Buyrug‘i buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi



Yüklə 102,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix13.05.2022
ölçüsü102,61 Kb.
#57773
1   2   3   4   5   6   7   8
1297-сон 14.01.2004. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-§. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi

30.  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  boshlang‘ich  hujjatlar  shakli

blankalari qat’iy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin.

Keyingi

 tahrirga qarang.

31. Qat’iy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

bilan belgilanadi.

Keyingi

 tahrirga qarang.

32.  Rasmiy  davlat  hujjatlarini  hisobga  olish,  saqlash,  hisobdan  chiqarish  va  yo‘q  qilish  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  25-iyuldagi  283-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Rasmiy  davlat

hujjatlarini  tayyorlashga  buyurtma  berish,  ularni  tayyorlash,  hisobga  olish,  saqlash  va  topshirish  tartibi

to‘g‘risidagi 

nizomga 


(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq

amalga oshiriladi.

33.  Qat’iy  hisobdagi  blankalar  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda

raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.



Keyingi

 tahrirga qarang.

34. Qat’iy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari

korxona  rahbarining  buyrug‘i  bilan  tayinlanadi,  shuningdek  Mehnat  kodeksining  203-moddasida  belgilangan

hollarda va tartibda yakka tartibdagi to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi yozma shartnoma tuziladi.

Agar  mas’ul  shaxs  vaqtincha  yo‘q  bo‘lsa  yoki  boshqa  ishga  o‘tib  ketayotgan  bo‘lsa,  qat’iy  hisobdagi

blankalar  mas’ul  shaxs  va  ushbu  vazifani  bajarish  yuklatilayotgan  shaxs  tomonidan  imzolangan  qabul  qilish-

topshirish dalolatnomasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

35.  Qat’iy  hisobdagi  blankalarni  mahsulot  yetkazib  beruvchidan  qabul  qilish  korxonaning  mas’ul  shaxsi

tomonidan amalga oshiriladi.

Qat’iy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi mas’ul shaxs tomonidan shartli ravishda o‘rami

buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan o‘ramlar miqdorining yo‘llanma kuzatuv hujjatlarda

ko‘rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

36.  Matbaa  korxonasidan  xarid  qilingan  (buyurtma  qilingan)  qat’iy  hisobdagi  blankalarda  kamomad  yoki

nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud

boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri shaklli, seriya va

tartib  raqamlari  yo‘q  bo‘lgan  yoki  paketlardagi  matbaa  korxonasining  yopishtirilgan  nakleykalariga  boshqacha

tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning

birinchi  nusxasi  yo‘llanma  xat  bilan  matbaa  korxonasi  nakleykasi  va  nuqsonli  blankalar  bilan  birga  matbaa

korxonasiga  jo‘natiladi,  ikkinchi  va  uchinchi  nusxalar  nakleyka  kseronusxasi  bilan  birga  korxonada  qoladi.

E’tirozlar qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bildirilishi lozim.




Keyingi

 tahrirga qarang.

37.  Qat’iy  hisobdagi  blankalar  seyflarda  yoxud  yonmaydigan  javonlarda  yoki  korxonaning  maxsus

jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qat’iy hisobdagi blankalarni ko‘p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda

ularning  buzilish  yoki  o‘g‘irlanish  holatini  istisno  etuvchi  maxsus  jihozlangan  omborxonalarda  saqlashga  yo‘l

qo‘yiladi.

Korxonada  mavjud  bo‘lgan  qat’iy  hisobdagi  blankalarning  ish  paytidan  tashqari  vaqtda  saqlanishini

ta’minlash  maqsadida  seyflar,  yonmaydigan  javonlar  va  qat’iy  hisobdagi  blankalarni  saqlash  uchun  maxsus

jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.




Yüklə 102,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin