Kesimlarni tuzish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.05.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#58136
1   2   3
10(1)

4. Ish bajarish tartibi 

 


 

Talabalardan,  qidiruv  qazilmalari  ustunlari  bo’yicha  loyihalanayotgan 



temir yo’l trassasi o’qi bo’ylab geologik kesimni tuzish talab etiladi. 

Buning  uchun  qidiruv  qazilmalari  ustunlari  (parmalangan  quduqlar  va 

shurflar) va ularni temir yo’l trassasida joylashish rejasi daftarga ko’chiriladi 

va  kesimda  joylashgan  tub  jinslarining  joylashish  xarakterini  hisobga  olish 

asosida paydo bo’lgan tektonik tuzilish taxlil qilinadi. 

Kesimni tuzish quyidagi tartibda topografik profil chizishdan boshlanadi: 

1) varaqning chap tomonidan vertikal masshtab chiziq o’tkaziladi, vertikal 

masshtab  aniqlanadi  (1:200;1:500).  Masshtab  chizig’i  yuqori  sathi 

topoasosning  maksimal  sathiga  moslashgan,  topoasosning  maksimal  sathi 

sifatida  quduq  ustining  mutloq  sathi  qabul  qilinishi  mumkin.  Pastki  sath 

topoasosning  minimal  sathiga    to’g’ri  kelishi  kerak,  eng  chuqur  qazilmani 

chuqurligini ayirgan holda

2)  topshiriqqa  mos  ravishda  (1:1000;  1:5000)  gorizontal  masshtabda 

quduqlar  orasidagi  masofalar  o’tkazilgan  shartli  bazis  (no’linchi)  chizig’i 

chiziladi; 

3) bazis chizig’iga tushirilgan nuqtalardan (profilni vertikal masshtabidan 

foydalanib) balandligi bo’yicha berilgan nuqtadan no’linchi chiziq sathigacha 

bo’lgan  masofaga  teng  perpendikulyarlar  tiklanadi.  Perpendikulyarlar 

uchlarini ravon chiziq yordamida tutashtirib, topografik profil chizig’i olinadi; 

4)  tuzilgan  topografik  profilga  quduq  va  shurflarning  o’q  chiziqlari 

tushiriladi va ularning raqamlari ko’rsatiladi. Quduqlarni bitta yo’g’on chiziq 

ko’rinishda,  shurflarni  eni  2  mm  ga  teng  ikki  qator  chiziq  ko’rinishda 

ko’rsatiladi. 

5)  qazilmalarning  o’tkazilgan  o’q  chiziqlarida  tanlangan  vertikal 

masshtabda  kichik  gorizontal  shtrixlar  bilan    tepadan  pastga  qarab  o’tilgan 

qatlamlar qalinligi belgilanadi.  

Qazilmalar  orasidagi  qatlamlar  chegarasi  to’g’ri  yaxlit  chiziq  bilan 

tutashtiriladi.  Agar,  qaysidir  quduqda  jins  qatlami  ochilgan  bo’lib  qo’shni 

quduqda yo’q bo’lsa, bunda quduqlar masofalari o’rtasida qatlam quyuqlanadi, 

qatlamlar aro chegaralar punktir chiziq bilan belgilanadi

6)  kesim  asosida  joylashgan  tub  jinslari  qatlamlari  og’ish  burchagini 

aniqlash  uchun  vertikal  masshtabga  nisbatdan  gorizontal  masshtabning 

o’zgarish darajasi belgilanadi; 

7)  kesimga  punktir  chiziq  yordamida  yer  osti  suvlari  sathi  tushiriladi. 

Barcha  qatlamlar  litologik  chegaralari  bog’langandan  so’ng  qazilmalar 

orasidagi uchastkalar shartli belgilarga muvofik shtrixlanadi;   

8)  geologik  kesimni  batamom  shaklga  keltirish  uchun  kesim  tepasidan 

kesimning  nomi  yoziladi,  vertikal  va  gorizontal  masshtablar  ko’rsatiladi, 

kesim tagida bajaruvchining familiyasi va kesim tuzilgan sana ko’rsatiladi. 



 

10.1



-rasmda qidiruv qazilmalari ustunlari bo’yicha geologik kesim tuzish 

misoli keltirilgan. 

10.2

-rasmda  masshtab buzilgan holda qatlamlarning og’ish 



burchagini aniqlash misoli keltirilgan.

 

 



 

 

10.1



-rasm. Loyihalanayotgan temir yo’l o’qi bo’ylab geologik kesim tuzish 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin