1
10-LABORATORIYA ISHI
QIDIRUV QAZILMALARI USTUNLARI BO‘YICHA GEOLOGIK
KESIMLARNI TUZISH
1. Laboratoriya ishining maqsadi
Qidiruv qazilmalari ustunlari bo’yicha loyihalanayotgan temir yo’l o’qi
uchun bo’ylama geologik kesim tuzish.
2. Laboratoriya ishida foydalanish uchun materiallar va uskunalar
- loyihalanayotgan temir yo’l yoki kanal trassasi bo’ylab joylashtirish
planiga ega oddiylashtirilgan (parmalangan quduqlarni va shurflarni) qidiruv
qazilmalari ustunlari tushirilgan tush bilan bajarilgan plakat;
- laboratoriya ishlarini bajarish uchun daftar.
3. Umumiy ma`lumotlar
Muhandis-geologik kesimlar xaritalarning asosiy to’ldiruvchilaridir. Ular
chuqurlikdagi maydonning muhandis-geologik sharoitlarini aniqlash imkonini
beradi. Ular parmalangan quduqlardan va shurflardan olingan ma'lumotlar
bo’yicha quriladi.
Izlanish maqsadiga bog’liq holda tarh tuzishda loyihalanayotgan
inshootlar, ko’prik kechuvlari, yo’l trassalarning o’qlari yo’llanma sifatida
xizmat qilishi mumkin.
Kesim tuzish uchun zaruriyatlar:
- topografik asos kesim yo’nalishi bo’ylab topografik bo’ylama profil yoki
gorizontallariga qidiruv qazilmalari tushirilgan topografik xarita;
- qidiruv qazilmalari yoki shurflar – parmalangan quduqlarning grafik
ustunlari bo’yicha geologik tuzilishi ta'riflangan jurnallar;
- gruntlarning laboratoriya tekshiruvlari natijalari.
Kesimlarning masshtablari ko’p hollarda xaritaning masshtabiga mos
kelishi kerak. Ko’proq yaqqollikka ega bo’lish zarurati tug’ilganda xarita
masshtabiga nisbatdan kesim masshtabini yoki kesimning gorizontal
masshtabiga nisbatdan vertikal masshtabni orttirish mumkin. Jinslarning
gorizontal va vertikal joylashishi geologik kesimdagi masshtab farqiga ta'sir
qilmaydi. Qatlamlar og’ishida masshtab o’zgarishini hisobga olish kerak.