Hayot faoliyati havfsizligi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

Xulosa 
Sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni borasida quyidagi 
xulosalarga kelindi:
1.Hozirgi Markaziy Osiyo hududida O’rta asrlarda yaratilgan ilmiy meros, 
O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tomonidan yaratilgan kashfiyotlar, 
butun jahonning ma’naviy mulkidir. 
2.O’rta asrlar Sharq allomalari qo’lga kiritgan ilmiy yutuqlar va buyuk 
kashfiyotlar dunyoning ulkan mintaqasida ilmiy- madaniy yuksalishga kuchli turtki 
berdi. Ularning ilm-fan va dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos 
hissasi dunyo jamoatchiligi tomonidan Yevropada va dunyoning boshqa 
mintaqalarida Uyg’onish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko’rsatgan Sharq Uyg’onish 
davri sifatida e’tirof etiladi. 
3.Sharq Uyg’onish davri kabi tarixiy fenomenning vujudga kelishi tasodif 
emas, balki qonuniy voqelikdir. Dunyo sivilizatsiyasi tarixidagi madaniyat, va 
ma’rifat, tibbiyot, adabiyot, san’at va me’morchilik, Markaziy Osiyoda ilmiy 
maktablarning 
ochilishi, 
Xivada 
Ma’mun 
akademiyasi, 
Ba’g’dodda 
“Donishmandlik uyi“ (“Bayt ul-hikma”), Samarqandda Ulug’bek maktabining 
paydo bo’lishi iste’dod to’lqinlarining shakllanishi, iqtisodiyotning barqaror 
o’sishi, “Sharq Renessansi”ning shakllanishi va rivojlanishi kabi olamshumul 
o’zgarishlar tarixiy haqiqat ekanligiga yana bir karra ishonch hosil qilindi. 
4. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning o’z tadqiqotlari orqali hali 1025-
yilda- Shimoliy va Janubiy Amerikaning ochilishidan ancha oldin ushbu 
mintaqalarning mavjudligini faraz qilganligining o’zi bitta tarixiy haqiqat. 
5. Abu Ali ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Ahmad al-Farg’oniy kabi tabobat 
ilmining yirik namoyondalari ularning ilmiy faoliyatlari samarasini bugun 
mevasini biz ko’ryapmiz, butun dunyo ko’ryapti. 
6. Sharq allomalari ijodi bilan AQSH, Qohira, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Xitoy, Turkiya, Italiya, Fransiya, Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, va boshqa 


75 
dunyoning deyarli barcha mamlakatlari olimlari chuqur shug’ullanmoqda, keng 
tadqiq etmoqda.
7. Sharq buyuk alloma va mutafakkirlarining bebaho merosi butun 
insoniyatning boyligi ekani hisobga olingan holda, bugungi kunda mazkur merosni 
birgalikda o’rganish, hamda ulardan nafaqat mutaxasislar, balki keng jamoatchilik, 
birinchi navbatda, yoshlar foydalanishi uchun ilmiy sharhlar bilan turli tillarda 
nashr etish borasidagi sa’y-harakatlarini yanada faollashtirish umumiy vazifaga 
aylanmoqda. Bunday hamkorlik samaradorligini oshirish uchun jahonning yetakchi 
tadqiqot markazlari, xalqaro jamg’armalar va tashkilotlarning imkoniyat va 
mablag’larini keng jalb qilish maqsadga muvofiqdir. 
8. Xalq tabobatiga bo’lgan ehtiyoj, bugungi kunda tabiiy o’simliklardan 
tayyorlangan shifobaxsh damlamalarga bo’lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. 
Shuni e’tiborga olib, tabobat ilmining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan 
allomalar ilmiy faoliyati bilan tanishish va ulardan amalda foydalanish kerak. 


76 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin