5
Mustaqilligimiz keltirgan buyuk ne’matlardan biri — turfa ma’naviy
qadriyatlarimiz, ko‘hna va boy tariximiz, madaniy merosimizga munosabatning
tubdan o‘zgarib, uzoq moziyda yashab abadiy barhayot asarlar yaratib ketgan
buyuk allomalarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda ulardan keng xalq
ommasini bahramand qilish, desak hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda
tarixan qisqa muddat ichida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar Respublika
hukumati, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov sobitqadamlik bilan olib
borayotgan dono va xalqchil siyosatning samarasidir. Respublikamizda diniy
ilmlarga katta e’tibor berilayotgani, Qur’oni Karimning hamda Janob
Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislarining o‘zbek tiliga tarjima
qilinib keng ko‘lamda o‘rganilayotgani, ularning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy
hayotimizga tobora singib borayotgani buning yorqin dalilidir.
Ma’lumki, Movarounnahr hamda xurosonlik ko‘plab olimlar jahon ilm-fani va
madaniyatining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shganlar. Bu xususda Prezidentimiz I. A.
Karimov: «Qadimiy Movarounnahr va Xuroson farzandlarinnng jahon ilmu ziyosi
tarixiga zarvaraqlar ila bitilgan asarlari oz emas» — deb alohida ta’kidlagan edilar.
Yurtimizning ko‘hna tarixida juda ko‘p mashhur shaxslar yashab, ijod qilib
o‘tganlar. Ularning orasida dunyoviy fanlar va ilohiyot bo‘yicha dunyoda tanilgan
olim va ulamolar alohida o‘rin tutadilar. CHunonchi, Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Al-G‘azzoliy, Zamahshariy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy,
Navoiy, Yassaviy, Ulug‘bek singari bobokalonlarimiz nafaqat Sharqda, balki butun
jahonda mashhur bo‘lgan kishilardir.
Mustaqilligimiz sharofati bilan yuz berayotgan voqealar, tub o‘zgarishlar,
demokratiyalash jaryoni bugungi kunda diniy va dunyoviy bilimlarni o‘rganishga
keng imkoniyat yaratib berdi-ki, bu mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: