Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

. Tashkiliy qism. Taklif etilgan mehmonlar va o„quvchilar o„zlariga 
belgilangan joydan o„rin oladi. Tomonlar ekran orqali bir-birlari bilan 
salomlashadi. O„qituvchi mashg„ulot maqsadi va vazifalari bilan tanishtiradi. 
Belgilangan vaqt oralig„ida muayyan o„quvchi ijodkorni sinf hayoti bilan 
tanishtiradi.
1
Rustamov S. Innovatsion texnologiyalar uyg„unligi. // Ma‟rifat. –Т.: 2011, 13-aprel
. – 
3-bet. 
2
Erkaxo„jayev va boshq. Internet orqali bolalar adibi bilan suhbat. //Tarbiya. –Т.: 2012, №3
. – 
15-17-betlar.


90 
II. Kirish qismi. “Power Point” dasturida tayyorlangan prezentatsiyada 
ijodkorning izlanishlari, uslubi va mahorati asarlari misolida matn, tasvir (foto, 
manzara, jadval, diagrama kabi grafik organayzerlar), animatsiyalar shaklida 
slaydlarda o„z ifodasini topadi.
 III. Asosiy qism. Mashg„ulotning kulminatsion nuqtasi hisoblanadigan bu 
jarayonda o„quvchilar dastlab adibdan o„zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish 
imkoniyatiga ega bo„ladilar. Jumladan, N.Norqobilov bilan uyushtirilishi mumkin 
bo„lgan mashg„ulot uchun ijodkorga quyidagicha savollar tayyorlanadi: 
1. Badiiy ijod sohasiga qiziqishingiz qanday boshlangan? 
2. “Chorraha” nomli ilk hikoyangiz chop etilganda ko„nglingizdan kechgan 
tuyg„ular bilan o„rtoqlashsangiz. 
3. Hayvonlar hayoti haqida asarlar yozishga qanday omillar turtki bo„lgan? 
4. Asarlaringizda tasvirlangan Ismsizdara, Toshliburun, Egarliqoya kabi 
ko„plab joylar haqiqatan ham bormi yoki ularni o„zingiz o„ylab topganmisiz?
5. Hayvonot dunyosi aks ettirilgan qaysi asarlaringiz asosida film suratga 
olinishini istar edingiz?
6. Sir bo„lmasa, ayni damlarda bolalarga bag„ishlab qanday asarlar 
yozayapsiz?
7. Bugungi yoshlarning kitobxonlik darajasi haqida nimalar deya olasiz?
O„z navbatida ijodkor ham savollar bilan murojaat qilib, o„quvchilar bilimi 
va dunyoqarashini baholaydi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin