Hayot faoliyati havfsizligi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 5-rasm
 
 
 
 
 

 


43 
II. 2.”Tib qonunlari”asarining mazmun va mohiyati 
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik asari “Tib qonunlari” (“Kitob al-qonun 
fit-tib”) hisoblanadi. “ Tib qonunlari ” asosiy qo’llanma va darslik sifatidagi 
qiymatini 5-6 asrdan ortiq saqlab qoldi. Birinchi marta u Strasburgda (ayrim 
manbalarda Milanda)1473-yili bosilib chiqdi.
Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o’zigacha o’tgan 
turli xalq namoyandalari tomonidan yillar davomida tib ilmi sohasida to’plangan 
ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o’z tajribalari bilan 
boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga 
uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida 
tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin dalildir. 
“Tib qonunlari”ning II jildidagi 268 turdagi 
o’simlikdan 170 tasi hozirgi kunda amalda tatbiq 
etilgan bo’lib, 110 tasi davlat dorishunosligining 
turli nashrlariga kiritilgan.[10] 
5-rasm: Abu Ali ibn Sino ”Tib qonunlari” II kitob. 
1982. 
 
 

XI asrning boshlarida yozib tugatilgan "Tib qonunlari"ning ko’p sonli 


qo’lyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi bo’yicha eng mukammal asarga aylanadi. U 
Sharqda 
naqadar 
mashhur 
ekanligini 
jahonning 
turli 
kutubxonalarida 
saqlanayotgan qo’lyozmalarning ko’pligidan ham bilsa bo’ladi. Eron olimi Yahyo 
Maxdaviyning "Fihristi nusxahoi musannafoti Ibn Sino" nomli kitobining o’zida 
"Tib qonunlari"ning 130 nusxasi keltirilgan. O’zFA Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik institutida ham "Tib qonunlari"ning 3 qo’lyozmasi 
saqlanadi. Shulardan eng qadimiysi 1308 yilda ko’chirilgan to’liq nusxadir. 
Sharqda ko’p olimlar, xususan, Muhammad Iloqiy Fahriddin Roziy, 
Muhammad Naxshivoniy, Ibn an-Nafis, Qutbiddin Sheroziy, Mahmud 


44 
Chag’miniy, Abdulloh Oqsaroiy, Kozaruniy, Abdurahmon Misriy, Hakim Ali 
Jiloniy, Ishoqxon ibn Ismoilxon, Hakim Shifoiyxon va boshqa "Tib qonunlari"ga 
sharxlar yozdilar, uni qisqartirib "Qonuncha" nomi bilan kichik qo’llanmalar 
tuzdilar. 
"Tib qonunlari"ning arabcha matni birinchi marta 1593 yil Rimda, 
keyinchalik Qohira (1873, 1877, 1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohurda 
(1905) ham chop etildi, "Qonun" ko’p o’tmay G’arb mamlakatlarida ham shuhrat 
topdi. 1130- yil tarjimonlar guruhi tashkil qilinadi va kremonalik Gerard (1114-
1187 ) "Tib qonunlari"ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi, biroq bu 
ishni keyin XIII asrda yashagan Gerard oxiriga yetkazadi. Umuman "Tib 
qonunlari" lotin tilida 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim 
qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir.[8] 
XIX asrga kelib Yevropada "Tib qonunlari"ga bo’lgan qiziqish orta boshladi 
va uning ayrim qismlari nemis, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilindi. 
Asarni hozirgi zamon tillariga tarjima qilishni O’zbekiston sharqshunoslari o’z 
zimmalariga oldilar, ular "Tib qonunlari" ning 5 kitobini arabchadan o’zbek va rus 
tillariga tarjima qilib, 1954- 61 yillari Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda 
nashr etdilar."Tib qonunlari"ni arabchadan o’zbek tiliga tarjima qilishda 
sharqshunos olimlardan A. Rasulev, S. Mirzayev, U. Karimov, A. Murodov, A. 
Qayumov, A. Urinboyev va Q. Munirov qatnashgan. Ruscha tarjimasida M. A. 
Salye, U. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, P. G. Bulgakov, S. Mirzayev va A. 
Rasulevlar ishtirok etganlar. 
1980- yilda Ibn Sino tavalludining shamsiy hisobda 1000 yilligi munosabati 
bilan "Tib qonunlari" ning qayta ishlangan o’zbek va rus tillaridagi U. Karimov 
tomonidan tayyorlangan to’liq nashri 1979-1983 yillarda chop etildi. Shundan 
so’ng "Tib qonunlari." o’zbek va rus tillarida muxtasar shaklda (3 jildli va 1 jildli) 
yana 4 marta, rus tilida to’liq stereotip shaklda yana 2 marta (10-jildli) nashr 
bo’ldi. Bu tarjimalar asosida zamonaviy tibbiyot va dorishunoslikning turli 
sohalariga oid ilmiy maqola va kitoblar nashr etish hozir ham davom etmoqda. 


45 
"Tib qonunlari" kitobi ko’p yillar davomida tibbiyotdan asosiy dastur bo’lib 
kelgan, hozir ham bir qancha dorilfununlarda o’rganiladi. 
 Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari o’sha davr tabobatini bir necha 
yillarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga 
yaqinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan 
Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn Sino ham 
o’z tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy ko’rsatmalariga 
tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, O’rta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz 
tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va boyitdi. Ibn Sinoning daho tabib 
sifatida shuhrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, 
xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh 
suyagining tuzilishi, tishlarning tuzilishi to’g’risida u Galenga ergashgan holda 
to’g’ri fikrlagan. Uning ko’zning anatomiyasi, ko’rish jarayonining qanday sodir 
bo’lishi va unda ko’z qorachig’ining roli, ko’z muskullarining joylashishi xususida 
yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar
mushaklarning tuzilishi va funksiyalari to’g’risida yozganlari anatomiyaning 
amaliyot bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb 
tan olingan rus olimi N. I. Pirogovnik Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi. 
Ibn Sino “Tib qonunlari”ni 5 kitobga bo’lgan: 
Birinchi kitob-tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy 
masalalari haqida ma’lumot beradi.Tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, xilt 
va mijoz haqidagi ta’limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining “oddiy” 
a’zolari-suyak, tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, mushaklar haqida qisqa anatomik 
ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari,turkumlari 
Hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va 
hayotning hamma bosqichlarida sog’liqni saqlash haqidagi ta’limot batafsil bayon 
qilinadi.[12] 
Ikkinchi kitob-o’sha davr tabobatida qo’llanilgan dori-darmonlar haqida 
zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir.Unda o’simlik, hayvon 
va ma’danlaridan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta’rifi, ularning davolik 


46 
xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon qilingan. Muallif O’rta Osiyo va Yaqin 
Sharq hamda O’rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dori-darmonlardan tashqari 
Hindiston, Xitoy,Yunoniston, Afrika, O’rta yer dengizi orollari va boshqa 
joylardan keltirilagan ko’plab dorivor moddalarni ham ko’rsatib o’tadi. [13] 
6-rasm: Abu Ali ibn Sino ”Tib qonunlari”
3-kitob. 1982. 
Uchinchi 
kitob-inson 
tanasining 
boshidan tovonigacha bo’lgan a’zolarida yuz 
beradigan “Xususiy” yoki “Mahalliy” 
kasalliklar haqida ma’lumot beradi.Ya’ni, bu 
kitob xususiy patologiya va terapiyaga 
bag’ishlangan.Unda bosh, miya, quloq, 
burun, og’iz bo’shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o’pka, yurak, qizilo’ngach, 
oshqozon kasalliklari, so’ngra jigar, o’t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a’zolar 
kasalliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.[14] 
To’rtinchi kitob- inson a’zolarining birortasi xos bo’lmagan “umumiy” 
kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, 
toshmalar, yara- chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar 
kiritilgan. Shuningdek mazkur asarda o’ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, 
moxov, vabo va quturish haqida so’z boradi. Toksikologiyaning ham asosiy 
masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo’limi inson husni va chiroyini 
saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bag’ishlangan, sochni to’kilishdan 
saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan 
vositalar haqida so’z yuritilgan.[15] 
Beshinchi kitob-farmakopiya bo’lib, unda murakkab tartibli dori- 
darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 
1- qismida turli taryoklar (ziddi- zaxarlar), ma’junlar, xabdori, kulchadori, elaki 
dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2-qismida 


47 
muayyan a’zolar- bosh, ko’z, quloq, tish, tomoq, ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i 
a’zolari, bo’g’imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori-
darmonlar keltiriladi.[16] 
“Tib qonunlari”da Ibn Sinoning yozishicha: “Xolis do’stlarimdan biri, 
qo’limdan kelganicha yordam qilishim lozim bo’lgan bir kishi mendan tabobatning 
umumiy va xususiy qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan tibbiy kitob tuzib 
berishimni iltimos qildi. Undagi so’zlar orqali batafsil izohlanishini va aksar 
masalalar qisqa, ammo ochiq-oydin bayon etilgan bo’lishini so’radi. Men dastlab
tibning ikkala qismidagi, ya’ni nazariy va amaliy qismidagi umumiy masalalar 
to’g’risida so’zlamoqchiman. Undan keyin soda dorilar quvvatining umumiy va 
xususiy (juz’iy) ta’siri to’g’risida so’zlayman.So’ngra har bir a’zoda paydo 
bo’ladigan kasalliklar haqida so’zlab, avval o’sha a’zoning tashrihini 
(anatomiyasini) va uning manfaatini (bajaradigan ishini) bayon qilishga 
boshlayman. Bu (Al-qonun) shunday bir kitobki, tabiblikni da’vo qiluvchi va 
tabobat san’ati bilan kasb etuvchi kishining (bu kitobdagi) qoidalarini bilmasdan 
va yod olmasdan iloji yo’q, chunki bu tabibga lozim va zarur bo’lgan muxtasar 
qoidalarni o’z ichiga olgan”[9] 
So’ng Ibn Sino tibning qonunlari haqida to’xtalib o’tadi. Avvalo, tib 
ta’rifida tib ilmi nima ekanligi aytib o’tilgan. Ibn Sino tibbiyotni ilm deb qabul 
qiladi. Tib ilmi bilan odam gavdasining ahvoli sog’liq va kasallik jihatdan 
o’rganilib, uning mavjud sog’ligi saqlanadi va yo’qotilgani qaytariladi. Ibn Sino tib 
ilmini ikki : tib nazariyasi va amaliyotiga bo’lgan. 
Shundan so’ng, tibning mavzulari to’g’risida to’xtalib o’tadi. Tib odam 
gavdasining sog’lig’i va kasalligini o’rganadi.Har bir narsani bilish u narsaning 
sabablari bo’lsa, shu sabablarni o’rganish orqali hosil bo’ladi va kamolga yetadi. 
Shuning uchun tibda sog’liq va kasalliklarning sabablarini bilish kerak bo’ladi. 
Sabablar 4 xil bo’ladi: moddiy, faol (ta’sir qiluvchi), shakliy va tugallovchi 
sabablar. Sabablar haqidagi ma’lumotlardan so’ng unsurlar to’g’risida, mijoz, 
a’zolar mijozlari, yosh va jins mijozlari haqida, xiltlar to’g’risida, a’zoning 
mohiyati va qismlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. 


48 
Sharq mamlakatlari tibbiyotida kasalga tashxis qo’yish va uni davolashda 
mijoz tushunchasiga asoslanganlar.Bu tushuncha o’z navbatida qarama-qarshiliklar 
nazariyasi bilan bog’liq. 
Mijoz tushunchasi ko’p asrlik tarixga ega. Birinchi marta “issiqlikdan kelib 
chiqadigan kasalliklar va sovuqlikdan kelib chiqadigan kasalliklar” mavjud, degan 
fikr qadimgi Xitoy manbalarida bayon etilgan edi. Keyinchalik bu tushuncha 
boshqa Sharq mamlakatlari tibbiyotiga tarqaldi.
Mijoz 
tushunchasining 
mohiyati 
haqida 
turli 
fikr-mulohazalar 
mavjud.Umuman mijoz tushunchasi kasallikning sababi va kelib chiqishini to’rt 
omil: issiqlik, sovuqlik, quruqlik, va ho’llik bilan bog’laydi. 
Shularning har birini o’ziga xos mijoz, deb ataganlar.Amalda ko’proq, issiq 
va sovuq mijozlar e’tiborga olinadi. 
Ibn Sino mijozga shunday ta’rif beradi: “ to’rt unsur to’rt xil qarama- qarshi 
xususiyatga ega. Bu xususiyatlar unsurlarning eng mayda bo’lakchalarida 
joylashgan.Bu bo’lakchalar doimo bir-biriga ta’sir ko’rsatib turadi. Shu o’zaro 
ta’sir bir chegaraga yetganida paydo bo’ladigan xususiyatga mijoz deyiladi.” 
Mijoz-mo’tadil va mo’tadillikdan chiqqan holatda bo’lishi mumkin. Mijoz 
mo’tadil bo’lsa- kishining tanasi sog’lom, mo’tadillikdan chiqsa-kasalliklar paydo 
bo’ladi. Odam uchun eng yaxshisi mijozning mo’tadil bo’lishi. Ibn Sino 
shunita’kidlab yozadi: “Mijoz mo’tadil bo’lganda gavdadagi qarama-qarshi 
xususiyatlar miqdor jihatdan o’rtacha va sifat jihatidan nuqsonsiz bo’ladi. Bunday 
kishi sog’lomdir. Agar qarama-qarshi xususiyatlar o’rtacha bo’lmay, issiqlik va 
sovuqlikka, ho’llik yoki quruqlikka yoki har ikkisiga moyil bo’lsa, mijoz
Nomo’tadil mijoz Ibn Sinoning fikricha, shunday holatki, unda tanadagi 
issiqlik va sovuqlik, ho’llik va quruqlik xususiyatlari uyg’unlikda bo’lmay, ulardan 
biri ustun bo’lib qolgan bo’ladi. 
Nomo’tadil mijoz ikki xil sodda va murakkab bo’ladi. Soddasida mijoz 
xususiyatlaridan faqat bittasi ortiqcha bo’ladi. Bunday holat to’rt ko’rinishda 
namoyon bo’ladi. Birinchi ko’rinishda issiqlik keragidan ortiq bo’lib, ho’llik va 
quruqlik o’zgarmaydi. Ikkinchi ko’rinishda quruqlik keragidan ortiq bo’lib, issiqlik 


49 
va sovuqlik o’zgarmaydi. Uchinchi ko’rinishda ho’llik keragidan ortiq bo’lib, 
sovuqlik va issiqlik ortiqcha bo’lmaydi. To’rtinchi ko’rinishda- sovuqlik keragidan 
ortiq bo’lib, quruqlik va ho’llik o’zgarmaydi. Bu to’rt holat o’zgarib turishi 
mumkin.
Har bir tirik mavjudotning o’ziga xos mijozi bo’ladi.Eng mo’tadil mijozga 
ega bo’lgan mavjudot odamdir. Kishi mijozining qanday bo’lishi juda ko’p ichki 
va tashqi omillarga bog’liq.Ichki omillar odam gavdasiga uni tashkil qiluvchi 
unsurlar bilan kirgan issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho’llik kabi xususiyatlardir. 
Tashqi omillarga jug’rofiy va iqlim sharoitlari, oziq-ovqat xillari, ichimliklar, dori-
darmonlarning o’z mijozi bo’ladi, ular shu mijozlar bilan ta’sir qiladi. Shu ta’sir 
natijasida kishi mijozi o’zgarishi mumkin. 
Ibn Sino issiq mijozni yuqori baholagan. Issiq mijozli kishilar kasalliklarga 
uncha chalinmaydigan, baquvvat va kuchli bo’ladilar.
Mijoz yoshga qarab ham o’zgaradi. Masalan, yosh bolalarda hamda 
o’smirlarda mijoz issiq va ho’l xususiyatga ega bo’ladi. O’sishdan to’xtagan 
yoshda issiqlik mijozi ozayadi. 40 yoshdan keyin sovuqlik mijozi ko’payadi. 
Qarilikda mijoz quruq va sovuq bo’lib qoladi. Erkaklar issiq, ayollar sovuq 
mijozli bo’ladilar.[8] 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin