ko„zida yosh kelgan sarson-sargardon kishilarga (hayajon bilan), qanday
yordam berishni bilmay, (kichik pauza) qattiq qayg„uga cho„mgan edi”
1
.
(afsuslanish ohangida o„qish, ovoz ko„tariladi va tushadi)
Parchadagi mantiqiy urg„u tushishi mumkin bo„lgan so„zlar talaffuzida ovoz
imkoniyatlari ishga solinib, ifodali o„qilishidan buzg„unchilikka qo„l urgan
qarovsiz va yetim bolalar yaqinlarining mustarligi va Hirot zamini farzandlari
kelajagidan kuyunayotgan Shaxsning o„ksik qalbini to„lig„icha tasavvur qilish
imkoniyati yuzaga keltiriladi.
So„zlarni aniq talaffuz qilish; talaffuzda bo„g„inlarga e‟tibor berish; nutq
maromi (tez, o„rta, sekin)ni o„zgartirib turish; ovoz balandligi (past, o„rta,
yuqori)ga ahamiyat qaratish orqali his-hayajonni ifodalay olish, (buning uchun
aynan bir so„zni turli ohanglarda talaffuz qilish) ifodali o„qish ko„nikmalarini
takomillashtirishga zamin yaratadi.
“Karvon sokin bir salobat va marom bilan ilgarilaydi, har kim o„z o„y-
xayoli bilan band... Faqatgina Mahmud Zamaxshariy bilan yonma-yon borayotgan
gurganjlik zargar Jaloliddin tinmay gapiradi...”
2
.
P.Shermuhamedovning “Yaxshilar bahori yoxud Mahmud Zamaxshariy
dahosi” asaridan olingan mazkur parchaga vazmin ohang yuklab salmoq bilan
o„qilishi o„quvchilarning haj safariga otlangan Zamaxshariy va hamrohlarini, Jidda
bilan Makkai mukarrama orasidagi bepoyon dashtlardagi xurmozor bog„lar
yonidan asta-sekinlik bilan odimlayotgan tuyalar karvonini tasavvurida
jonlantirishga, ziyoratchilarning tashqi va ichki portretini idrok etishga yordam
beradi.
Ifodali o„qish texnikasi ustida ishlashni to„g„ri talaffuzning eng sodda
usullari, jumladan, savodli nutqdan boshlash zarur. Nutq savodini (to„g„ri nafas
olish, urg„uni to„g„ri qo„yish, aniq talaffuz) o„qituvchi mashg„ulot jarayonida
ko„rsatib beradi. Asosiysi – ovoz bilan fikr va hislarning turli tovlanishlarini bera
olish ko„nikmasidir. Aynan turli intonatsiyalarning mavjudligi ifodali va oddiy
nutqni bir-biridan ajratib turadi.
Har bir belgi so„z, so„z birikmalari va gap turlarining qanday ma‟no
ifodalashiga xizmat qiladi. Yakka tinish belgilari butunni qismlarga ajratadi va ular
orasidagi chegarani belgilaydi. Nuqta gap tugaganligini anglatib, uning ma‟no
jihatdan yakunlanganligini ko„rsatadi, ko„p nuqta esa fikr tugallanmaganligini
bildiradi. Ikki nuqta ogohlantirish intonatsiyasiga xizmat qiladi. Qo„shtirnoq
o„zgalar nutqi, qavslar ikkilamchi fikrni ifodalaydi va hokazo. Masalan,
Muhammad Alining quyidagi fardida qo„llanilgan tinish belgilari ayrim kaltabin,
nokas kimsalar vaziyatga qarab buqalamun kabi qiyofasini o„zgartirishi, ezgulikni
qadrlay olmasligini baholashga zamin yaratadi:
Yelkamga oyoq qo„yishib, yana:
“Yelkang qattiq!” – deya qilurlar ta‟na!..
1
1
Оmon Muxtor. Navoiy va rassom Abulxayr. –Т.: Sharq, 2006. –206-bet.
2
Shermuhamedov P. Yaxshilar bahori yoxud Mahmud Zamaxshariy dahosi. –Т.: Noshir, 2010. – 99-bet.
65
Adabiy talaffuzni to„g„rilash uchun o„quvchilarga o„qituvchi va suxandonlar
nutqini diqqat bilan tinglash, so„z talaffuzini orfoepik lug„atdan tekshirib olish
tavsiya etiladi. Badiiy matn ustida ishlayotganda o„quvchilar ifodali o„qishga,
muallif fikrini intonatsiya bilan bera olishga, qalamga olingan voqeani fikran
tasavvur qilishga o„rganadilar.
Aynan bir iborani turlicha marom va intonatsiya bilan talaffuz qilish
mumkin. Fikr bildirish maromi matn mazmuniga ko„ra quvonchli, qayg„uli,
tantanali, ishonchli, da‟vatkor, iltimos singari turli ohangda ifoda etiladi.
Og„zaki nutqda ma‟nosi muhimroq bo„lgan so„z, ibora yoki gaplar ovozni
balandlatish – mantiqiy urg„u bilan ajratib ko„rsatiladi. Ovoz chiqarib ifodali
o„qish his-tuyg„ularni ifodalash madaniyatini tarbiyalaydi.
O„qish texnikasi ta‟limning barcha bosqichlarida matn mazmunini tushunish
ko„nikmasi bilan bir paytda ro„y beradi. Ifodali o„qish ko„nikmasini
mustahkamlash va takomillashtirib borishda alohida mashg„ulotlar tashkil qilish,
bunga tayyorgarlik jarayonida o„quvchini shoir yoki yozuvchining hammuallifi
bo„lib qolishiga ishontirish muhim o„rin tutadi.
9-sinfda Ikrom Otamurodning “O„rin” dostonini ifodali o„qishga o„rgatishda
olam va odamning yaralishi, hayotda har kimning o„z o„rni borligi yoki
aksinchaligi anglanishiga erishiladi. Shoir kun va tun, yer va osmon, botin va
zohir, sobitlik va lafzsizlik, diyonat va nafs, ibtido va intiho, toqatsizlik va
chidam, keksa va yosh kabi bir-biriga zid tushunchalarni yonma-yon qo„llash
orqali inson hayotining dramatik holatlarini aks ettirishga harakat qilganiga e‟tibor
qilaylik: Andisha nochor kibor tovidan. Qadr dog„lanadi ilashsa jabr. Burd
yo„qolgaydir beburd sovidan. Dilga madaddir dildagi sabr
2
.
Dostonda lirik qahramon yuragini qiymalab og„riq berayotgan dard-alamlar
qisqagina “... Nimadir... ... Qachondir... ... Kimdir...” misralariga mohirlik bilan
singdirilgan.
So„roq va gumon olmoshlaridagi ohangni ilg„ab, satrlar boshi va oxiridagi
uch, bandlar orasidagi ko„p nuqtalar mavjud o„rinlarda sukut saqlab, to„xtamlarga
rioya qilib ifodali o„qish dunyoning o„tkinchiligi haqida insoniyatga shu kungacha
jumboq bo„lib kelayotgan va yechimiga javob izlanayotgan muammolar haqida
mushohada yuritishga chorlaydi. Koinotning cheksizligi, osmon jismlarining
harakatlari, zamon va makon o„rtasidagi bog„liqlik haqida o„ylashga majbur etadi.
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida ifodali o„qish rejasi o„qituvchining
yoddan o„qishi, asarning g„oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida suhbat o„tkazish,
nutq kompozitsiyasi ustida ishlash, intonatsiya va maromni aniqlash, qayta
hikoyalash kabi faoliyat turlarini ko„zda tutgan holda tuziladi.
Asarni ifodali o„qish doim uning tahlili bilan bog„liq. Tahlil badiiy asarning
o„ziga xosligi haqida o„quvchilar tasavvurini chuqurlashtiradi, undagi nafosatni
his qilishga imkon beradi. Masalan, 6-sinfda o„quvchilarni Hamid Olimjon ijodi
bilan chuqurroq tanishtirishga mo„ljallangan mashg„ulotlarda adabiyotshunos olim
1
XX asr she‟riyati antologiyasi. Мuhammad Аli. Fardlar. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. – 176-bet.
2
Ikrom Otamurod. O„rin. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013. №3, – 32-bet.
66
N.Karimovning “Hamid Olimjon” nomli ma‟rifiy-biografik romanidan unumli
foydalanish o„quvchini shoir shaxsiyatining noma‟lum qirralaridan voqif etadi.
O„qituvchining kirish so„zi “Eng gullagan yoshlik chog„imda”, “Xayolimda
bo„lding uzun kun”, “O„rik gullaganda” kabi she‟rlarning yozilish tarixi bilan
boyitilsa, shoir ijodiy ustaxonasi haqida kengroq tushunchaga ega bo„linadi.
“O„rik gullaganda” – tabiatning yaratuvchanlik qudratidan junbushga kelgan
sohir qalb tuyg„ulari mahsuli. She‟r 1937-yilning 30-martida yozilgan.
Qozog„iston safaridan qaytgan kuni saharlab uyg„ongan shoir ilohiy mo„jiza
qoshida lol qoladi. “ Derazadan quyosh yog„dusi emas, balki allaqanday
pushtirang shu‟la tushib, uning ko„zini qamashtirib yubordi. Kuni kecha u
Olmaotaga yo„l olganida, hali mast uyquda yotgan o„rik daraxti chaman bo„lib
ochilgan edi”
1
.
Shoirni to„lqinlantirgan bu latiflikdan ohorli tashbehlar dunyoga keladi:
“Novdalarni bezab g„unchalar, Tongda aytdi hayot otini...”
Ushbu voqea hikoya qilingach, she‟r yoddan ifodali o„qilishi, unga
bastlangan qo„shiq eshittirilishi o„quvchilarni xayolan lirik qahramonning o„sha
paytda tuygan holatni chuqurroq anglashga, asar g„oyasini idrok qilishga yordam
beradi. Turli janrdagi asarlarni idrok etish asosida o„quvchi so„z zamiridagi ma‟no
tovlanishlaridan zavqlanadi, inson ruhiyati bilan bog„liq sir-sinoatlarni anglash sari
qadam qo„yadi.
Dostları ilə paylaş: |