Moliya vaziri M.NURMURATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-dekabr,
131-son
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
2003-yil 23-dekabrda, 131-son bilan
“TASDIQLANGAN”
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOM
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni
asosida ishlab
chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar
aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga
(banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar).
2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan
rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida
buxgalteriya hisobi yuritiladi.
3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni axborot tizimlari
xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mazkur Nizom va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina
qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim
etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida
qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo
haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: |