21
qator yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti,
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti,
Turin politexnika universiteti,
Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti,
Rossiya iqtisodiyot
universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk
Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda
Yuksak texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi tashkil etilmoqda. 2014-yilning
sentabr oyidan boshlab yurtimizda, yuqorida zikr etilganidek, Janubiy Koreyaning
Inxa universiteti filiali faoliyat ko‘rsatadi, uning asosiy yo‘nalishini axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, komputer muhandisligi sohasidagi ta’lim
tashkil
etadi.Yoshlarimizning minglab
iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy
Koreya, Xitoy,
Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlarning
yetakchi universitetlarida ta’lim olmoqda, bu esa ularning bilim va malakasini
oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda.
Bugungi kunda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga
yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘ini tashkil
etmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz
mablag‘ aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan
biri – “INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining
taraqqiyot darajasi
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 141 mamlakat orasida
53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim
maqsadlari
uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagani
bejiz emas, albatta.
Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki, buyuk allomalarning
tabarruk maskani bo’lgan bu o’lkada o’ylaymizki,yana
Beruniylar, Xorazmiylar,
Ibn Sinolar,Navoiylar yetishib chiqadi. Bunday Xalqaro konferensiyaning
o’tkazishdan maqsad ham ular merosini chuqur tadqiq
etish va kelajak avlodga
yetkazishdan iborat.[1]