Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
Hikoya qilish – o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatish, his-tuyg„ulari 
va nutqini boyitish orqali matn tahliliga tayyorlaydi. Matn mazmunini hikoya 
qilish jarayonida o„quvchi unga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish 
imkoniyatiga ega bo„ladi.
Ma‟lumki, o„quvchilar
Kaykovusning
“Qobusnoma” asari bilan 
boshlang„ich sinflarning o„qish darsliklarida keltirilgan pandnomalar orqali 
tanishtiriladi.
8-sinfda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” dostonidan bek kishi 
qanday bo„lmog„i kerakligi haqidagi boblar o„rganilishi rejalashtirilgan
1

O„qituvchi mavzu bilan tanishtirishdan bir necha kun oldin “Qutadg„u bilig” kabi 
nasihatnoma ruhida yozilgan “Qobusnoma” asaridagi hikoyatlarni mustaqil 
o„qishga tavsiya etadi. 
Har ikkala asarning o„zaro mushtarak jihatlari aniqlanib taqqoslanishi, 
mantiqiy izchillikda, taassurotlar asosida to„liq, ayrim lavhalar bo„yicha matnga 
yaqinlashtirib yoki qisqartirib hikoyalash vazifasini bajarish o„quvchilarda 
lingvistik, nutqiy, kreativlik va pragmalingvistik kompetensiyalar rivojishga 
xizmat qilishi bilan o„ziga xoslik kasb etadi. Jumladan, “Omonatni saqlamoq 
zikrida”
2
hikoyatidagi o„g„ri va hammomga boruvchi kishi dialogi o„quvchi 
tomonidan quyidagi tarzda ifodalanishi nazarda tutiladi
So„zlovchi: 
Tong qorong„isida hammomga borishni ixtiyor etgan bir kishi yaqin 
do„stidan o„ziga hamrohlik qilishni so„raydi. Zarur ishi bor haligi kishi esa
hammomgacha birga borishini, lekin u yerga kirishga imkoni yo„qligini aytadi. 
Yo„l ayrilgan joyga yetganida esa og„aynisini xabardor qilmay ortiga qaytib ketadi. 
Ittifoqo, bir o„g„ri hammomga boruvchining izidan ergashib, uni ta‟qib 
ostiga oladi. Ortidan kelayotgan o„g„rini g„ira-shira pallada do„stim deb o„ylagan 
kishi undan yuvinib bo„lguniga qadar yuz tillosini saqlab turishini iltimos qiladi.
Zarni olgan o„g„ri haligi kishining qaytishini poylab o„tirishga majbur 
bo„ladi. Hammomdan chiquvchi kishi kiyinib olgach, o„z yo„liga ravona bo„ladi. 
O„g„ri uni chaqirib oltinlarini olib ketishini, shu omonatni deb bugun ishidan 
qolganini aytadi. Boyagi kishi esa bundan hayron qolib uning kimligini, oltinlarni 
qayerdan olganini so„raydi. 
1
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo„l poligraph service, 2010. 
– 
77-bet. 
2
Каykovus. Qobusnoma. –Т.: O„qituvchi, 2006. 
– 
90-91-betlar.


76 
O„g„ri tillalar bir qancha muddat ilgari o„sha kishi tomonidan o„ziga 
topshirilgan omonat ekanligini ma‟lum qiladi. Agar ming tillo bo„lsa ham andisha 
qilmay olib ketishi mumkinligini, ammo ishonchni suiste‟mol qilmoq, labzsizlik
juvonmardlik (saxiylik)dan emasligini ta‟kidlaydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin