Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
5. Tahoratsiz kishining Qur’on kitobining hammasini yoki ba’zisini, agar bir oyat bo‘lsa ham,
ushlashi durust emas. Ammo Qur’on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, ushlash
mumkin bo‘ladi. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari”)
14. Qanday suvlarda tahorat olish mumkin emas?
a) daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan
suvda
b) To’xtab turishi bilan biroz o’zgargan hovuz suvida, yomg’ir suvida
c) Baliq va hasharotlar o’lib qolgan suvda, dengiz suvida.
To’g’ri Javob: daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda, tahorat ustiga tahorat olish
uchun) ishlatilgan suvda
Izoh: Yer va osmondan chiqadigan suvlarning hamma turi bilan tahorat olsa bo‘ladi. Agar
hovuzdagi suv to‘xtab turishi bilan biroz o‘zgargan bo‘lsa yoki unga toza narsalar, masalan, tol
bargi, cho‘p aralashuvi bilan o‘zgarsa ham, u bilan tahorat olinaveradi. Shuningdek, suvda
tug‘ilib-o‘lgan yoki oquvchi qoni yo‘q hayvon yoki hasharotlar (baliq, pashsha, chivin va
boshqalar)ning jasadi suvni iflos qilmaydi.
Ammo pok narsa suvga tushib, suvni suvlik tabiatidan chiqarib yuborsa yoki toza narsani
aralashtirib qaynatish bilan uni boshqa narsaga aylantirsa (masalan, go‘sht suvga solib
qaynatilsa), unday suv bilan tahorat olib bo‘lmaydi.
Quyidagi suvlar bilan tahorat olish mumkin emas:
- najasot tushgan idishdagi va hajmi 10x10 metrdan oz bo‘lgan hovuzdagi suvda;
- daraxt, meva, ko‘katlardan siqib olingan suvda;
- qurbat hosil qilish uchun (savob umidida tahorat ustiga tahorat olish uchun) ishlatilgan suvda;
- ifloslikni ketkazish uchun ishlatilgan suvda. ("Muxtasari viqoya")
Dostları ilə paylaş: |