Hayot faoliyati havfsizligi


II. 1.Ibn Sino – Sharq tabobati asoschisi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 4-rasm
 II. 1.Ibn Sino – Sharq tabobati asoschisi  
Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā 
al-Balkhī; forscha: ان ي س رو پ/ان ي س ىل عو با; arabcha: سح لا يل ع و بأالله دب ع ن ب ن ی 
ان ي س ن ب).

4-rasm: Ibn Sino 
O’rta Osiyo Turkiy tilli olimi, faylasufi. 980-yilning 18-iyunida Buxoroda 
tug’ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan.[22] 
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh 
ibn Mansur (967-997) davrida Buxoro tomoniga ko’chib, Hurmaysan qishlog’iga 
moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog’ida Sitora ismli qizga uylanib 
ikki o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi 
Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, ular oilasi poytaxt - Buxoroga ko’chib 
keladi va uni o’qishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qur’on 
darslarini to’la o’zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham 
shug’ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm 
sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdullox Notiliy edi. U el orasida hakim va 
faylasuf sifatida mashhur bo’lgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. 


30 
Notiliyning qo’lida olim mantiq, handasa va falakiyotni o’rgandi va ba’zi falsafiy 
masalalarda ustozidan ham o’zib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini ko’rgan ustozi 
otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan 
so’ng ota o’g’ilga ilm o’rganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha 
sharoitlarni yaratib berdi. Ibn Sino tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini 
o’zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o’qidi, 
xususan, tabobatni sevib o’rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.[29] 
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir 
tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo’ldi. Ibn Sino 
undan tabobat darsini olib, bu ilmning ko’p sirlarini o’rgangan. Qumriy bu davrda 
ancha keksayib qolgan bo’lib, 999- yilda vafot etdi. 
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi.
O’sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo’lib, saroy tabiblari uni 
davolashdan ojiz edilar. Dovrug’i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni 
davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog’ayib, 
oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo’ladi. Somoniylarning kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va Yaqin 
Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil 
davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg’ul bo’lib, o’z 
davrining eng o’qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu 
paytdan boshlab o’rta asr falsafasini mustaqil o’rganishga kirishdi. U yunon 
mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. 
Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. 
Tasodifan yosh olimning qo’liga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning 
maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni o’qib chiqibgina Ibn Sino 
metafizikani o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy 
bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan 
boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" 
tibbiy she’riy asari, o’z qo’shnisi va do’sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga 
binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") 


31 
asarini taqdim etdi. Undan tashqari, boshqa bir do’sti faqih Abu Bakr al-barqiy 
(yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko’ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va 
natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat 
kitobi")ni yozdi.[21] 
Qoraxoniylar 999 -yil Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan 
keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. 1002- yil 
uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005- yilgacha 
davom etib, oxiri qoraxoniylarning butkul g’alabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda 
Buxoroda ortiq qolib bo’lmas edi. Shu bois Ibn Sino o’z yurtini tark etib Xorazmga 
bosh olib ketdi. XI asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha 
tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi. 
Xorazmshohlar Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009-1017) 
ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit 
yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) 
da zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va astronom 
Abu Nasr ibn Iroq,(1034), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saxl Masihiy 1010-y), 
Abul-Xayr Hammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular 
jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qo’shildi. 
Xorazmda Ibn Sino asosan, matematika va astronomiya bilan shug’ullandi. Bu 
sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn 
Iroq va Beruniy bilan bo’lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sino 
ning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o’zining shogirdi Baxmanyor 
bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy 
tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-
Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo’lganidan, Ibn Sino u bilan do’stlashadi va unga 
atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq
Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa cho’zilmaydi. Sharqda qudrati ortib 
borayotgan G’azna hukmdori sulton Mahmud G’aznaviy bu o’lkaga ko’z tikadi. U, 
avval, Ma’munga saroydagi bir guruh olimlarini G’aznaga jo’natib yuborishni 
so’rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Hammor G’aznaga ketadilar. 


32 
Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010-1011 yillarda 
yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari 
boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo’ladi. 
Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga Masihiyning vataniga yo’l oldilar. Lekin yo’ldagi 
qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo’lib, vafot etadi. Natijada, Ibn 
Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, so’ng Obivard, Tus, Shiqqon va 
Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy 
dengizining janubiy-sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino 
Jurjonda 1012-1014 yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi 
muhim voqealardan biri —Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga 
do’stlashuv sodir bo’ladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq do’st ham edi. 
U Ibn Sino bilan olimning so’nggi damigacha, 25 yil. davomida birga bo’ladi. Ibn 
Sino tarjimai holining yozilib qolishi, ko’pgina asarlarining ta’rifi va tartibga 
tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati 
katta.[30] 
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shug’ullandi, ham tabib 
sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko’ra, mantiq, falsafa 
va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning 
dastlabki qismlarini yaratdi. 1014- yil olim Jurjonni tark etib, Rayga ko’chdi. Ibn 
Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan bo’lmish Majduddavla Abu 
Tolib Rustam (997-1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. 
Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu 
sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’ldi. 
Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud G’aznaviyning 
Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan
kuchlirok, bo’lgan Hamadonga, Majduddavlaning akasi Shamsuddavla (997-1021) 
huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni 
saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ng vazirlik 
mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarini 
ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini 


33 
tugatib, o’zining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ush-shifo" ni ham shu yerda 
yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib 
bitiradi. 
Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy 
sabablarga ko’ra, shu yili Isfahonga jo’nab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu 
yerda o’tkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg’ul bo’lib, bir 
qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi 
fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ush-shifo" ning qismlari, fors tilidagi 
"Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.[30] 
Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi, jismoniy juda baquvvat bo’lsada, 
biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash 
va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy 
ta’sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga 
yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. 
Yo’lda dardi qo’zg’ab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu 
darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 
1952-yilda maqbara ishlangan (me’mori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga ba-
g’ishlangan muzeyxonalarini ham o’z ichiga oladi.[20] 
Zamondoshlari Ibn Sinoni "Shayx-ul rais" ("donishmandlar sardori, allomalar 
boshlig’i"); "Sharaf al-mulk" ("o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi"), "hujjat 
alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb 
ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u 
o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid 
asarlar yozgan. Olim asarlarini o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharqning ilmiy tili
bo’lgan arab tilida, ba’zilari (she’riy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. 
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha 
ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga 
oid bo’lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika
musiqa, kimyo, ahloq, adabiyot va tilshunoslikka bag’ishlangan. Lekin bu 
asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o’rganilgan emas. Ibn Sino 


34 
ning ko’proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko’pgina tillariga tarjima 
etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir 
vaqtda, boshqa ko’p asarlari hali qo’lyozma holida o’z tadqiqotchilarini 
kutyapti.[21] 
Ibn Sino ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, 
adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz 
qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning 
qiziqish va e’tibori ko’proq falsafa va tibga qaratilganini ko’ramiz. Garchi, uni 
"Avitsenna" sifatida G’arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib 
qonunlari" bo’lsada, "Shayx-ul rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga 
ishoradir."Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir qoida beradiki, 
bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". U mantiqiy 
usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur o’rgandi, 
mantiq fanini Forobiydan so’ng bilishning to’g’ri metodi sifatida rivojlantirdi.[24] 
Ibn Sino o’z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan 
olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ush-shifo" ning tabiiy fanlarga oid 
qismida bayon qilingan. Olimning ba’zi geologik jarayonlarga oid mulohazalari 
hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida tog’ paydo 
bo’lishi va zilzilalar bilan bog’liq. Tog’ paydo bo’lishining o’zi esa 2 yo’l bilan 
bo’ladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig’ining ko’tarilishi; 2) suv orqali 
va havoning asta-sekin ta’siri natijasida chuqur jarliklar paydo bo’lib, natijada 
ularning yonida balandlik hosil bo’lib qolishi. Zilzilaning paydo bo’lishiga ham bir 
necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug’ bo’ladi. Mana shu 
bug’ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer
chetining o’pirilishi, ba’zida tog’ cho’qqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga 
sabab bo’ladi. Olim fikricha, yer yuzasining ma’lum qismi bir mahallar dengiz tubi 
bo’lgan, zamon o’tishi bilan geologik jarayon oqibatida suv havzalari o’rni 
o’zgargan. Bir vaqtlar dengiz bo’lib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz 
hayvonlarining toshqotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, 
Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. 


35 
Ibn Sino mineralogiya (ma’danshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar 
qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga ko’ra, barcha ma’danlar 
4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar 
va tuzlarga bo’linadi. Bu tasnif to XIX asrgacha deyarli o’zgarishsiz saqlanib keldi. 
Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning "al-Af’ol va-linfiolot" 
("Ta’sir va ta’sirlanish") asarida ham uchraydi. 
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug’ullangan va unga 
oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan bo’lgani uchun ularda 
Ibn Sinoning kimyoga bo’lgan munosabatining evolyutsion o’zgarib borishi yaqqol
aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari o’sha davrdagi alkimyo uchun 
nihoyatda ilg’or edi. Ibn Sino 21 yoshida, ya’ni ilmiy faoliyatining bo’sag’asida 
metallar transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy 
yo’l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va muqaddim kimyogarlarning 
kitoblari ta’siri ostida "Risola as-san’a ilal-baraqiy" ("Baraqiyga atab san’at 
(alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib
ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda 
ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yo’l 
bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda 
yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo"da esa kimyogarlarning transmutatsiya 
sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. 
Uning fikricha, o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan har bir metall o’zicha alohida bir 
modda bo’lib, kimyogarlar o’ylagandek bir yagona metallning turi emas. U 
oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab bo’lmasligini 
ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o’rta asr kimyosining ilmiy 
kimyoga o’sib o’tishida muhim rol o’ynadi. 
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda ko’p shug’ullandi, chunki 
tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o’simliklardan olinadi. U 
"Kitob ush-shifo" ning "annabot" ("O’simliklar") qismida o’simliklarning turlari, 
paydo bo’lishi, oziqlanishi, o’simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko’payish 


36 
hamda o’sish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham 
ish olib boradi. 
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining 
oxirigacha saqlangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ush-shifo" va 
"Donishnoma"ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-
g’ishlagan. Ptolemeyning "Almagest"ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy 
astronomiya bo’yicha qo’llanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik 
uzunligini o’z davri uchun butunlay yangi bo’lgan usul — Oyning eng baland 
nuqtasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning
to’g’riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog’laydi. Bu usul 
Yevropada 500 yil dan keyin (1514- yil.) astronom Verner tomonidan yangidan 
kashf qilindi.[20] 
Matematika sohasida Ibn Sino Evklidning "Negizlar" kitobini qayta ishlab, 
unga sharh va to’ldirishlar kiritdi, geometrik o’lchamlarga arifmetik terminologiya 
qo’lladi, "son" tushunchasi doirasini "natural son" dan ancha kengaytirdi. 
She’riyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o’zining ayrim tibbiy 
asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli she’rda yozgan. Bundan tashqari, uning bir 
nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-tojik adabiyotiga chuqur 
ta’sir ko’rsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha g’azal va qit’alari, 40 dan 
ortiq ruboiylari mavjud. Uning she’riy merosi qisman rus va o’zbek tillarida nashr 
etilgan. 
Ibn Sino musiqa bobida Forobiy ilmiy yo’nalishini davom ettirgan yirik 
nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javome’ ilm ul-musiqiy" ("Musiqa ilmiga oid
to’plam") asari "Kitob ush-shifo" ning bir qismi bo’lib, har biri bir necha bobli 6 
bo’limdan iborat. "annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik bo’limlar 
mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqalarda musiqaning ayrim 
masalalari haqida fikr yuritgan. O’z davri musiqasining barcha muammolarini 
bayon etgan: nag’ma. bod (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa 
asboblari va hakozo. Yevropada keyinchalik "sof tizma (tovushqator)" atalgan 
musiqaviy tuzilmani birinchi bo’lib asoslagan. Ibn Sino musiqiy go’zallik haqida 


