50
II. 3. Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan rivojlanishiga qo’shgan hissasi.
7-rasm: Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu
Rayhon Muhammad ibn Ahmad
al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika,
geodeziya,
geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o‘rgandi. U
Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi va yoshligidanoq ilm-fanga
qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq
qo‘lida ta'lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha
asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag‘ishlaydi.
Beruniy ona tilidan
tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so‘g‘diy, fors, yunon va qadimgi yahudiy
tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi.[34]
O‘z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u
Xorazmda yashagan davrida, 990-
yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu
kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari
orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom
ettirishga
imkon bermaganligi bois, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga
majbur bo‘ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi
Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So‘ng
qadimgi Ray shahriga bordi, 998-
51
yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o‘zining ikkinchi ustozi tabib,
astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta'lim oldi.
Beruniy «Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («Qadimgi
xalqlardan qolgan
yodgorliklar») asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda
tamomlagan. «Osor al-boqiya» Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning
hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10
dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II
ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi.
Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilindi.
Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita Xorazmning Mahmud g‘aznaviy
tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo‘yadi.
U Xorazmshoh
saroyidagi barcha olimlar bilan birga g‘azna shahriga asir qilib olib ketiladi.
Beruniyning 1017-1048 yillarda g‘aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat
og‘ir kechgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng
mahsuldor davr bo‘ldi. [34]
Dostları ilə paylaş: