  vazifani  bajarishning 




 

dastlabki bosqichi maktabgacha ta`lim muassasalari (MTM)da amalga oshiriladi va 



unda  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma`naviy  jihatdan  boy  shaxsni  shakllantirishga 

qaratiladi.  Bunga  davlatimiz  tomonidan  katta  e`tibor  berilmoqda.  Jumladan, 

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunni 10 va 11 moddalari 

ham aynan MTM siga bog`liq, ya`ni 10-moddada ta`lim tulari sanab o`tilib, uning 

birinchi  turi-“Maktabgacha  ta`lim”  ekanligi  ta`kidlangan  va  11-moddasida  esa 

“Maktabgacha  ta`lim  bola  shaxsini  sog`lom  va  yetuk,  maktabda  o`qishga 

tayyorlanadigan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  ko`zlaydi.  Bu  ta`lim  olti-yetti 

yoshgacha  oilada,  bolalar  bog`chasida  va  mulk  shaklidan  qat`iy  nazar  boshqa 

ta`lim  muassasalarida  olib  boriladi”,  -  deb  alohida  ta`kidlangan.  Shuningdek, 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  ham  maktabgacha  ta`lim-uzluksiz  ta`lim 

tizimning  birinchi  turi  ekanligi  qayd  etilib,  unda  maktabgacha  ta`lim 

muassasalarida  ta`lim-tarbiya  jarayonini  olib  borishga  qo`yilgan  zamonaviy 

talablar  aks  ettirilgan.  U  talablarni  amalga  oshirish  uchun  maktabgacha  ta`lim 

muassasalarida  bolalarni  sog`lom,  ma`naviy  jihatdan  yetuk  va  barkamol  shaxs 

bo`lib  shakllanishiga,  o`qishga  bo`lgan  havaslarini  o`yg`otishga,  muntazam 

ravishda  ta`lim  olishlariga  imkoniyat  yaratish  lozim  bo`ladi  va  u  maktabgacha 

ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi. 

Mazkur  o`quv  qo`llanmada  ham  maktabgacha  ta`lim  muassasalaridagi 

bolalar  ma`naviy  tarbiyasida  xalqimizning  asriy  an`ana  va  qadriyatlari,  boy 

ma`naviy  merosidan  foydalanish  masalalari  qaraladi  va  shu  asosda  ularga 

ajdodlarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan  intellektual  mulkini  asrab  avaylash, 

muqaddas burch ekanligi o`qtiriladi. Shuningdek, o`quv qo`llanmada bolalar ongu 

tafakkurini,  dunyoqarashini  va  eng  asosiysi  ularning  mafkuraviy  immunitetini 

shakllantirishga  asos  solinishiga  ham  katta  e`tibor  berilmoqda.  Ushbu  o`quv 

qo`llanma “Oilada ma`naviy tarbiya asoslari” nomli o`quv qo`llanmaning bevosita 

davomi  bo`lib,  unda  maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  bolalarga  ma`naviy 

tarbiya berishning pedagogik asoslari qaraladi. Maktabgacha ta`lim muassasalarida 

pedagogik xodimlarining kasbiy tayyorgarligidan boshlab, “Ma`naviyat saboqlari” 




 

mashg`ulotlarini tashkil  etishning ilmiy-metodik  asoslarigacha to`liq tadqiq  etildi. 



Qo`llanmada “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlari bo`yicha ayrim mavzularning 

innovasion  ishlanmalari,  mavzularning  namunaviy  ro`yxatlari  va  ma`naviy  ishlar 

bo`yicha amalga oshiriladigan rejalar hamda mazkur yo`nalishdagi mashg`ulotlarni 

olib  borishga  oid  didaktik  materiallar  ham  berilgan.  Bu  qayd  etilganlar 

maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyalanuvchining dunyoqarashini, ma`naviy 

qiyofasini  va  intellektual  salohiyatini  yuksaltirishga  yordam  beradi,  degan 

umiddamiz. 



 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin