O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Tuganbekova A.

asosiy vazifasi –hamisha  ijodiy,  sinchikov  va  tashabbuskor  bo`lishdan  iborat 

bo`lib,  ularning  asosiy  shiori  tarbiyalash,  o`qitish,  o`rgatish  va  o`rganishdir.  Har 

bir o`tkazilayotgan mashg`ulotning maqsadi aniq bo`lishi kerak va uni bolalarga ni 

amalga  oshiramiz”,  deb  aniq  tushuntirish  kerak.  Belgilangan  maqsadni  amalga 

oshirishda tarbiyachi yoki murabbiy bolalar bilan birgalikda faol muloqotli faoliyat 

yuritish  kerak.  Ana  shunday  o`zaro  faol  jarayonlarning  nechog`lik  samarali 

bo`lishi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga bog`liq bo`ladi. 

Bu  borada  MTM  da  faoliyat  yurituvchi  pedagogik  kasb  xodimlariga  zarur 

bo`lgan  shaxsiy  xislatlarni  shartli  ravishda  quyidagi  yo`nalishlarga  bo`lish 

mumkin: 



 

1. Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog`liq xislatlar. 



2. O`z-o`zini nazorat qilish, sabr-toqatli bo`lish, bolaning har qanday holatida unga 

mos bo`lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar. 

3. Har bir yangi kelgan bolaga “Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman” 

va  u  kelib  qo`shiladigan  guruhni  ko`rsatib  “Mana  shu  sizning  eng  yaqin 

do`stlaringiz” kabi muloyim muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar. 

4.  MTM  si  xodimlari  va  bolalarni  (u  qaysi  guruhdan  bo`lishidan  qat`iy  nazar) 

tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar. 

5. MTM xodimlari va bolalarga ta`sir o`tkaza olishga doir xislatlar. 

6. MTMda ma`naviyat, ma`rifat, “Zakovat” mashg`ulotlarini samarali olib borshga 

oid xislatlar. 

7.  MTM  dagi  pedagogik  kasbga  ega  xodimlarning  ibrat-namuna  bo`lishga  oid 

xislatlari. 

Shuningdek,  MTMdagi  tarbiyachi  va  murabbiylarining  shaxsiy  xislatlari  bola 

tarbiyasida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ularning  bolalar  jamoasidagi  vazifalari 

o`sha  jamoadagi  bolalar  tarbiyasi  orqali  aniqlanadi.  Shu  sababli  murabbiy  va 

tarbiyachilarning ham shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida o`ta muhimdir. Ularni biz 

quyidagicha ifodalashni lozim topdik: 

 

bolalar  bilan  ishlashda,  ularning  tarbiyasi  va  rivojlanishiga  qiziqish,  bolalarni 



tushunish qobiliyatiga ega bo`lish, ularga ishonch, ularning faollik, havaskorlik, 

ijodiy  qirralarini  ochish,  shuningdek,  tashkilotchilik  faoliyatiga  bo`lgan  katta 

qiziqish va bu boradagi faolligi, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ta`sir 

qila olish, o`z bilim va mahoratini ularga bera olish va ulardagi tashabbuskorlik, 

javobgarlik hislarini shakllantira olish; 



10 

 

 



bolalar  jamoasida  ishlashga  bo`lgan  moyillik  (bolalarni  sevish,  ular  jamoasini 

hurmat qilish), bolalar jamoasi shaxs shakllanishining asosi ekanligini anglash; 

 

bolalarni jamoaviy ijodiy faoliyat usullari bilan tarbiyalashga bo`lgan qiziqish; 



 

o`z-o`zini  boshqara  olish,  sabr-toqat,  tanqidiy  va  tahliliy  fikrlarni  to`g`ri  qabul 

qila olish; 

 

o`z-o`ziga  o`ta  talabchanlik,  o`z-o`zini  tanqid  qila  olishlik,  o`z-o`zini  nazorat 



qila olishlik

 

kirishuvchanlik, samimiylik, barcha bilan muloqot qilishga qiziqish; 



 

bolalar bilan tezda kirishib ketish, ya`ni muloqotda erkinlikka erisha olishlik

 

sezgirlik,  sinchikovlik  asosida  mehribonlik,  hamkorlik  qila  olishlikka  oid 



xislatlar; 

 

yangiliklarga nisbatan xayrixohlik, ularni tez va o`z vaqtida qabul qila olishlik



 

tarbiya jarayonida bir faoliyat turidan ikkinchisiga muammosiz va qulay (uncha 

sezdirmagan holda) o`ta olishlik; 

 

bolalar  dardini  seza  olishlik  va  ular  bilan  qayg`udosh  bo`lishlik  hamda  vaqti 



kelganda (ular bir muvaffaqiyatga erishganda) birga quvona olishlik; 

 

o`tkir zehnlilik, sezuvchanlik o`z e`tiborini va diqqatini tezlik bilan boshqa biror 



narsaga qarata olishlik

 

imo-ishoradan unumli foydalana olishlik; 



 

o`z hissiyotlarini boshqara olishlik; 

 

o`zini bosib olishlik, o`zini xotirjam ko`rsata olishlik; 



 

salbiy  ruhiy  ta`sirlarning  (xoholab  baqirib  kulish,  baqirib  qo`pol  ovoz  bilan 

gapirmaslik,  qo`pol  muomala  qilmaslik,  birovni  kamsitmaslik,  birovni  izza 

qilmaslik va h.k.) madaniy ko`rinishiga ega bo`lishlik; 

 

murabbiy  va  tarbiyachilar  nutqining  ravon  hamda  aniq  bo`lishi  (chiroyli gapira 



olish, o`z ovozini boshqara olish, yaxshi lug`at boyligiga ega bo`lish, nutqining 

obrazliligi va hayajonliligi) to`g`ridan-to`g`ri “qog`ozsiz” so`zga chiqa olishi va 

fikrini erkin namoyon qila olish va h.k.). 



11 

 

MTM  pedagogik  kasb  xodimlarining  yuqorida  qayd  etilgan  xislatlari, 



xususiyatlari  va  fikrlashlari  qamrovi  bilan  birga  ularga  nutqiy  ko`rish  va  eshitish 

bo`yicha  ham  yaxshi  xotira  kerak.  Bunga  sabab  ular  kasbiy  faoliyati  davomida 

ma`ruzalar  (suhbat,  savol-javob  ko`rinishidagi  qisqa  ma`lumotlar  berish)  qiladi; 

bolalarga  buyruqlar,  takliflar,  tavsiyalar  beradi;  bolalar  va  hamkasblarining  to`liq 

ismi  shariflarini  aytib  murojaat  qilishlari  kerak  bo`ladi;  bolalar  va  ota-onalarning 

yuz  ko`rinishlari  hamda  ismlarini  esda  saqlab  qolishlari  hamda  ularning 

tovushlarini  tezlik  bilan  va  mustahkam  esda  saqlab  qolishlari  kerak  bo`ladi; 

shuningdek, she`r, qo`shiq, ertak, rivoyat va shu kabilarni yodlab va esda saqlash 

kerak  bo`ladi.  Ushbu  jarayonda  faoliyat  yurituvchi  tarbiyachi  va  murabbiylarda 

yuqoridagi  xislatlardan  tashqari psixofizologik xususiyatlar  ham  kerak.  Ular: 

jismoniy va ma`naviy jihatdan salomatlik; jismoniy jihatdan chidamlilik, irodalilik; 

yuqori darajadagi ishchanlik, mehnatsevarlik. Murabbiylar va tarbiyachilar turli xil 

fikrlash  (ijodiy,  analitik,  konstruktiv  va  h.k.)  larga  ham  qodir  bo`lishi  kerak. 

Ulardan ijodiy  fikrlashda bolalarni  tarbiyalash masalalarini  mustaqil,  qiziqarli, 

o`zaro faol qilib bajarishga bo`lgan faoliyatda e`tiborga olinadi va erishilgan natija 

muhokamasida u yaqqol seziladi. 




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin