Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
nur ekanini payqadi. Yog’du qo’lidagi hassaga tushdi. Oldini bemalol ko’rib turar, hassasini
qaysi tomonga o’girsa, o’sha tomon yorishib ketar edi. (Saodat asri qissalari - 2, 35-bet)
4. Madinalik ilk musulmonlar necha kishidan iborat edi?
a) 6
b) 8
c) 10
To’g’ri Javob: 6
Izoh: Makkalik ilk musulmonlar 8 kishi bo’lgan bo’lsa, Madinalik ilk musulmonlar 6 kishi
edilar. Ular: Asa’d ibn Zurora, Rofi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir , Uqba ibn Omir,
Jobir ibn Abdulloh. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)
5. Ilk Aqoba uchrashuvida madinalik 6 kishini islomni qabul qilishlariga nima turtki
bo’ldi?
a) Ular Rasululloh haqida so’rab-surishtirib imonga keldilar
b) Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar. Ulardan avval iymon
keltiraylik, deyishgan edi.
c) Boshliqlari As’adning ta’siri ostida imonga keldilar
To’g’ri Javob: Yahudiy qo’shnilaridan payg’ambar kelishi haqida ko’p eshitar edilar
Izoh: Madinada istiqomat qiladigan arab qabilalari va yahudiy qabilalari o’rtasida azaldan
kelishmovchilik bor edi. Qachon o’rtalarida bir bahs-munozara chiqsa, yahudiylar: “Yaqinda bir
payg’ambar keladi, biz unga ergashib quvvatlanamiz. O’shanda sizlardan boplab o’ch olamiz!”
deyishardi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)
Dostları ilə paylaş: |