13. Tahoratsiz kishiga harom bo’lmagan amallarni belgilang.
a) Nafl namoz o‘qishi, sajda tilovatini bajarish.
b) Baytullohni tavof qilish, Qur’on g’ilofini ushlash.
c) Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
To’g’ri Javob: Tobutni ko’tarish, masjidga kirish.
Izoh: Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar:
1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir.
2. Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir.
3. Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz ma’nosi bor.
4. Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl bo‘lishining
farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh qilingandir. Agar bir
kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, tavofi durust bo‘ladi. Chunki
tavof uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmaydi, balki u vojibdir.
www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Dostları ilə paylaş: |