61
Beruniyning „Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar“ asari ham 1029-
yilda G’aznada yoziladi. Oradan bir yil o’tgandan so’ng u o’zining „Hindiston“
nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini
aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit’asini
mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh
asarning vujudga kelishiga Mahmud G’aznavining Hindistonga yurishlari sabab
bo’ldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud
G’aznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomad qiladi va u erda sanskrit tilini
mukammal egallashga muvoffaq bo’ladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi,
urf-odati madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada yuqoridagi asarni
ta’lif etadi. 1030-yili Mahmud G’aznaviy vafot etib taxtga uning o’g’li
Mas’udning o’tirishi Beruniyning ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim o’zining
astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukumdorga bag’ishlab „Mas’ud
qonuni“ deb ataydi. o’rta asrning mashhur olimlaridan Yoqut Al-Xamaviyning
yozishiga ko’ra, Sulton Mas’ud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta
miqdordagi kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Hamaviyning fikricha
„Mas’ud qonuni“ kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan
barcha kitoblarning izini o’chirib yuborgan.[34]
Olim Sulton Mas’udning o’g’li Mavdudning hukmronlik yillarida (1041-
1049) o’zining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“ deb atalgan ikki asarini
yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan bo’lib, jahon
madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy 1048- yili
G’aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan
astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya,
geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa
fanlarning rivojiga noyob hissa qo’sha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning
vatani O’zbekistonda alohida e’tibor qozongan.[19]
Dostları ilə paylaş: