Nizomiy nomidagi


§4. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning milliy ozodlik harakatini ifodasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57205
1   2   3   4   5   6   7
§4. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning milliy ozodlik harakatini ifodasi 

sifatida. 

 

Oldingi  bo’limlarda  ko’rib  o’tganimizdek  Turkiston  muxtoriyatini  tashkil  etilishi 



va  ozodlik  harakatining  ifodachisi  sifatida  yuzaga  keldi.  Turkiston  muxtoriyati  a’zolari 

nafaqat  mahalliy  tub  aholi  maanfatlarini  balki  o’lkada  yashayotgan  boshqa  millatlar 

taqdirini  ham  o’ylab  ish  yuritdilar.  Shuning  uchun  ham  muxtoriyat  aholi  tomonidan 

yaxshi  mos  boshqaruv  va  qonunlarga  tayangan    davlat  qurish  1917-yildayoq,  nafaqat 

ziyolilar balki, oddiy aholi orasida ham keng harakat tusini olgan edi. Jadidchilik 1917-

yilda ma’rifatchilik harakatlaridan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi. 

O’sha 1917-yilning o’zida 4 marta  Butun Turkiston musulmonlari qurultoyi o’tkazildi. 

1917-yilning 16-23 aprelida Toshketda  bo’lgan      I  qurultoyida  demokratik  Rossiya 

tarkibida  Turkiston  muxtoriyatini  tashkil  etish  g’oyasi  olg’a  surilgani  va  bu  g’oya 

Turkiston xalqlarining o’z milliy davlatchiligini tiklash yo’lidagi dastlabki qadami edi

26

.  


Ellik yillik Chor istibdodi mahalliy xalqlar urf odati, madaniyatini poy-mol etishga xalqni 

ozodlikka bo’lgan intilishini bo’g’ib kelgan edi. Turkiston o’lkasi xalqlari doimo ozodlik 

hurlik uchun kurashib keldilar. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatiga xalq o’zining 

milliy  qahramonlari  Abdurahmon  Oftobachi,  Nomoz  Pirimqul  o’g’li,  Qurbonjon 

Dodhoh,  Jo’rabek,  Bobobek  boshchiligida  doimo  ozodlik  uchun  kurashib  keldi. 

Keyinchalik bu ozodlik uchun bo’lgan kurashlar ma’rafatparvarlik tusini oldi. Jamiyatda 

milliy  mafkurani  shakllantirish  xalqni  ma’rifatli  qilish  va  shu  yo’l  bilan  ozodlikka  olib 

chiqish  ma’rifatparvar  jadidlarning  bosh  maqsadi  edi.  milliy  mafkura  bu  yurtboshimiz 

tabiri bilan aytganda “O’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prikdir”

27

. Xalqqa shonli tarixini 



eslatish  orqali  kelajakka  dadil  qadam  bosihga  undash  nihoyat  mevasini  bergan  edi.  Bu 

xalqning  milliy  ozodlikka  bo’lgan  harakatining  natijasi  Turkiston  muxtoriyati  edi.Shu 

tarzda  Turkiston  muxtoriyat  hukumati  yuzaga  kelmasdan  ancha  oldin  jamiyatning  keng 

qatlamlari  vakillari,  ilg’or  ziyolilar  bu  harakatda  faol  qatnashib  uning  poydevorini 

yaratishga  zamin  hozirladilar.  Yangi  vujudga  kelayotgan  muxtoriyat  hukumati  tashkil 

etilishida  va  faoliyatida  ham  faqatgina  xalqning  ziyoli  va  oddiy  vakillariga  tayandi, 

hukumron  tabaqa  maanfatlariga  xizmat  qilmadi.  Buni  Turkiston  muxtoriyatining 

muvaqqat hukumat nomidan uning a’zolari M. Tinishboyev, M. Cho’qayev, U. Xo’jayev, 

Yu.  O’gayev,  S.  Gersfeld  imzosi  ostida  xalqqa  qarata  e’lon  qilgan  murajaatida  ham 

                                                           

26

 Alimova D. Karimov R. H. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2006-yil 18-sahifa 



27

 Karimov I. A. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin” T:- O’zbekiston 1998-y 14-sahifa 

 



15 

 

yaqqol  ko’rish  mumkin.  Murojaatnoma  “Ulug’  Turkiston”  gazetasida  1917-yil  8-



dekabrda e’lon etilgan

28

.  



