To’g’ri Javob: Baro ibn Ma’rur
Izoh: Rasululloh ollallohu alayhi vasallam ularga Qur’on tilovat qildilar, Allohga da’vat,
Islomga targ‘ib qildilar va:
«Ayollaringiz va bolalaringizni nimadan himoya qiladigan bo‘lsangiz meni ham o‘shanda
himoya qilishingiz sharti ila sizlarning bay’atingizni qabul qilaman», dedilar.
Baro ibn Ma’rur Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarini olib birinchi bo‘lib bay’at
qildi. Keyin hamma birma-bir bay’at qilib chiqdi. (Hadis va Hayot: “Olamlarga rahmat
Payg’ambar”)
10. Qaysi javobda madinalik ilk musulmonlar ro’yxati to’liq keltirilgan?
a) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn
Abdulloh
b) As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Muoz ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Zakvon ibn Qays, Uboda
ibn Somit
c) Abul Haysam ibn Tayyixon, As’ad ibn Zurora, Usayd ibn Xuzayr, Baro ibn Ma’rur, Rofi’ ibn
Molik, Sa’d ibn Abi Haysama
To’g’ri Javob: As’ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Rofi’ ibn Molik, Qutba ibn Omir, Uqba ibn
Omir, Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Islom tarixida eng ulug‘ o‘rin tutgan, birinchi navbatda iymon keltirguvchi madinalik
sahobalar quyida nomlari yozilmish zotlar edi:
1. As’ad ibn Zurora
2. Avf ibn Horis
3. Rofi’ ibn Molik
4. Qutba ibn Omir
5. Uqba ibn Omir
6. Jobir ibn Abdulloh (“Tarixi Muhammadiy”)
Dostları ilə paylaş: |