6. Birinchi Aqoba bay’atida necha kishi qatnashdi?
a) 12
b) 6
c) 10
To’g’ri Javob: 12
Izoh: Ikkinchi Aqoba muloqotida Rasululloh (s.a.v.) bilan 12 kishi uchrashdi. Bu uchrashuvda
qo’llarini berib bay’at (qasamyod) ham qildilar. Shu sababdan, Ikkinchi Aqoba muloqotiga
“Birinchi Aqoba Bay’ati” deyiladi. (Payg’ambarimiz va Asharai mubashshara)
7. Janobimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam yasribliklarga Qur’oni karimni
o’rgatishdek hayrli vazifani qaysi sahobiyga topshirganlar?
a) Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)
b) Zayd ibn Xorisa (r.a)
c) Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
To’g’ri Javob: Mus’ab ibn Umayr (r.a.)
Izoh: Aqoba baya’tidan kyin, ko’ngillari poklangan yasriblik musulmonlar vatanlariga qaytar
ekan:
- Yo, Rasululloh, biz bilan birga biro dam jo’nating, qavmimizga Qur’onni o’rgatsin, - dedilar.
Fahri Koinot (sallalohu alayhi vassallam) janoblarining muborak chehralarida mamnunlik izlari
ko’rindi. Mus’ab ibn Umayr ushbu vazifaga eng munosib inson edi. Chaqirtirildi, Yasribda
Qur’on o’rgatish vazifasiga loyiq topilgani bildirildi. Mus’ab bu vazifani g’oyat mamnunlik
bilan qarshiladi. (Saodat asri qissalari, 2-kitob, 119 bet)
Dostları ilə paylaş: |