 

Murojaatda  Turkiston  o’lkasi  hududida  yashovchi  barcha  millatlar  teng  huquqli 

ekanligi  ta’kidlandi.  Muxtoriyat  hukumati  Turkiston  xalqini  oziq  ovqat  bilan  taminlash 

choralari  ko’rishni  mahalliy  millatlar  huquqlarini  himoya  qiluvchi  tadbirlar  belgilashni 

xalqning  ozodlik  birlik  hurriyat  tenglikka  bo’lgan  intilishini  qo’llab  quvvatlashni  o’z 

zimmasiga  olgani  murojaatda  alohida  ta’kidlandi

29

.  Muxtoriyat  hukumati  a’zolari 



mumkin  qadar  tinchlik  yo’li  bilan  ozodlikka  erishish  yo’lidan  bordilar.  Muxtoriyat 

millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash masalasini demokratik yo’l bilan hal etishga bel 

bog’lagan.  Xalq  va  uning  ilg’or  ziyolilari zakovati  va irodasi  zaminida  vujudga  kelgan 

edi.  Tabiiyki  zo’ravonlik  va  shovinizm  bilan  qurollangan  yangi  mustabid  bolsheviklar 

rejimi milliy mustaqillikka intilishning har qanday ko’rinishiga qarshi chiqdi.  Sinovdan 

o’tgan  usul  xalqni  aldash  shavqatsiz  qirish,  talash  bu  gal  ham  ishga  solindi  va  ezgu 

niyatlar  katta  maqsadlar  bilan  yuzaga  kelgan  xayotbaxsh  g’oyalar  kurtakligidayoq  ezib 

tashlandi.  Turkiston  muxtoriyatiga  qarshi  bolsheviklar  tomonidan  qilingan  harakat 

Turkistonliklarni  bolsheviklar  rejimiga  qarshi  o’z  ona  vatanlarini  himoya  qilish  uchun 

qurol olishga majbur etdi. Bu qurolli harakatning mohiyati milliy ozodlik an’analarining 

davomi  bo’lib  istiqlol  uchun  kurash  edi.  o’sha  davrda  ana  shu  umumxalq  kurashining 

mohiyati “Turkiston- Turkistonliklar uchun” “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun” 

va shu kabi siyosiy talablarda o’z ifodasini topdi

30



 

Muxtoriyat xalq hokimyati edi, u xalqdan tuzilgan hukumat edi. ularning ozodlikka 

bo’lgan  intilishi  albatta  mustabid  tuzum  maanfatlariga  umumanto’g’ri  kelmasdi. 

Turkiston tub aholisining o’z ijtimoiy ozodlik yo’lining o’zi belgilashi va mustaqil milliy 

davlatchiligini  o’rnatishga  urinishlari  qurol  kuchi  bilan  to’xtatildi.”Mliy  hududiy 

avtonomiya”  ning  Lenincha  modeli  zo’rlab  tiqishtirildi

31



Oxir 



oqibatda 

sivilizatsiyalashgan  demokratik  rivojlanish  imkoniyatlari  yo’qqa  chiqarildi.  Muxtoriyat 

hukumati bolshevistik tuzum tomonidan yo’q qilingan  bo’lsada Turkiston xalqi tarixida 

asosiy o’rinlardan birini egallab keldi.  

 

Xulosa  o’rnida  ta’kidlar  edimki  Turkiston  muxtoriyati  tub  yerli  xalqlar 



davlatchiligi tarixida yangi bosqich bo’lib afsuski, juda qisqa 72 kun umr ko’rdi. Ammo 

shu  qisqa  vaqtda  ham  demokratik  prinsiplarga  mos  keladigan  davlatning  poydevori 

yoritildi. Xalqni qo’llab quvvatlash, islohotlar yo’li bilan Turkiston iqtisodiy salohiyatini 

                                                           

28

 Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011-y 47 -sahifa 



29

 Shu manba 48-sahifa 

 

30

 O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida 2-kitob T:-Sharq 2000 y 68-sahifa 



31

 A’zamxo’jayev S “Turkiston muxtoriyati” T:-Manaviyat 2000 162-sahifa 

 



16 

 

yuksaltirish  milliy  qo’shin  tuzib  aholi  osoyishtaligini  ta’minlash  borasida  ijobiy  ishlar 



qilindi. Demokratiyani har qanday holati bilan hisoblshmaydigan bolsheviklar hukumati 

muxtoriyatni  yo’q  qildilar,  tub  xalqni  yana  qaramlik  botqog’iga  botirdilar.  Xalq  yana 

chor  tuzumidan  battarroq  bo’lgan  bolshevistik  rejim  girdobiga  tushib  qoldi.  To 

mustaqilligimizga  erishganimizga  qadar  Turkiston  tuprog’ida  mustabid  tuzumga 

harakatlar  bir  zum  bo’lsada  to’xtamadi.  Biz  azaliy  orzuimiz  mustaqil  va  obod,  ozod 

vatanda  teng  huquqli  inson  bo’lib  yashashga  nihoyat  erishdik.  Prezidentimiz 

ta’kidlaganlaridek  ”  Endigi  vazifa  orzu  umidlari  haqqi  avlodlarimizga  sizu  bizning 

farzandlarimizga  butun  dunyo  bilan  teppa-teng  bo’ylashadigan  buyuk  O’zbekistonni 

meros  qilib  qoldirmoqlikdir”

32

.    Bu  yo’lda  biz  yoshlar  ham  sobit  qadam  turmog’imiz 



lozim. 

 

 



                                                           

32

 Karimov I. A. “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmay “”O’zbekiston milliy istiqlol iqtisod, siyosat, mafkura”. T:-Sharq 1996 y 



214-218-sahifa 

 



17 

 

 



Xulosa 

 

Turkiston  muxtoriyatining  vujudga  kelish  jarayoni  uning  faoliyati  zavolga  yuz 



tutish  sabablarini  adabiyotlar  doirasida  o’rganib  shu  xulosaga  keldim.  Turkiston 

muxtoriyati millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash vazifasini hal etishga bel bog’lagan 

xalq  irodasi  va  ilg’or  ziyolilarning  ko’tarinki  hatti  harakatlari  zaminida  vujudga  keldi. 

Tabiiyki  zo’ravonlik  shovinizm  bilan  qurollangan  yangi  mustabid  bolsheviklar  milliy 

mustaqillikka intilishning har qanday ko’rinishiga qarshi bo’lgan xalqni ozodlik yo’liga 

boshlagan  unga  o’zligini  tarixini  tanitishga  uringan.  Muxtoriyat  hukumati  mustabid 

tuzum  tomonidan  yo’q  qilindi. Bu  harakatning boshida  turgan  ilg’or hur  fikrli  ziyolilar 

“xalq dushmani” degan soxta nomlar bilan badnom etildi. Muxtoriyat hukumati vujudga 

kelgandanoq  dastlabki  kunlarda  tub  xalqlar  maanfatini  himoya  etishni  o’ziga  muhim 

vazifa  sifatida  belgilab  oldi  va  bu  yo'lda  o’g’ishmay  Muxtoriyatni  amalga  oshirgan 

islohotlar  amaliy  tadbirlari  tahsinga  loyiqdir.  Xalqni  to’kmasdan  islohotlar  yo’li  bilan 

ozodlikka  olib  chiqish  g’oyasi  muxtoriyatchilar  maqsadini  asosini  tashkil  etganligi 

hukumatni  tashkil  etgan  ziyoyilarni  nafaqat  odil  siyosatchi  balki  insonparvarlik 

g’oyalarini  o’zida  mujassam  etgan  insonlar  ekanligidan  dalolat  beradi.  Bu  insonlar 

taqdirini kengroq o’rganish va o’zimizning xolisona baho berish imkoniyatimizga faqat 

mustaqiollik tufayli erishdek impiriyasining inqirozi zamonning uzilgan rishtalarini yana 

tiklashga imkon berdi. Bugungi kunda suverin o’zbekiston mustaqillik va milliy tiklanish 

yo’lidan shaxdam odimlamoqda. O’lkadagi muxtoriyatchilik harakati ishtirokchilarining 

vatanparvarlik  jasoratlari  O’zbekistonliklarning  hozirgi  avlodlari  uchun  ilhombaxsh 

misol  bo’lib  xizmat  qilmoqda.  Turkiston  muxtoriyati  amalga  oshirilmagan  maqsadlar 

bizning  kunlarda  aniq  tarixiy  mazmun  bilan  boyimoqda.  Tarixni  yanada  chuqurroq 

o’rganish  mustaqil  O’zbekistonning  har  bir  fuqarosining  burchi  bo’lishi  kerak  deb 

o’ylayman.  

 

 




18 

 

 



 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin