15. Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish
mumkinmi?
a) Joiz
b) Joiz emas.
c) Rangi o’zgarmagan bo’lsa joiz.
To’g’ri Javob: Joiz emas.
Izoh: Mazhabimiz mujtahidlaridan Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv
najasdir, chunki u bilan badandagi nopoklik tozalangan. Nopoklikni ketkazish uchun ishlatilgan
suv nopok bo‘lib qoladi. Ishlatilgan suv kiyimning to‘rtdan biridan ko‘p qismiga tegsa, u bilan
namoz o‘qib bo‘lmaydi", deydilar. Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv kiyimning
kaft kengligidan (ochiq kaftda suv turadigan joydan) ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qish
mumkin emas", deganlar. Imom Muhammad rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv toza, ammo
tozalamaydi, ya’ni uni qayta tahoratga ishlatib bo‘lmaydi. Zero, kishi a’zolari tozadir, biroq
tahorat olmay namoz o‘qish, qo‘lni yuvmay taom yeyish mumkin emas. Ularga qo‘yilgan bu
taqiqtahorat olganda yo qo‘lni yuvganda suvga o‘tadi va suvning sifati yuvilmagan a’zo sifati
kabi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emasdir", deydilar.
Muhaqqiq ulamolar Imom Muhammad rahmatullohi alayhso‘zlarini ixtiyor qilishgan va unga
fatvo berishgan. Demak, ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emas. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash
kerakki, ishlatilgan suv kiyimga tegsa, uni harom qilmaydi. Uni toza deyishdan murod shu.
Biroq ishlatilgan suvni ichish yo taomga ishlatish mumkin emas. ("Raddul Muxtor")
Dostları ilə paylaş: |