37 
mukammal ta’limotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan 
turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari 
singari aruz badiiy tizim bilan bog’liq holda qaraydi. Tabib sifatida u musikani 
muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi 
natijasida musiqa paydo bo’lganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa 
nazariyalariga mos keladi. O’zining barkamol shaxsni tarbiyalash g’oyasida 
musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari 
uning nomini bir necha yillarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog’ladi. [26] 
Ibn Sino o’tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashhis usullari hozir ham o’z 
ahamiyatini yo’qotmagan. Perkussiya (a’zoga urish orqali diagnoz qo’yish)ni, 
xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish 
orqali) qo’llagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger 
(1722-1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so’ng amaliyotga 
kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o’rganib, ulardan 
tashxisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida 
va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab 
olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u 
siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashhis qiladi. 
Diabet kasalligida siydikda qand modsasi bo’lishini 1775-yilda ingliz olimi 
Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo’lib Ibn Sino vabo bilan o’latni 
farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan 
holda saqlash kerakligini ta’kidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, 
plevrit moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari 
va kechish jarayonini to’g’ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko’rinishlari, 
uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda to’g’ri 
aniqlagan. 1804-yilda yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning so’lagi 
yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga 
ham olim ko’p yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof -
muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mashqlarning ta’siriga hamda bemor 
kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.[22] 


38 
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan 
davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo’llash (qon olish, banka qo’yish, zuluk solish, 
huqna va hakozo.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda 
ovqatlanish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisobladi va har bir kasallik 
uchun o’z ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida ko’proq 
mayiz, anjir, anor suvi iste’mol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni 
hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimiy ko’rinishidir.[33] 
Ibn Sinoning jarrohlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U 
o’z tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qo’llanib kelayotgan ayrim usullarni 
bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir 
shishlarini tikish, tampon, o’tkir modda yoki tikish bilan qon to’xtatish, tomoqni 
kesib, nay qo’yish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining 
chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha "Avitsenna usuli" deb 
ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino o’zi ixtiro qilgan yog’och moslama 
yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asrda fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan. 
Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qo’llangan, lekin u ham 
keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yilda amaliyotga yangi 
ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi ko’z jarrohligida qo’llanayotgan usullarning 
qariyb barchasi Ibn Sinoga ma’lum bo’lgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, 
qovuq toshlarini olish, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va 
boshqalar Ibn Sino qo’llagan muolaja usullaridandir. 
Jarrohlikda anesteziya (og’riqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta 
e’tibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi narkotik 
ta’sirga ega bo’lgan dorilardan foydalangan. [31]
Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy 
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir 
kasallikni chaqirish yo’li bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u 
tutqanoqni davolashda to’rt kunlik isitma bilan og’rishni foydali deb biladi. 
Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857-1940) shunday usulni qo’llab, zaxm 


39 
kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel 
mukofotiga sazovor bo’lgan.[25] 
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik 
olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo’lgan yangi 
farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), 
rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o’rnida ko’p 
dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir. 
Uning dorivor o’simliklarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi 
dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir qatorda Ibn Sino 
birinchilardan bo’lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. 
Kasallikning turiga qarab avval sodda, so’ng murakkab tarkibli dori bilan 
davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat 
berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, go’sht va hokozo.) 
boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho’l, quruq), yoshi, 
iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda 
puxta o’ylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois o’rta asr 
Yevropa farmatsiyasidan ancha o’zib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka 
yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeyalardan 
mustahkam o’rin olgan.[17] 
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig’i bizgacha yetib 
kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda 
tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan turli hajmdagi "Urjuza 
fi-ttibb" ("Tibbiy urjuza"), "Al-Adviyat al-qalbiya" ("Yurak dorilari"), "Daf’ 
almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha 
zararlarni yo’qotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-n-
nabz" ("Tomir urishi haqida makrla"), "Risola fil-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida 
risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), 
"Risola fi- xifz as-sihha" ("Sog’liqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-
sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-l-fasd" ("Qon olish haqida 
risola"), "Risola fi-l-hindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.[8] 


40 
Ibn Sino o’z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e’tibor bilan 
karadi va bu soqada "Aqsom al-ulum alaqliya" ("Aqliy ilmlar tasnifi") nomli asar 
yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy 
va amaliy qis-mlarga bo’ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar 
yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo’linadi: 1) quyi 
darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tibbiyot, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) 
o’rta darajadagi ilm — matematika (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 
3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch qism 
(ahloq, iqtisod va siyosat) ga bo’linib, birinchisida bitta shaxs, uning fe’l-atvori 
qanday bo’lishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xo’jalik ishlarida bir-biri 
bilan munosabatlari qanday bo’lishi va uchinchisida shahar yoki o’lka miqyosida 
kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo’lishi, davlatni idora qilish haqida 
ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi. Asarda 29 ilm 
tarmog’i tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy ahloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu
mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida 
yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida 
qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshkarilishi lozimligini aytadi. 
Jamiyat a’zolarining hammasi bu konunga itoat etishlari, qonunni buzish va 
adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l 
qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-
quvvatlanmog’i kerak, deb hisoblaydi. O’zining ahloq to’g’risidagi fikrlarida 
insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur ahloqiy munosabatlarga, kamtarlik, 
izzat-hurmat, jasurlik, to’g’rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor 
beradi.[30] 
Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va 
G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va 
G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqning Umar Xayyom, 
Abu Ubayd Jurjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy 
Ganjaviy, Faxriddin Roziy, at-Taftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher 


41 
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’bek, Bedil, Bahmanyor ibn Marzbon kabi 
mutafakkir va olimlari o’z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g’oyalarini davom 
ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima 
qilinib, institutlarda o’qitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va 
tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, 
Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va 
boshqalar Ibn Sinoning ilg’or fikrlaridan o’z ijodlarida foydalandilar va uning 
nomini zo’r hurmat bilan tilga oldilar. [29] 
Ibn Sino ilmiy merosini o’rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va 
natijada chet el hamda O’zbekistonda maxsus ilmiy yo’nalish — sinoshunoslik 
vujudga keldi. "Tib qonunlari" ning lotincha tarjimasi to’liq holda 40 marta nashr 
etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, 
olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha 
tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning 
turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo’lyozmalari saqlanadi, shu jumladan, 
O’zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham 
alloma qalamiga mansub 50 ta asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa 
olimlari Ye. Bishman, Yu. Ruska Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L. 
Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron 
olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo 
Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsono’g’lu, F. Rahmon, M. Muso, H. G’araba, M. 
Shohvardiy va bohsqalar. Ibn Sino ijodini o’rganishga ma’lum hissa qo’shdilar. 
Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I. 
Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M. 
M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinor-shoyev, T. Mardonov, 
N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yo’nalishning 
rivojlanishiga xizmat qildilar. O’zbekistonda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq 
etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov, 
Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Bo’lgakov, Sh. 
Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T. 


42 
N. Qori-Niyoziy, I. M. Mo’minov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A. 
Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev, 
M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari 
tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori, 
Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykal portretini yaratgan. Andijon tibbiyot 
instituti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) Ibn 
Sinoning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). 
O’zbekistonlik rassom S. Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan (1968). Ibn 
Sino haqida "O’zbekfilm" studiyasi ijodkorlari (rejissor. E. Eshmuhamedov; 
O.Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) "Dahoning yoshligi" tarixiy-biografik 
badiiy filmini (1984) yaratdilar.[29] 
O’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl 
Linney (1707-78) doimo yashil bo’lib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino 
sharafiga Avitsennia deb atadi. O’zbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral 
Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shahri va Afshona qishlog’ida 
Ibn Sino ga haykal o’rnatildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga 
qo’yilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. O’zbekiston va 
Tojikistondagi tibbiy oliy va o’rta bilim yurtlariga, nashriyotga ( Ibn Sino 
nomidagi nashriyot), sanatoriya, shifoxona, kutubxona, maktab, ko’cha, jamoa 
xujaliklari, turar joy mavzelariga Ibn Sno nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida 
katta yutuqlarni taqdirlash uchun Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti 
ta’sis etilgan. O’zbekistonda Ibn Sino xalqaro jamg’armasi tuzildi (1999- yil), "Ibn 
Sino" va "Sino" nomli xalqaro jurnallar nashr qilindi.[34] 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin