Hayot faoliyati havfsizligi


-rasm: Masofalarni aniqlash sxemasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

8-rasm: Masofalarni aniqlash sxemasi. 
 
Beruniyning 
«Xorazmning 
mashhur 
kishilari» asari ham shu davrda yaratilgan. Uning 
muhim 
astronomik-geografik 
asari «Tahdid 
nihoyot al-amoniya li tashidi masofat al-masokin» 
(«Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini 
aniqlash» - «Geodeziya») 1025 -yilda yozib tugatilgan. Beruniyning «Munajjimlik 
san'atidan boshlang‘ich tushunchalar» asari ham 1029- yil g‘aznada yozilgan. 
Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o‘sha zamon 
astronomiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar 
berilgan. Beruniyning «Hindiston» nomli mashhur yirik asari «Tahqiq mo lil-Hind 
min ma'quda maqbula fil-aql av marzula» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va 
sig‘maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi») 1030-yilda yozilgan bo‘lib, bu shoh 


52 
asar g‘arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan 
yuksak baholangan. Akademik V. R. Rozen «Sharq va g‘arbning qadimgi va O‘rta 
asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo‘q», deb baho 
bergan. Mahmud g‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga 
hamroh bo‘lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o‘rganishi hind madaniyati 
adabiyoti va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda 
bu mamlakat haqida o‘lmas asar yaratishga imkon berdi. «Hindiston» asari yozib 
tugatilgan yili Mahmud g‘aznaviy vafot etdi va uning o‘rniga taxtta o‘g‘li Mas'ud 
o‘tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid 
«Mas'ud qonuni» asarini sulton Mas'udga bag‘ishladi. O‘sha asr olimlaridan biri 
Yoqutning yozishicha: «Mas'ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya 
bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘chirib yuborgan». 
Beruniy o‘z asarlari ro‘yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini 
yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola o‘z zamonasi uchun Markaziy 
Osiyo va Yaqin Sharq; hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, 
tengi yo‘q asar hisoblanadi.[18] 
Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”ining 
qo‘lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar “ Kitob us-saydana 
fit-tib”nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda 
o’sadigan dorivor o’simliklarning tavsifini keltirdi. Kitob 1116 bo’limdan iborat 
bo’lib, ayrim dorilar, ularning nomlari va sinonimlari ta’riflangan.[27] 
Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo‘yicha 11- dekabr 1048 
-yilda vafot etgan. 
Beruniy so‘nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o‘z davri 
ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, 
yozishmalari qolganligi bizga ma'lum. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan katta hajmdagi 
asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, 
mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakognoziya, tarix, filologiya 
masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan 
sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib she'rlar yozdi. 


53 
“Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi, 
“Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, “Ptolemey 
“Almagest”ining sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar”, 
“Farg‘oniy elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq 
kiyimlilar va karmatlar haqida ma'lumotlar”, “She'rlar to‘plami”, “Al-Muqanna 
haqidagi ma'lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular 
jumlasidandir. [19] 
Beruniy qadimgi yunon ilmi va uning vakillari Aristotel, Platon, Ptolemey, E 
Evklid kabilarning asarlari, hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, 
Farg‘oniy, Battoniy, Roziy, Abu Tammam, ibn Kaysum, Abu Ma'shar asarlari 
bilan yaqindan tanish bo‘lgan, ularga sharxlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar 
yozgan. Uning ilmiy merosi g‘oyat rang-barang bo‘lib, tibbiyot faniga, 
astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy o‘z ilmiy asarlarida dunyoning 
tuzilishi masalasida Ptolemey sistemasiga suyansa ham, yerning harakati haqida 
Beruniy: “Yerning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy 
masalalaridan biri bo‘lib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin”, deb 
yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir 
necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va quyoshni 
koinot markazi deb o‘rgatuvchi geotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga 
keladi. “Geodeziya” asarida Beruniy geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba'zi bir 
nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. 
Beruniy harakat trayektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi 
haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olimlardan bo‘lib, joylarning geografik 
uzoqligini, kengligini aniqlash yo‘llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U 
trigonometriyani, geometriyani keng qo‘llash orqali o‘zidan oldingi astronomlarga 
nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va 
uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini 
ham hayratda qoldiradi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi o‘zining uzoq 
tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi. Markaziy Osiyoning ba'zi bir 
mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi 


54 
marta jiddiy o‘rganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo 
vodiysining geologik o‘tmishi va Orol dengizining paydo bo‘lishi haqidagi 
xulosalari o‘sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Olim “Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi” 
degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo 
bo‘lishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, tog‘ jinslarining nurashi kabilar 
haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga egadir. U tog‘larning paydo bo‘lishi va 
yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani 
olg‘a suradi. 
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to‘g‘risida taxmini uning ilmiy 
yutuqlaridan biri hisoblanadi. Olimning fikrlari, bir tomondan, Markaziy Osiyo, 
qadimgi yunon va hind mutafakkirlarining ilg‘or an'analarini ijodiy rivojlantirgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning yetukligi tafakkur doirasining kengligidan 
dalolat beradi. Beruniy tomonidan “sabablarning sababi” - inson va insoniyat 
jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo‘yilishi diqqatga sazovor. “qadimgi 
tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”. Bu 
yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi haqida ratsionalizm 
pozitsiyasida turganini ko‘ramiz. Beruniy insonlar o‘rtasidagi tavofut borligi 
haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar to‘g‘risida fikr yuritgan. Lekin 
kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha, barchada umumiydir. 
U inson bilan maymun o‘rtasida o‘xshashlik borligini qayd etadi. 
Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari 
o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilib, ular geografik sharoitlarga bog‘liq degan fikrni 
ilgari surdi, geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning 
turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog‘liq deb qaradi. “Tillarning turlicha 
bo‘lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq 
turishi”dir.[34] 
U xalqlar do’st, inoq, ittifoq bo‘lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u 
yaratgan fan va madaniyatga qirg‘in keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Olim 
o‘zining “Hindiston” asarida “xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p”, deb 


55 
afsuslanib yozgan edi. Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari 
xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni 
mustahkamlashga qaratilgan edsh. Bundan ko‘rinib turibdiki, Beruniy madaniy 
hamkorlik 
va 
ilm-ma'rifatning 
keng 
tarqalishiga 
katta 
e'tibor 
berdi. 
Beruniyning asarlari musulamon Sharqi madaniyatining so‘nggi rivojlanishiga 
katta ta'sir ko‘rsatdi. So‘nggi asarltarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, 
Shaxrizo‘riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim 
ma'lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian 
Ioanni Barerey (1226-1286) Beruniyga shunday baho beradi: «O‘sha o‘tgan 
yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o‘tgan Abu Rayhon Muhammad 
ibn Ahmad al-Beruniy o‘tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida 
mutaxassis bo‘lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u 
yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o‘rgandi va 
ularga yunon falsafasini o‘rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko‘p, yetuk va 
nihoyatda ishonchlidir. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng va 
hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu 
ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo‘lmagan». 
Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, 
Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida 
keltiriladi. 
XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan 
qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, 
fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag‘ishlangan 
yevropalik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, 
R. Rayt, M. Meyerxof, Osiyo olimlari S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. 
Nizomiddin kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar 
Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amerikalik tarixchi olim J. Sarton 
Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o‘z davrining 
jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen 
esa, unga ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, uning hozirgi 


56 
ma'nodagi 
haqiqiy 
fanning 
ruhiga 
ega 
ekanligini 
qayd 
etadi. 
Hind olimlari ham Beruniyning Hindiston falsafasi, ilmi, urf-odatlari tarixini 
o‘rganishga qo‘shgan ulkan hissasiga nihoyatda yuqori baho beradilar. Beruniy 
merosi rus olimlarini ham har tomonlama qiziqtirib keldi. I. Yu. Krachkovskiy, S. 
P. Tolstoy, A. A. Raynov, A. M. Belenitskiy, A. A. Semyonov, B. A. Rozenfeds 
larning unga bag‘ishlangan asarlari e'lon qilindi. Mashhur sharqshunos olim I. Yu. 
Krachkovskiy Beruniy merosiga yuqori baho berib, “uning qiziqqan ilm 
sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir” deb, allomaning 
qomusiy aql egasiligini ta’kidlab o’tadi. Beruniyning o‘z vatani O‘zbekistonda 
ham uning ijodiga karta e'tibor berib kelinmoqda. H. M. Abdullayev, I. M. 
Mo‘minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G‘. g‘ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi 
atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. 
Toshkentda unga bag‘ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi. 
Birinchi bor Beruniyning “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, 
“Mas'ud qonuni”, “Geodeziya”, “Saydana” kabi asosiy asarlarini o‘z ichiga 
oluvchi ko‘p tomli saylanma asarlari o‘zbek va rus tillarida O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasi tomonidan nashr etildi. Ko‘chalar, institutlarga uning nomi berilgan. 
Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan. Miloddan avval 
o’tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar yer dumaloq va 
shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda 
iskandariyalik olim Eratosfen yer shar shaklida deb, uning o’lchamlarini 
quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari 
orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o’lchaydi, keyin bu 
qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo’ladi va Yer radiusini 6840 
kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo’ladi 
yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian 
aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining 
uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo’lsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan 
so’ng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen o’lchagan usul 
bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda 


57 
yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo’lgan. Muso 
Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga 
tengligini isbotlab bergan. Fors tilida yozilgan „Kitob al-Tafhim“da Beruniy 
tomonidan keltirilgan Oyning turli xil fazalari keltirilgan. Bag’dodda tashkil 
topgan „Donishmandlik uyi“ nomli o’sha davrning fanlar akademiyasida O‘rta 
Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg’oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar 
turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „Donishmandlik uyi“ning 
a’zosi bo’lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma’mun buyrug’iga 
binoan „Donishmandlik uyi“ning olimlari ikki guruhga bo’linib, Iroqning Mosul 
shahri g’arbidagi Sanjar sahrosida gradus o’lchash usuli asosida Yer kattaligini 
aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as 
Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o’zi o’lchab topgan 
natijalar bo’yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan. Birinchi 
guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 
kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam bo’lgan. 
Beruniy natijalar o’rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o’lchashda, deydi va 
o’zi bu natijalarni tekshirib ko’rishga qiziqib, gradus o’lchash ishlarini olib 
bormoqchi bo’ladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kaspiy dengizining janubi-
sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag’i yo’qligi uchun bu 
ishni amalga oshira olmagan. Yer o’lchamini gradus o’lchovi usuli bilan aniqlash 
uchun ma’lum kenglikda tekis joy kerak bo’ladi va bu yerda bir necha o’n kilometr 
aniq o’lchanishi lozim. Bu ish ko’p vaqt, katta mablag’ va puxta tayyorgarlik talab 
qilardi. Bu haqda Beruniy: „Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan 
quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda 
qad ko’tarib turgan baland toqqa ko’tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan 
quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo’lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan 
uning pasayish burchagi o’lchanadi“ deydi. Ufq pasayishini o’lchash usulini 
chizma va formulalar yordamida tushuntiradi. Bunda, tog’ tepasida quyosh 
chiqishi yoki botishiga qarab ko’rish nurining tog’ tepasidan o’tgan gorizontal 
chiziq bilan hosil qilgan burchak o’lchanadi.Abu Rayhon Beruniy Yerning 


58 
kattaligini o’lchashda yangi usul qo’llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 
111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini o’sha 
davr uchun aniq o’lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 
40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Sulton Mahmud G‘aznaviy 
Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo’lda 
sharqiy Pokistonning Mo’lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to’g’ri keladi. 
U o’zga yurtda bo’lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo’ltondan 400 
kilometr g’arbdagi Nandna qo’rg’onida Yer kurrasi o’lchamini aniqlashga 
kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o’lchab 320001 ga teng 
ekanligini aniqlaydi. So’ngra ufqning pasayish burchagini o’lchaydi. Bu haqda 
olimning o’zi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qo’rg’onida 
istiqomat qilishimga to’g’ri keldi. Qo’rg’onning g’arb tomonida baland tog’, 
janubiy tomonida esa keng sahroni ko’rdim va shu on (ufq pasayishini o’lchash 
usulini) sinab ko’rishga kirishdim. Tog’ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi 
osmon bilan tutashganini yaqqol ko’rdim. Qarash chizig’i vertikalga 
perpendikulyar bo’lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin