O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am

Kerr effektini suyuqlikda ko’rsatuvchi qurilma. 
Kerr yacheykasiga suyuqlik (m: nitrobenzol) solingan elektr maydon 
bo’lmasa, nur A va P perpendikulyar bo’lganda o’tmaydi. Agarda shu holda elektr 
maydoni ulansa nur o’tadi, ya’ni 

= L(n
o
- n
e
) = K
2
L E
2
yo’llar farqi yuzaga 
keladi. L – masofa. 





2
= 2VE
2
V = K
2
/

- Kerr doimiysi. 
Bu hodisaga sabab, suyuqlik molekulalarining turli yo’nalishlar bo’yicha 
turlicha qutblanishidir. Bu jarayon inersiyasiz 10
-10
s da yuz beradi. Shuning uchun 


54 
u ideal yorug’lik zatvori bo’lib xizmat qilishi mumkin. (ovoz yozishda, ovoz 
eshittirishda, tez fotografiyada va kinoda yorug’lik tarqalishini o’rganishda va 
hakazolarda). Bundan tashqari optik lokasiyada, optik telefonda, mashinalar 
faralariga qutblagich qo’yib, qarama-qarshi yo’nalishda kelayotgan avtomabil 
chiroqlarini o’zaro perpendikulyar tekislikda qutblash mumkin. Natijada 
haydovchilar ko’zi qamashmaydi.
Magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligining buralishini Faradey 
aniqladi va unga Faradey effekti deyiladi. Bu esa optik va magnit hodisalar bog’liq 
ekanini ko’rsatuvchi dalildir. 
Keyingi yillarda yorug’likni qutblash uchun qutblagichlar keng 
ishlatilmoqda. Qutblagich qalinligi 0,1 mm ga yaqin bo’lgan shaffof polimer 
plyonka bo’lib, unda ko’plab mayda sun’iy kristalchalar – qutblovchilar, masalan, 
gerappatit kristalchalari (yod ximin sulfati) bo’ladi. Gerappatit barcha 
kristalchalarining optik o’qlari qutblagich (polyaroid)ni tayyorlashda bir 
yo’nalishda orentirlanadi. Qutblagich plyonkasi unchalik qimmat emas, juda 
elastik, yuzi katta, ko’rinuvchi yorug’likning barcha to’lqin uzunliklarini deyarli 
birday (juda oz) yutadi. 
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan 
quyosh nurining atiga 5% ni bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy 
uchun 3,26%, kartoshka uchun 3,02%, makkajuxori uchun 2,35 va h.k). 
O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi, shuning uchun 
q/x ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan foydalanish 
koeffisentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik berish kerak. Bunda 
o’simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa berilgani holda 
sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi. Yorug’lik teri qatlamiga ham ta’sir qiladi. 
Ko’rinadigan va infroqizil nurlar asosan terining sirtini qizdiradi. Ultrabinafsha 
nurlar tashqi qatlamda fotokimiyaviy reaksiyani vujudga keltiradi, buning 
natijasida qo’ng’ir pingment hosil bo’ladi (kuyish), bu pingment melanin deyiladi 
va ultrbinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan tashqari 
ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri organizmga 
foydali ta’sir ko’rsatadi, u yuqumli kasalliklarga qarshilik ko’rsatadi va modda 
almashinuvini yaxshilaydi. 
Odam, hayvon va o’simliklar uchun yorug’lik zarurdir, uning etmasligi 
organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli 
ultrabinafsha nurlar kuchli baktrisid ta’sirga ega. Bundan binolarning havosini 
tozalash, sutni stirlizasiya qilish va h.k larda ishlatiladi. Bu nur kvars lampalar 
yordamida hosil qilinadi. Yerga etib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkm dan 
qisqa to’lqinli nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori 
qatlamlari (12-50 km) ozan batamom yutib qoladi. 
Infroqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish, 
eshitish hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi. Ilonning boshida 
ko’zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos 
«termolakatorlar» - infroqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi. Bu yordamida turli 
mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib 


55 
oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon 
o’z o’ljasiga aniq tashalanadi. 1 yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna 
organik modda hosil bo’ladi.
 
Elektronmagnit nurlanish eletr zaryadlarining xususan moddaning atomlari 
va molekulalari tarkibiga kiruvchi zaryadlarning tebranishi sabali bo’ladi. Masalan, 
molekulalar va atomlarning tebranma va aylanma harakati infroqizil nurlanishni, 
atomda elektronlarning muayyan ko’chishlari, ko’rinadigan va infroqizil 
nurlanishni, erkin elektronlarning tormozlanishi esa rentgen nurlanishni va h.k 
larni vujudga keltiradi. 
Tabiatda elektromagnit nurlanishning eng keng tarqalgan turi issiqlik 
nurlanishidir. Bu nurlanish moddaning atomlari va molekulalarining issiqlik 
harakati energiyasi hisobiga, ya’ni modda ichki energiyasi hisobiga bajariladi va 
shuning uchun nurlanayotgan jismning sovushiga olib keladi. Issiqlik nurlanish 
absolyut noldan boshqa har qanday temperaturada bo’ladi va tutash spektrga ega. 
Har qanday jism nur chiqarish bilan nur ham yutadi. Shu sabali issiqlik muvozanati 
o’rinlidir. 

Jismning nur chiqarish qobiliyati Re deb (uni ba’zan energetik 
yorqinlik deyiladi), jism sirtining 1 sek da chiqaradigan energiya kattaligiga 
aytiladi (j/ m
2
s).
Har qanday temperaturada o’ziga tushgan nurni to’la yutuvchi jismlarga 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin