Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oldingi

 tahrirga qarang.

38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami bo‘yicha mazkur

Nizomning  1-sonli 

ilovasiga

  muvofiq,  raqamlangan  va  tikilgan  “Qat’iy  hisobdagi  blankalarni  hisobga  olish

jurnali”da  olib  boradi.  Jurnalning  so‘nggi  varag‘ida  korxona  rahbari  yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida

o‘rnatilgan  tartibda  belgilanadigan  shaxslar  imzosi  bilan  “Mazkur  jurnalda...  varaq  raqamlangan”  degan  yozuv

kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.



(38-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirining  2019-yil  4-martdagi  29-sonli 

buyrug‘i

(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-

son)

Keyingi

 tahrirga qarang.

“Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Jurnalda

o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.

39.  Korxona  rahbari  yoki  u  tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  belgilanadigan  shaxslar

tomonidan qat’iy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan mas’ul shaxslarga qat’iy

hisobdagi blankalarning saqlanishini ta’minlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.



Keyingi

 tahrirga qarang.

40. Qat’iy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va ikki xil

baholashdan  —  haqiqiy  tannarxi  (sotib  olish  narxi  yoki  ishlab  chiqarish  narxi)  yoki  bozor  narxi  (sof  sotish

qiymati)ning eng pasti bo‘yicha hisobga olinadi.



Keyingi

 tahrirga qarang.

41. Hisobdor shaxslar qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi bo‘yicha hisobot berib turadi va

ular tomonidan olingan har bir qat’iy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.

42. Hisobdor shaxslarga qat’iy hisobdagi blankalarni berish mas’ul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u

tomonidan  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan  tartibda  belgilanadigan  shaxslarning  topshirig‘i  asosida  amalga

oshiriladi.



Keyingi

 tahrirga qarang.

43. Hisobdor shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan

mazkur Nizomning 2-sonli 

ilovasidagi 

shakl bo‘yicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.

Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to‘ldiriladi va ulardan bittasi Qat’iy hisobdagi blankalarni

hisobga  olish  jurnalida  imzo  chekilgan  holda  hisobdor  shaxsga,  ikkinchisi  mas’ul  shaxs  tomonidan

buxgalteriyaga topshiriladi. Qat’iy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat

qilish varaqlari ochiladi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Olish-nazorat  qilish  varag‘ining  yuqoridagi  chap  burchagida  varaq  berilgan  sana,  korxona  rahbari  yoki  u

tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qo‘yiladi.

(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli 

buyrug‘i

(ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-

son)

Keyingi

 tahrirga qarang.

Hisobdor  shaxs  olish-nazorat  qilish  varag‘ini  qat’iy  hisobdagi  blankalarini  to‘g‘ri  ishlatilishining  nazoratini

amalga  oshiradigan  shaxsga  taqdim  etadi.  Avval  berilgan  qat’iy  hisobdagi  blankalarning  ishlatilganligini  va

blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib, nazorat

qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.

44. Qat’iy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan

1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining

 milliy


standarti 

(19-son  BHMS)  “Inventarizatsiyani  tashkil  etish  va  o‘tkazish”da  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi

(ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).

45.  Qat’iy  hisobdagi  blankalarning  yo‘qolishi  va  kamomadi  hisobi  Inventarizatsiya  jarayonida  aniqlangan

mol-mulk  kamomadi  va  ortiqchasining  buxgalteriya  hisobi  tartibi  to‘g‘risidagi 

nizomga


  (ro‘yxat  raqami  1334,

2004-yil  6-aprel)  (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami,  2004-yil,  14-son,  173-modda)  muvofiq

amalga oshiriladi.

46.  Qat’iy  hisobdagi  blankalarda  o‘chirishlar  va  tuzatishlar  aniqlangan  hollarda,  shuningdek  qat’iy

hisobdagi  blankalarni  to‘ldirish  va  ishlatilishi  bo‘yicha  belgilangan  tartibning  boshqa  buzilish  holatlari

aniqlanganda mas’ul shaxsga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.



Keyingi

 tahrirga qarang.

47.  Qat’iy  hisobdagi  blankalar  materiallarni  hisobga  oluvchi  schyotlardan  xarajatlarni  hisobga  oluvchi

schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qat’iy

hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.




Qat’iy  hisobdagi  blankalar  balansdan  tashqari  “Qat’iy  hisobotdagi  blankalar”  schyotidan  hisobdor

shaxslarning olingan va ishlatilgan qat’iy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib

boriladi.

Qat’iy  hisobdagi  blankalarning  balansdan  tashqari  hisobi  ularning  mavqeyi  (qadr-qimmati),  miqdori  va

nominal  bo‘yicha  ularning  umumiy  hisob  summasi  bo‘yicha  yuritiladi.  Qat’iy  hisobdagi  blankalarning  mavqeyi

mavjud bo‘lmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.

48.  Nuqsonli,  to‘ldirishda  buzilgan,  eskirgan,  shikastlangan,  shuningdek  almashtirilgan  qat’iy  hisobdagi

blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.

49.  Nuqsonli,  to‘ldirishda  buzilgan,  eskirgan,  shikastlangan,  shuningdek  almashtirilgan  qat’iy  hisobdagi

blankalarni  yo‘q  qilish  maxsus  tayinlangan  komissiya  tomonidan,  zarurat  tug‘ilgan  hollarda,  lekin  yilda  kamida

bir marotaba amalga oshiriladi va yo‘q qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Kassa  hisobotiga  (qaydnomaga,  reyestrga)  ilova  qilinadigan  buzilgan  yoki  noto‘g‘ri  to‘ldirilgan  blankalar

yo‘q  qilinmaydi,  balki  ustiga  bir  necha  bor  chizib  qo‘yiladi  va  ular  yozilgan  kunning  o‘zidagi  kassa  hisobotiga

(qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.

50.  Qat’iy  hisobdagi  blankalarni  belgilangan  muddat  mobaynida  saqlash  bo‘yicha  javobgarlik  korxona

rahbariga yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.



Keyingi

 tahrirga qarang.


Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin