To’g’ri Javob: Tahorat chog’i duoda bo’lish, liboslarga suv sachramasligi uchun balandda
turish, qiblaga qarab o’tirmoq
Izoh: Tahoratdagi sunnat amallar:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq
tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.
Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish;
qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish; tahorat chog’i
tobe’ va sertavoze’ turish. (“Ibodati Islomiya”)
Dostları ilə paylaş: |