Hayot faoliyati havfsizligi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

 
 


62 
II. 4. Ismoil Jurjoniy tabobat ilmining buyuk namoyondasi

Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulug’ 


olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblangan. XII asrning 
mashhur tarixchisi Zahiriddin Ismoil ibn Abul Hasan Bayhaqiy o’zining “Tatima 
sifon al-hikma” (“Donolik xazinasiga qo’shimcha”) asarida Ismoil Jurjoniy haqida 
shunday yozadi: “Men u kishini 531 hijriy (1136 milodiy) yilda Saraxsda keksalik 
chog’larida ko’rgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori Xorazmshoh Otsiz 
ibn Muhammad uni bir necha muddatga Xorazmga taklif etgan edi. Xorazmda 
bo’lgan vaqtida u “Al-Xuffayi al-a’loiy” (“Poyalarning yuqori qismi”), “At-Tibb 
al-mulukiy”, “Kitob az-zahirayi Xorazmshohiy”, “Kitob al-ahrod” (“Hasad tufayli 
kelib chiqadigan kasalliklar”), “Kitob yodgor” (“Esdalik kitobi”), “Kitob fi rad alal 
falosafa” (“Faylasuflarga qarshi raddiya kitobi”), qozi Abu Said Shori’iyga 
bag’ishlab “Kitob tadbir yaum va laylat” (“Kecha bilan kunduzning almashinishi 
haqida kitob”),”Kitob vasiyatnoma” va boshqa tabobat hamda falsafaga doir 
asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari sevib o’qilganidan tez orada jahonga mashhur 
bo’ldi. Muhtaram kishilardan eshitishimcha, u kishi ochiq chehrali, xushmuomala, 
tabiatan saxovatli shaxs ekanlar.[19] 
Ismoil Jurjoniy 1042- yilda Jurjon shahrida tug’ilgan bo’lsa ham, umrining 
ko’p qismini Xorazmda o’tkazganligidan Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn 
Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy deb ulug’langan. Hozirgacha ma’lum bo’lgan 14 
ta asaridan 12 tasi tibbiyotga aloqador bo’lib, XII asr tibbiyotiga oid ko’p jildli 
qomusiy asarlarning ham muallifi sanaladi.[8] 
Jurjoniy Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin (1097–1127) va 
uning o’g’li Alouddavla Otsiz (1127–1156) saroyida xizmat qildi. Jurjoniy o’z 
davrida qadimgi yunon tabobati vakillari Galen, Gippokrat, shuningdek, o’zidan 
oldin o’tgan Abu Bakr Roziy va ayniqsa, ibn Sino asarlarini chuqur 
o’rgangan.Tabobat ilmidan tashqari boshqa ilm sohalarida ham mashhur 
bo’lganligidan unga oyiga ming dinordan maosh tayin qilingan. Ismoil Jurjoniy 


63 
o’zining tabobatga bag’ishlangan eng yirik asari “Zahirayi Xorazmshohiy”ni 1110-
yilda yozib tugatdi va uni Xorazmshoh Qutbiddinga bag’ishladi. 
Otsizning buyrug’iga ko’ra, bu asarning qisqartirilgan nusxasini 1113- yilda “Al-
Xuffayi al-A’loiy” nomi bilan yozib tugatdi. Asar hammaga tushunarli fors, tilida 
yozilgan bo’lib, harbiy yurishlar va sayohatlarda ham har kim etigi qo’njiga solib 
yurishiga (etigxuff) qulaylik yaratish maqsadida shunday qilindi. 
“Zahirayi Xorazmshohiy” o’n kitobdan iborat bo’lib, keyinchalik unga 
“Dorisozlikka oid kitob” (“Qorabodin”) qo’shildi.[11] 
Birinchi kitob umumiy nazariy masalalarga bag’ishlangan bo’lib, unda tabiat 
va koinot haqidagi qarashlar bayon etiladi. Inson organizmining birlamchi 
a’zolarini tashkil etgan unsurlar, mijoz, to’rt suyuqlik, badanning har bir qismining 
nimalarga qodirligi haqidagi ta’limot va shu munosabat bilan tabobatning fan 
sifatidagi vazifalari haqida gapiriladi. 
Ikkinchi kitobda sog’liq va kasalliklar haqidagi ta’limot, ularning turlari, 
namoyon bo’lish belgilari, tomir urishiga qarab kasallikni aniqlash to’g’risida so’z 
yuritiladi. 
Uchinchi kitob sog’liqni saqlash, bunda atrof-muhitning ta’siriga, ya’ni havo, 
maskan, suv, oziq-ovqat, ichimlik, uyqu, bedorlik, harakat va osoyishtalikka 
bag’ishlangan. Bu kitobda bolalar, qariyalar, safardagilar uchun alohida qoidalar 
bayon etilgan. 
To’rtinchi kitobda kasallikni kanday kechishi mumkinligini belgilash, qaysi 
paytlarda eng og’ir holatlarga tushib qolish, ulardan qutulish muammolari haqida 
gap boradi. 
Beshinchi kitobda bezgak kasalining paydo bo’lish sabablari, uning belgilari, 
davolash tarzi bayon etilgan. 
Oltinchi kitobda inson a’zoyi badanining har xil joylarida paydo bo’ladigan 
kasalliklar, ularni davolash usullari tahlil etilgan. 
Ettinchi kitob rak kasalliklariga, yaralar, shishlar, suyak chiqishlari va 
sinishlariga bag’ishlangan. 
Sakkizinchi kitobda pardoz-andozlar, o’ziga oro berishlar haqida gap boradi. 


64 
To’qqizinchi kitobda zaharlar va unga qarshi davolash usullari haqida hikoya 
qilinadi. 
O’ninchi kitob davosizlikka bag’ishlangan. “Zahirayi Xorazmshohiy” o’z 
vaqtida omma orasida keng tarqalgan tabobat sohasidagi eng mashhur asar 
bo’lganligidan jahon kutubxonalarining ko’pchiligida uning qo’lyozmalari hamon 
saqlanib kelinmoqda. Vatandoshimiz Samarqandiy bu asarni buyuk olimlar 
Jolinus, Roziy, ibn Sino va boshqalarning shu sohadagi kitoblari qatoriga qo’ygan. 
Bu asar hatto yahudiy tiliga tarjima qilingan edi. XVI asrda esa Abul Fadl 
Muhammad ibn Idris Daftariy uni turk tiliga tarjima qilgan. 
Ma’lumki, Sharq olimlarigina emas, balki Yevropa olimlari ham barcha 
borliqning asosida to’rt unsur, ya’ni tuproq, suv, havo va olov yotadi deb bilishgan. 
Ismoil Jurjoniy ham inson tanasi mazkur to’rt unsurdan tashkil topganini, u 
sababsiz kasallikka chalinmasligini qayd etadi. Kasallik sababi esa, yuqorida zikr 
etilgan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan to’rt unsur muvozanatining buzilishidan 
kelib chiqadi. Shuning uchun ham Jurjoniy tabobatni malaka hosil qilish yo’li bilan 
qo’lga kiritiladigan fan deb hisoblaydi. 
Ismoil Jurjoniy fikricha, isbot va tafakkur vositasida hosil qilingan narsa ilm 
deb ataladi. Ilm ham o’z navbatida ikki xil bo’ladi: nazariy va amaliy. Nazariy 
ilmlarga adabiyot, mantiq, riyoziyot kirsa, amaliy ilmlar o’z ichiga mexanika, 
tikuvchilik va boshqa qo’l ishlari, hunarmandchilikni qamrab oladi. “Tabobat ilmi 
esa, ayni holda ham nazariy va ham amaliy ilmlardan tashkil topadi”.
Tabobat ilmidan kuzatilgan maqsad tanani butunlikda – sog’lomlikda ushlab 
turishga tibbiy tadbirlar qo’llash yo’li bilan erishmoqdir. Bunday holat bemor 
kishilarning va ularni davolovchi tabiblarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. 
Tabiblar esa, tabiatning barcha siru asroridan boxabar bo’lishlari lozim. 
Ma’lumki, tabiatning eng buyuk mo’jizasi – bu insondir. SHuning uchun ham 
bu mo’jizaning nimadan tarkib topganini bilish– uni davolashning kalitidir. 
Ismoil Jurjoniy fikricha, hayvonot olamining ham o’z mijozi bor, ammo 
insondagi mijozgina mo’tadildir. Bunday natijaga Yevropa olimlari XIX asrning 
oxirlari va XX asrning boshlaridagina erishdilar. Ular butun inson badanida 


65 
bo’ladigan kimyoviy jarayonlar, uning ona qornida paydo bo’lishidan boshlangan 
o’zgarishlar, tug’ilgandan keyingi hayotiy yo’li: chaqaloqligi, o’spirinligi, yoshligi, 
keksaligi, qarilik va o’lim bilan yakunlanadigan hayotiy bosqichlaridagi har bir 
hujayralarning paydo bo’lishi, zavolga yuz tutishi, bir tomondan asab tizimining 
daholati sababli yuz bersa, ikkinchi tomondan, badan a’zolariga ma’lum mijoz 
(temperament)ga ega bo’lgan garmonlarning aralashishi oqibatida yuz berishini 
aniqladilar. Garmonlarning kishi jismiga, ruhiyatiga ta’siri oshkora bilinib turadi. 
G’ariza (instinkt) va hayajon, fe’lu atvor va mijozlar garmonlar ta’siri vositasida 
namoyon bo’ladi. Hozirgi paytda issiq, sovuq, nam va quruq mijozli insonlarning 
bo’lishigi ishonchli dalillarga asoslangan ilmiy haqiqat sifatida tan olingan. Chunki 
ularning manbai asab tizimi, ichki garmonlar amaliyotida ekanligi isbotlangan.[23] 
Ismoil Jurjoniy kishilar mijozi ularning umrlari davomida o’zgarib turishini 
va o’limining tabiiyligini ilmiy jihatdan sodda va ravon tilda tushuntirdi. Insonlar 
umrini u to’rt davrga bo’ladi: 
Birinchi davr – tug’ilish, o’sish va parvarishlash bosqichi bo’lib, 15–16 
yoshgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. 
Ikkinchi davr – yoshlik va yetuklik bosqichi bo’lib, 30 yoshgacha bo’lgan 
vaqtni o’z ichiga oladi. Bundan keyin jismonan o’sish va ulg’ayish davri 
boshlanadi. Ba’zilarda o’sish va ulg’ayish yoshi 35 yoki 40 yoshgacha ham davom 
etishi, shu yoshgacha bo’lgan umrni yoshlik davri deb hisoblash mumkin. 
Uchinchi davr – mo’ysafidlik bosqichi, bu davrda inson to 60 yoshga 
yetguncha yoshlik quvvatidan bahra olib yashashi mumkin bo’ladi. 
To’rtinchi davr – kishi umrining qarilik davri bo’lib, bunda quvvatning 
susayish holati kuzatiladi va bu jarayon umrning oxirigacha davom etadi. 
Qarilikning fazilati shundaki, ba’zilar 60 yosh yashaydi, ba’zilar esa yana 
o’spirinlik, yoshlik va mo’ysafidlik yillari qancha davom etgan bo’lsa, o’shanga 
teng keladigan vaqtgacha yashab, 120 yoshga kirishi mumkin. 
Kishilar bolalik davrlaridan to yetuklik yoshiga yetgunlariga qadar issiq va nam 
mijozga, yetuklik yoshidan so’ng esa issiq va quruq mijozga ega bo’ladilar; 35 
yoshdan keyin bunday holat kamayadi. 


66 
Ismoil Jurjoniyning koinot va inson haqidagi ilmiy mulohazalari voqelikdan 
olingan manbalar asosida shakllangan bo’lib, u insonning tabiiy ehtiyojlari 
cheksizligidan kelib chiqadi va ularni qondirishni aqliy yo’l bilan chegaralashni 
yagona chora sifatida targ’ib etadi. Uning fikricha, haqiqiy lazzat jismoniy huzur-
halovatda, to’kin-sochin hayot kechirishda emas, balki aqliy va ma’naviy 
kamolotga erishishdadir. Narigi dunyodagi behisht, jannat huzur-halovatlarini 
ruhiy, aqliy orom olishlikda deb tushunadi. “Zahirayi Xorazmshohiy” asarini 
tugatgandan so’ng Jurjoniy Marv shahriga keladi. Bu paytda Marv shahri Sulton 
Sanjarning poytaxti hisoblanar edi. Sulton Sanjar unga katta iltifot va izzat-ikrom 
ko’rsatganligi sababli Jurjoniy umrining oxirigacha shu yerda yashadi. Bu yerda 
hadis ilmida Abul Qosim Qo’shayriy bilan muloqatda bo’ldi, tabobat sohasida esa 
mashhur tabib ibn Abi Sodiq bilan hamkorlik qildi. Bundan tashqari Iroq, Fors va 
Xuziston tabiblari bilan, ibn Sinoning ba’zi shogirdlari bilan hamsuhbat bo’ldi. 
Umrining oxirigacha Marv madrasalarida bir necha fanlardan dars berdi. Yoqut 
Hamaviyning “Mujam ul-buddon” asarida keltirilishicha, Ismoil Jurjoniy Marvda 
hijriy 531 (1136) yilda vafot etdi. 
Ismoil Jurjoniyning ilmiy merosidan foydalanish keyingi asrlarda ham 
samarali davom etdi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin