57
mazmunan o„zbek xalqining “Yaxshidan bog„ qoladi” maqoliga yaqin va
hamohangdir, degan xulosaga kelish mumkin.
Hikoyat davomi shu tarzda nihoyasiga yetkaziladi va unga 4-5 daqiqa vaqt
sarflanishi ko„zda tutiladi.
2. Navbatdagi usul
“Kim nimani bilib oldi?” deb nomlanadi. Bunda
o„quvchilarning mustaqil o„qishlari darsdan tashqari vaqtlarda maxsus
so„rovnomalar o„tkazish yo„li bilan aniqlanadi. Savol va topshiriqlarda quyidagilar
aks etadi:
1. Ism-familiyangiz?
2. Tavsiya etilgan asarlardan qaysilarini o„qidingiz?
3.O„zingizga manzur bo„lgan hikoyat va hikmatlardan namunalar keltiring.
4. Qaysi qahramonlarning xatti-harakatlari sizga ma‟qul bo„ldi?
5. Voqealar bo„lib o„tgan joylardagi tabiat manzaralarini tasvirlang.
6. Asarning o„zingizga yoqqan lavhalaridan misollar keltiring.
Sahifa yakuniga “Qiziqsangiz, bir o„qib ko„ring...” jumlalari qayd etilib, har
bir o„quvchi uchun muayyan asardan alohida tanlab olingan parchalar taqdim
etiladi. Jumladan:
Ali yo„lda borarkan shasht ila to,
Chumoliga ziyon etkazdi nogoh.
Chumoli qo„l-oyoq silkirdi nolon,
Ali ko„rdi va bo„ldi ko„ngli vayron...
1
Bir beozor jonzotga behosdan aziyat yetkazib qo„ygan hikoyat
qahramonining ko„nglidan nimalar kechganligini bilish istagidagi o„quvchi,
albatta, kitob varaqlashga kirishishi, shubhasiz.
Izlanishlari samarasini belgilab beruvchi mashg„ulot ko„rinishidagi
Dostları ilə paylaş: