II. 1.Ibn Sino – Sharq tabobati asoschisi
Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā
al-Balkhī; forscha: ان ي س رو پ/ان ي س ىل عو با; arabcha: سح لا يل ع و بأالله دب ع ن ب ن ی
ان ي س ن ب).
4-rasm: Ibn Sino
O’rta Osiyo Turkiy tilli olimi, faylasufi. 980-yilning 18-iyunida Buxoroda
tug’ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan.[22]
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo’lib, Somoniylar amiri Nuh
ibn Mansur (967-997) davrida Buxoro tomoniga ko’chib, Hurmaysan qishlog’iga
moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog’ida Sitora ismli qizga uylanib
ikki o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi
Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, ular oilasi poytaxt - Buxoroga ko’chib
keladi va uni o’qishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qur’on
darslarini to’la o’zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham
shug’ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm
sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdullox Notiliy edi. U el orasida hakim va
faylasuf sifatida mashhur bo’lgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi.
30
Notiliyning qo’lida olim mantiq, handasa va falakiyotni o’rgandi va ba’zi falsafiy
masalalarda ustozidan ham o’zib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini ko’rgan ustozi
otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan
so’ng ota o’g’ilga ilm o’rganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha
sharoitlarni yaratib berdi. Ibn Sino tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini
o’zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o’qidi,
xususan, tabobatni sevib o’rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.[29]
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir
tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo’ldi. Ibn Sino
undan tabobat darsini olib, bu ilmning ko’p sirlarini o’rgangan. Qumriy bu davrda
ancha keksayib qolgan bo’lib, 999- yilda vafot etdi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi.
O’sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo’lib, saroy tabiblari uni
davolashdan ojiz edilar. Dovrug’i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni
davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog’ayib,
oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Somoniylarning kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va Yaqin
Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil
davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg’ul bo’lib, o’z
davrining eng o’qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu
paytdan boshlab o’rta asr falsafasini mustaqil o’rganishga kirishdi. U yunon
mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi.
Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi.
Tasodifan yosh olimning qo’liga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning
maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni o’qib chiqibgina Ibn Sino
metafizikani o’zlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy
bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan
boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza"
tibbiy she’riy asari, o’z qo’shnisi va do’sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga
binoan, ko’p fanlarni o’z ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati")
31
asarini taqdim etdi. Undan tashqari, boshqa bir do’sti faqih Abu Bakr al-barqiy
(yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko’ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va
natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat
kitobi")ni yozdi.[21]
Qoraxoniylar 999 -yil Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan
keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. 1002- yil
uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005- yilgacha
davom etib, oxiri qoraxoniylarning butkul g’alabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda
Buxoroda ortiq qolib bo’lmas edi. Shu bois Ibn Sino o’z yurtini tark etib Xorazmga
bosh olib ketdi. XI asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha
tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi.
Xorazmshohlar Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009-1017)
ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit
yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)
da zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va astronom
Abu Nasr ibn Iroq,(1034), atoqli tabib va faylasuflar Abu Saxl Masihiy 1010-y),
Abul-Xayr Hammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular
jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qo’shildi.
Xorazmda Ibn Sino asosan, matematika va astronomiya bilan shug’ullandi. Bu
sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn
Iroq va Beruniy bilan bo’lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sino
ning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o’zining shogirdi Baxmanyor
bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy
tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-
Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo’lganidan, Ibn Sino u bilan do’stlashadi va unga
atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") nomli asar yozdi. Biroq
Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa cho’zilmaydi. Sharqda qudrati ortib
borayotgan G’azna hukmdori sulton Mahmud G’aznaviy bu o’lkaga ko’z tikadi. U,
avval, Ma’munga saroydagi bir guruh olimlarini G’aznaga jo’natib yuborishni
so’rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Hammor G’aznaga ketadilar.
32
Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010-1011 yillarda
yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari
boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo’ladi.
Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga Masihiyning vataniga yo’l oldilar. Lekin yo’ldagi
qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo’lib, vafot etadi. Natijada, Ibn
Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, so’ng Obivard, Tus, Shiqqon va
Hurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy
dengizining janubiy-sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino
Jurjonda 1012-1014 yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi
muhim voqealardan biri —Abu Ubayd Jurjoniy bilan uchrashuv va bir umrga
do’stlashuv sodir bo’ladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq do’st ham edi.
U Ibn Sino bilan olimning so’nggi damigacha, 25 yil. davomida birga bo’ladi. Ibn
Sino tarjimai holining yozilib qolishi, ko’pgina asarlarining ta’rifi va tartibga
tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati
katta.[30]
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shug’ullandi, ham tabib
sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko’ra, mantiq, falsafa
va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning
dastlabki qismlarini yaratdi. 1014- yil olim Jurjonni tark etib, Rayga ko’chdi. Ibn
Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan bo’lmish Majduddavla Abu
Tolib Rustam (997-1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar.
Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu
sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’ldi.
Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud G’aznaviyning
Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan
kuchlirok, bo’lgan Hamadonga, Majduddavlaning akasi Shamsuddavla (997-1021)
huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni
saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ng vazirlik
mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarini
ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini
33
tugatib, o’zining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ush-shifo" ni ham shu yerda
yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib
bitiradi.
Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy
sabablarga ko’ra, shu yili Isfahonga jo’nab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu
yerda o’tkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg’ul bo’lib, bir
qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi
fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ush-shifo" ning qismlari, fors tilidagi
"Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.[30]
Jurjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi, jismoniy juda baquvvat bo’lsada,
biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash
va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy
ta’sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga
yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi.
Yo’lda dardi qo’zg’ab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu
darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga
1952-yilda maqbara ishlangan (me’mori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga ba-
g’ishlangan muzeyxonalarini ham o’z ichiga oladi.[20]
Zamondoshlari Ibn Sinoni "Shayx-ul rais" ("donishmandlar sardori, allomalar
boshlig’i"); "Sharaf al-mulk" ("o’lka, mamlakatning obro’si, sharafi"), "hujjat
alhaqq" ("rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("donishmand, tadbirkor vazir") deb
ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u
o’z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug’ullangan va ularga oid
asarlar yozgan. Olim asarlarini o’sha davrda Yaqin va O’rta Sharqning ilmiy tili
bo’lgan arab tilida, ba’zilari (she’riy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan.
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha
ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga
oid bo’lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika,
musiqa, kimyo, ahloq, adabiyot va tilshunoslikka bag’ishlangan. Lekin bu
asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda o’rganilgan emas. Ibn Sino
34
ning ko’proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko’pgina tillariga tarjima
etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir
vaqtda, boshqa ko’p asarlari hali qo’lyozma holida o’z tadqiqotchilarini
kutyapti.[21]
Ibn Sino ning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy,
adabiy va tibbiy sohalarga bo’lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz
qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning
qiziqish va e’tibori ko’proq falsafa va tibga qaratilganini ko’ramiz. Garchi, uni
"Avitsenna" sifatida G’arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib
qonunlari" bo’lsada, "Shayx-ul rais" nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga
ishoradir."Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir qoida beradiki,
bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". U mantiqiy
usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur o’rgandi,
mantiq fanini Forobiydan so’ng bilishning to’g’ri metodi sifatida rivojlantirdi.[24]
Ibn Sino o’z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan
olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ush-shifo" ning tabiiy fanlarga oid
qismida bayon qilingan. Olimning ba’zi geologik jarayonlarga oid mulohazalari
hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida tog’ paydo
bo’lishi va zilzilalar bilan bog’liq. Tog’ paydo bo’lishining o’zi esa 2 yo’l bilan
bo’ladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig’ining ko’tarilishi; 2) suv orqali
va havoning asta-sekin ta’siri natijasida chuqur jarliklar paydo bo’lib, natijada
ularning yonida balandlik hosil bo’lib qolishi. Zilzilaning paydo bo’lishiga ham bir
necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug’ bo’ladi. Mana shu
bug’ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer
chetining o’pirilishi, ba’zida tog’ cho’qqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga
sabab bo’ladi. Olim fikricha, yer yuzasining ma’lum qismi bir mahallar dengiz tubi
bo’lgan, zamon o’tishi bilan geologik jarayon oqibatida suv havzalari o’rni
o’zgargan. Bir vaqtlar dengiz bo’lib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz
hayvonlarining toshqotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa,
Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
35
Ibn Sino mineralogiya (ma’danshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar
qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif etdi. Unga ko’ra, barcha ma’danlar
4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar
va tuzlarga bo’linadi. Bu tasnif to XIX asrgacha deyarli o’zgarishsiz saqlanib keldi.
Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning "al-Af’ol va-linfiolot"
("Ta’sir va ta’sirlanish") asarida ham uchraydi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug’ullangan va unga
oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan bo’lgani uchun ularda
Ibn Sinoning kimyoga bo’lgan munosabatining evolyutsion o’zgarib borishi yaqqol
aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari o’sha davrdagi alkimyo uchun
nihoyatda ilg’or edi. Ibn Sino 21 yoshida, ya’ni ilmiy faoliyatining bo’sag’asida
metallar transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy
yo’l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va muqaddim kimyogarlarning
kitoblari ta’siri ostida "Risola as-san’a ilal-baraqiy" ("Baraqiyga atab san’at
(alkimyo) ga doir risola") nomli kichik asar yozgan. Pekin 30 yoshlarga borib,
ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda
ishonch hosil qiladi va "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarida kimyoviy yo’l
bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda
yozishga kirishgan "Kitob ash-shifo"da esa kimyogarlarning transmutatsiya
sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi.
Uning fikricha, o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan har bir metall o’zicha alohida bir
modda bo’lib, kimyogarlar o’ylagandek bir yagona metallning turi emas. U
oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni narsalardan yasab bo’lmasligini
ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o’rta asr kimyosining ilmiy
kimyoga o’sib o’tishida muhim rol o’ynadi.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda ko’p shug’ullandi, chunki
tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o’simliklardan olinadi. U
"Kitob ush-shifo" ning "annabot" ("O’simliklar") qismida o’simliklarning turlari,
paydo bo’lishi, oziqlanishi, o’simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko’payish
36
hamda o’sish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham
ish olib boradi.
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining
oxirigacha saqlangan. U 8 ta mustaqil risola hamda "Kitob ush-shifo" va
"Donishnoma"ning riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni ba-
g’ishlagan. Ptolemeyning "Almagest"ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy
astronomiya bo’yicha qo’llanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik
uzunligini o’z davri uchun butunlay yangi bo’lgan usul — Oyning eng baland
nuqtasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy "Geodeziya" asarida bu usulning
to’g’riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog’laydi. Bu usul
Yevropada 500 yil dan keyin (1514- yil.) astronom Verner tomonidan yangidan
kashf qilindi.[20]
Matematika sohasida Ibn Sino Evklidning "Negizlar" kitobini qayta ishlab,
unga sharh va to’ldirishlar kiritdi, geometrik o’lchamlarga arifmetik terminologiya
qo’lladi, "son" tushunchasi doirasini "natural son" dan ancha kengaytirdi.
She’riyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o’zining ayrim tibbiy
asarlari ("Urjuza") ni rajaz vaznli she’rda yozgan. Bundan tashqari, uning bir
nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-tojik adabiyotiga chuqur
ta’sir ko’rsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir necha g’azal va qit’alari, 40 dan
ortiq ruboiylari mavjud. Uning she’riy merosi qisman rus va o’zbek tillarida nashr
etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiy ilmiy yo’nalishini davom ettirgan yirik
nazariyotchidir. Musiqa haqidagi "Javome’ ilm ul-musiqiy" ("Musiqa ilmiga oid
to’plam") asari "Kitob ush-shifo" ning bir qismi bo’lib, har biri bir necha bobli 6
bo’limdan iborat. "annajot", "Donishnoma"larda musiqa haqida kichik bo’limlar
mavjud, "Tib qonunlari", "Risolai ishq" va boshqalarda musiqaning ayrim
masalalari haqida fikr yuritgan. O’z davri musiqasining barcha muammolarini
bayon etgan: nag’ma. bod (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa
asboblari va hakozo. Yevropada keyinchalik "sof tizma (tovushqator)" atalgan
musiqaviy tuzilmani birinchi bo’lib asoslagan. Ibn Sino musiqiy go’zallik haqida
37
mukammal ta’limotni ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan
turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari
singari aruz badiiy tizim bilan bog’liq holda qaraydi. Tabib sifatida u musikani
muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi
natijasida musiqa paydo bo’lganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa
nazariyalariga mos keladi. O’zining barkamol shaxsni tarbiyalash g’oyasida
musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari
uning nomini bir necha yillarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog’ladi. [26]
Ibn Sino o’tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashhis usullari hozir ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Perkussiya (a’zoga urish orqali diagnoz qo’yish)ni,
xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish
orqali) qo’llagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger
(1722-1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50 yildan so’ng amaliyotga
kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o’rganib, ulardan
tashxisda foydalangan. Ibn Sino turli kasalliklarning differensial diagnostikasida
va gavdaning umumiy holatini aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab
olinadigan belgilarga katta e’tibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u
siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashhis qiladi.
Diabet kasalligida siydikda qand modsasi bo’lishini 1775-yilda ingliz olimi
Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida birinchi bo’lib Ibn Sino vabo bilan o’latni
farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan
holda saqlash kerakligini ta’kidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi,
plevrit moxov, zaxm, qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari
va kechish jarayonini to’g’ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko’rinishlari,
uning yuqumli harakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini juda to’g’ri
aniqlagan. 1804-yilda yevropalik olim Sinke quturgan hayvonlarning so’lagi
yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga
ham olim ko’p yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof -
muhitning , iqlimning , parhez va jismoniy mashqlarning ta’siriga hamda bemor
kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.[22]
38
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan
davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo’llash (qon olish, banka qo’yish, zuluk solish,
huqna va hakozo.)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda
ovqatlanish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisobladi va har bir kasallik
uchun o’z ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida ko’proq
mayiz, anjir, anor suvi iste’mol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni
hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimiy ko’rinishidir.[33]
Ibn Sinoning jarrohlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U
o’z tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qo’llanib kelayotgan ayrim usullarni
bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir
shishlarini tikish, tampon, o’tkir modda yoki tikish bilan qon to’xtatish, tomoqni
kesib, nay qo’yish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining
chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha "Avitsenna usuli" deb
ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino o’zi ixtiro qilgan yog’och moslama
yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asrda fransuz tabibi Kalo qayta kashf etgan.
Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qo’llangan, lekin u ham
keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yilda amaliyotga yangi
ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi ko’z jarrohligida qo’llanayotgan usullarning
qariyb barchasi Ibn Sinoga ma’lum bo’lgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari,
qovuq toshlarini olish, bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va
boshqalar Ibn Sino qo’llagan muolaja usullaridandir.
Jarrohlikda anesteziya (og’riqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta
e’tibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi narkotik
ta’sirga ega bo’lgan dorilardan foydalangan. [31]
Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir
kasallikni chaqirish yo’li bilan davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u
tutqanoqni davolashda to’rt kunlik isitma bilan og’rishni foydali deb biladi.
Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857-1940) shunday usulni qo’llab, zaxm
39
kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel
mukofotiga sazovor bo’lgan.[25]
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik
olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqida paydo bo’lgan yangi
farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara),
rovoch, tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o’rnida ko’p
dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir.
Uning dorivor o’simliklarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi
dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir qatorda Ibn Sino
birinchilardan bo’lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan.
Kasallikning turiga qarab avval sodda, so’ng murakkab tarkibli dori bilan
davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat
berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot, sut, go’sht va hokozo.)
boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho’l, quruq), yoshi,
iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda
puxta o’ylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois o’rta asr
Yevropa farmatsiyasidan ancha o’zib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka
yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeyalardan
mustahkam o’rin olgan.[17]
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig’i bizgacha yetib
kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda
tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan turli hajmdagi "Urjuza
fi-ttibb" ("Tibbiy urjuza"), "Al-Adviyat al-qalbiya" ("Yurak dorilari"), "Daf’
almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha
zararlarni yo’qotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-n-
nabz" ("Tomir urishi haqida makrla"), "Risola fil-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida
risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"),
"Risola fi- xifz as-sihha" ("Sog’liqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-
sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-l-fasd" ("Qon olish haqida
risola"), "Risola fi-l-hindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.[8]
40
Ibn Sino o’z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e’tibor bilan
karadi va bu soqada "Aqsom al-ulum alaqliya" ("Aqliy ilmlar tasnifi") nomli asar
yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy
va amaliy qis-mlarga bo’ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar
yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo’linadi: 1) quyi
darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tibbiyot, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2)
o’rta darajadagi ilm — matematika (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa);
3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch qism
(ahloq, iqtisod va siyosat) ga bo’linib, birinchisida bitta shaxs, uning fe’l-atvori
qanday bo’lishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xo’jalik ishlarida bir-biri
bilan munosabatlari qanday bo’lishi va uchinchisida shahar yoki o’lka miqyosida
kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo’lishi, davlatni idora qilish haqida
ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi. Asarda 29 ilm
tarmog’i tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy ahloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu
mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida
yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida
qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshkarilishi lozimligini aytadi.
Jamiyat a’zolarining hammasi bu konunga itoat etishlari, qonunni buzish va
adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l
qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-
quvvatlanmog’i kerak, deb hisoblaydi. O’zining ahloq to’g’risidagi fikrlarida
insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur ahloqiy munosabatlarga, kamtarlik,
izzat-hurmat, jasurlik, to’g’rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor
beradi.[30]
Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va
G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va
G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqning Umar Xayyom,
Abu Ubayd Jurjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy
Ganjaviy, Faxriddin Roziy, at-Taftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher
41
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’bek, Bedil, Bahmanyor ibn Marzbon kabi
mutafakkir va olimlari o’z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g’oyalarini davom
ettirdilar. Yevropada allomaning asarlari XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima
qilinib, institutlarda o’qitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va
tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy,
Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va
boshqalar Ibn Sinoning ilg’or fikrlaridan o’z ijodlarida foydalandilar va uning
nomini zo’r hurmat bilan tilga oldilar. [29]
Ibn Sino ilmiy merosini o’rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi va
natijada chet el hamda O’zbekistonda maxsus ilmiy yo’nalish — sinoshunoslik
vujudga keldi. "Tib qonunlari" ning lotincha tarjimasi to’liq holda 40 marta nashr
etildi. Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi,
olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha
tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi. Jahonning
turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo’lyozmalari saqlanadi, shu jumladan,
O’zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham
alloma qalamiga mansub 50 ta asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa
olimlari Ye. Bishman, Yu. Ruska Karra de Vo, X. Korbin, Kruz Xernandez, L.
Garde, A. M. Guashon, X. Ley, P. Morividj, J. Saliba hamda arab, turk va eron
olimlari M. U. Najotiy, A. N. Nodir, J. Sh. Qanavotiy, Said Nafisiy, Yahyo
Maxdaviy, Umar Farrux, E. Ihsono’g’lu, F. Rahmon, M. Muso, H. G’araba, M.
Shohvardiy va bohsqalar. Ibn Sino ijodini o’rganishga ma’lum hissa qo’shdilar.
Rossiyalik olimlardan Ye. E. Bertels, A. Ya. Borisov, I. S. Braginskiy, S. I.
Grigoryan, B. A. Petrov, B. A. Rozenfeld, V. N. Ternovskiy, A. V. Sagadeyev, M.
M. Rojanskaya, Tojikiston olimlaridan S. Ayniy, M. Dinor-shoyev, T. Mardonov,
N. Rahmatullayev, A. Bahovuddinov, Yu. Nuraliyev bu yo’nalishning
rivojlanishiga xizmat qildilar. O’zbekistonda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq
etishda sharqshunos olimlar S. Mirzayev, A. Murodov, A. Rasulov, U. I. Karimov,
Yu. N. Zavadovskiy, A. A. Semyonov, M. A. Salye, P. G. Bo’lgakov, Sh.
Shoislomov, E. Talabov, H. Hikmatullayevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. T.
42
N. Qori-Niyoziy, I. M. Mo’minov, M. M. Xayrullayev, M. N. Boltayev, A.
Axmedov, G. P. Matviyevskaya, V. K. Jumayev, N. Majidov, O. F. Fayzullayev,
M. B. Baratovning monografiya va maqolalarida Ibn Sino ijodining turli qirralari
tadqiq etilgan. Rus antropologi M. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori,
Ibn Sinoning ham kalla suyagi asosida haykal portretini yaratgan. Andijon tibbiyot
instituti xodimlari (Yu. O. Otabekov, Sh. H.Hamidullin, Ye. S. Sokolova) Ibn
Sinoning ilmiy asoslangan timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965).
O’zbekistonlik rassom S. Marfin Ibn Sino badiiy portretini ishlagan (1968). Ibn
Sino haqida "O’zbekfilm" studiyasi ijodkorlari (rejissor. E. Eshmuhamedov;
O.Agishev, E. Eshmuhamedov ssenariysi) "Dahoning yoshligi" tarixiy-biografik
badiiy filmini (1984) yaratdilar.[29]
O’simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl
Linney (1707-78) doimo yashil bo’lib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino
sharafiga Avitsennia deb atadi. O’zbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral
Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shahri va Afshona qishlog’ida
Ibn Sino ga haykal o’rnatildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga
qo’yilgan (2000) haykal bor. Afshonada Ibn Sino muzeyi ochildi. O’zbekiston va
Tojikistondagi tibbiy oliy va o’rta bilim yurtlariga, nashriyotga ( Ibn Sino
nomidagi nashriyot), sanatoriya, shifoxona, kutubxona, maktab, ko’cha, jamoa
xujaliklari, turar joy mavzelariga Ibn Sno nomi berildi. Tojikistonda fan sohasida
katta yutuqlarni taqdirlash uchun Ibn Sino nomidagi respublika davlat mukofoti
ta’sis etilgan. O’zbekistonda Ibn Sino xalqaro jamg’armasi tuzildi (1999- yil), "Ibn
Sino" va "Sino" nomli xalqaro jurnallar nashr qilindi.[34]
Dostları ilə paylaş: |