43
mineralogik tarkibini o'zgartirib turish mumkin.
Silikat modul. Silikat modul (n) qumtuproq modul deb ham ataladi. Bu
modul reaksiyaga kirishgan kremniy ikki oksid miqdorining alyuminiy va temir
oksidlari miqdoriga foiz hisobidagi nisbatini ko'rsatadi:
Awallari klinker tarkibini ifodalash uchun faqat gidravlik (boshqacha asosli)
moduldan foydalanilgan. Bu modul birikkan kalsiy
oksid miqdorini kislota
oksidlar miqdoriga nisbatini ifodalaydi.
Zamonaviy sement kiinkerlarining bosh moduli BM-1,7-2,4. Biroq gidravlik
modul klinker sifatini xarakterlash uchun yetarli emas edi. Shuning uchun yana
ikkita modul: silikat (qumtuproq) va giltuproq (alyuminat)lar kiritildi.
Silikat modul (
n) boshqa oksidlar bilan reaksiyaga kirishgan kremniy oksid
miqdorini va klinker tarkibidagi alyuminiy hamda temir oksidlar yig'indilarga
nisbatini ko'rsatadi.
Xomashyo aralashmasi tarkibidagi kremniy ikki oksid ohak bilan hamma
vaqt C
3
S va C
2
S
holida birikavermaydi, shu tufayli birikkan qumtuproq miqdori
kremniy ikki oksidining umumiy miqdori SiO
2
umumiy va erkin holda qolgan SiO
2
erkin miqdori ayirmasi bilan ifodalanishi mumkin.
Shuning uchun silikat modul
quyidagicha yoziladi:
n sementdagi silikat minerallari eruvchan minerallar (klinkeming
alyumoferrit, alyuminat qismlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlaydi.
Oddiy portlandsementlar uchun silikat modul qiymati 1,7-3,5; sulfatga
chidamli portlandsement uchun esa 1,7 - 4.
Giltuproq (alyuminat) modul
p alyuminiy oksid miqdorining temir oksid
miqdoriga nisbatini ifodalaydi:
p klinkerdagi uch kalsiy alyuminatning temir oksid
bor birikmalarga nisbatini ifodalaydi.
Giltuproq modul qiymati oddiy portlandsementlar uchun 1 - 3. Silikat modul
katta qiymatga ega bo'lganda ham xomashyo aralashmasini
qovushtirib pishirish
qiyinlashadi. Hosil bo'lgan sement sekin tishlashadi va sekin qotadi, biroq
keyinchalik uning mustahkamligi yuqori bo`ladi.
Alyuminat moduli kichik
qiymatga ega bo'lganda portlandsementlar minerallashgan tuzlar ta'siriga chidamli
bo`ladi.
p katta qiymatga ega bo'lganda esa sementlar tez tishlashadi va qotadi,
ammo oxirgi mustahkamlik ko'rsatkichi past bo`ladi.
Silikat modul katta boisa, klinkerda C
3
A va C
4
AF kam,
ammo C
3
S va C
2
S
ko'p, giltuproq modul katta bo`lsa, klinkerda C
3
A juda ko'p, biroq C
4
AF kam
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: