98
XULOSA
Har qanday mamlakatning jahon hamjamiyatida tutgan o„rni, e‟tibori va
istiqboli intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Ахborot-коmmunikatsiya asrida,
inson huquqlari va erkinligini himoya qiladigan demokratik, huquqiy davlat hamda
fuqarolik jamiyati barpo qilayotgan hozirgi davrda intellektual salohiyatga bo„lgan
talab yanada oshdi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tа‟kidlab ko„rsatganidek, “O„zining
tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va
ko„paytirishga, shuningdek, unib-o„sib kelayotgan yosh avlodni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e‟tibor qaratmaydigan,
har tomonlama uyg„un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o„z qarash va
yondashuviga, grajdanlik pozisiyasiga ega bo„lgan shaxsni kamol toptirishni o„z
oldiga maqsad qilib qo„ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot
yo„lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz yaxshi tasavvur qilib
kelganmiz va yaxshi tasavvur etamiz”
1
.
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida
amalga oshirilayotgan islohotlarda ayni shu masala ijrosi ko„zda tutilishi bejiz
emas. Zero, ta‟lim texnologiyalarini takomillashtirish jamiyatning umumiy
taraqqiyoti,
ijtimoiy-iqtisodiy,
ma‟naviy-madaniy rivojlanishida poydevor
vazifasini o„taydi. Shunday ekan, adabiy ta‟lim jarayonida o„quvchilarning
mustaqil mutolaaa madaniyatini tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini tahlil
qilish, uning yoshlarda komillik sifatlarini tarkib toptirishdagi o„rni va rolini,
xususan, badiiy-estetik tafakkuri rivojiga doir texnologiyalarni tadqiq qilish
intellektual salohiyat tarbiyasi bilan bog„liq g„oyat muhim pedagogik muammo
sanaladi.
Mazkur muammo yuzasidan monografiyada dars va sinfdan tashqari o„qish
o„rtasidagi integratsiyani to„g„ri yo„lga qo„yish, o„rganilgan yangi mavzu va
mustaqil ishlrning mazmunini takomillashtirish, badiiy asar matni ustida individual
va jamoa bo„lib ishlashga yo„naltiruvchi texnologiyalarni samarali qo„llashga doir
qarashlar ilgari suriladi.
Mustaqil o„qib-o„rganishsiz adabiy ta‟limda muhim natijaga erishish
mumkin emas. Maktab paytida mutolaa ko„nikmasi shakllantirilmas ekan,
o„quvchida kitob o„qishga bo„lgan qiziqish asta-sekinlik bilan yo„qolib,
keyinchalik butunlay so„nadi.
O„qish malakasiga ega bo„lmas ekan, o„quvchi kundalik adabiy jarayon
izidan yetib olishga, gazeta va jurnallarni muntazam mutolaa qilishga ulgurmay
qoladi. Ayonki, o„quv dasturlari mumtoz namunalardan tashkil topgan. Zero,
adabiyot – tirik, doimo rivojlanib boruvchi jarayondir. O„quvchining bu jarayon
bilan qiziqmay qo„yishi uni dolzarb yangiliklardan, muhim axborotlardan mahrum
qilib qo„yadi.
1
O„rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va
ahamiyati. –T.: O„zbekiston, 2014. – 24-25-betlar.
99
Bugun maktablarda adabiyotdan sinfdan tashqari o„qishni tashkil etishda
yoppasiga qoloqlik mavjudligi yaxshi ma‟lum. Maktablarning kitob fondi zarur
adabiyot namunalari bilan to„ldirilmaganligi, aksariyat kutubxona xodimlari aynan
sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlariga yordam berish uchun tayyorgarlik
ko„rmasligi, bu boradagi malakasizliklar o„quvchilarni mutolaaga qiziqtira
olmaslik kabi nuqsonlarni keltirib chiqarmoqda. Binobarin, bularning bari o„quv-
tarbiya jarayoni tizimida metodik jihatdan kamchiliklarga yo„l qo„yilayotganligini
ko„rsatib turibdi. Umuman, ta‟limdan ko„zlangan maqsadga erishishda pedagogik
vazifalar aniqlashtirilib, islohotlarda hujjatlashtirilib borilmas ekan, sinfdan
tashqari o„qishni tashkil etish usullari ham takomillikka muhtoj bo„lib qolaveradi.
O„qituvchilar faoliyatini ilmiy-metodik tadqiqotlarga qiyoslab, tahlil
qilganimizda mustaqil o„qishni tashkil etishda aniqlashtirilishi, rivojlantirilishi,
to„ldirilishi zarur bo„lgan quyidagicha umumiy holatlar qayd etildi:
– muttasil mutolaa – adabiyot darslariga qo„shimcha ravishda har kuni
mustaqil o„qishni tashkil etish (“Kitobsiz kun o„tmasligi kerak...”);
– o„quvchining kitobxon sifatidagi shaxsiy tashabbusini, asar tanlashda
erkinligini hurmat qilgan holda mutolaa yo„nalishini pedagogik, tarbiyaviy-
ma‟rifiy yo„lga solish (Yangi yoki tarixiy kitoblarning tug„ilgan kunlarini
o„tkazish tarzida);
– mustaqil o„qish jarayoni va natijalarini “Kitobxon kundaligi” daftariga
maxsus qayd etish, topshirilgan vazifalarning qay darajada bajarilganligini yozib
borish; mutolaaga ijodiy yondashishni tarbiyalash;
– “Asar bilan hamnafas kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon o„quvchi”, “Men,
ota-onam, bobom va buvim – kitobxon oila” mavzularida ijodiy-ma‟rifiy
tadbirlarni tashkil etish (bu xil mutolaada o„qib tugatilgan kitob o„z navbatida
boshqa asarning o„qilishiga rag„bat uyg„otishi, bir mutolaa ikkinchisiga sabab
bo„lishi zarur);
– sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarini tobora takomillashtira borib,
mutolaa yo„nalishlarini sekin-astalik bilan etnomadaniy mavzularga burgan holda
o„quvchilarni “Barkamol kitobxon” darajasiga yetkazish, davr talabiga javob bera
oladigan “Zukko kitobxon”ni tarbiyalash;
– kitobxonlik saviyasini oshirish uchun oila va jamoatchilik hamkorligida
“Farzandimga kitob sovg„a qilaman” shaklidagi kitob marafonlarini amalga
oshirish;
– mutolaa faolligini real shart-sharoitlardan kelib chiqib rivojlantirish, bu
boradagi moddiy bazani ta‟minlash uchun sinfdan tashqari majburiy o„qish va
natijalarini qiyoslab borish;
– boshlang„ich sinflardan boshlab dastavval mutolaa natijasida tug„iladigan
ma‟lumotlarni (muallif, asar, qahramonlar nomi, sanalar, sahifalar soni va hokazo)
majburiy tarzda qayd ettirish, keyinchalik esa, bu jarayonni takomillashtirib,
o„quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini rag„batlantirish, mukofot tariqasida
yangi yutuqlarga shart-sharoit yaratish.
100
– barcha sinflar uchun sinfdan tashqari o„qish kitoblari nashr qilish. Kitob
shunday adadda nashr qilinishi kerakki, undan bahramand bo„lgan o„quvchi vaqti
kelib ana shunday kitoblardan bir nechtasini chop ettirishga hissa qo„sha olsin.
– sinfdan tashqari o„qish majmua kitobining elektron versiyasini yaratish.
Bosma darslikdan farqli o„laroq, elektron majmuadagi matn bilan tanishish
jarayonida o„quvchi unga mos animatsiyalar, audio va video materiallar, muallif
nutqi, hayoti va ijodiga oid filmlardan lavhalar, sahnalashtirilgan (kino, spektakl,
videofilm) asarlardan parchalar bilan tanishish imkoniga ega bo„ladi.
Majmua muayyan sinf adabiyot darsligidagi mavzularning uzviy davomi
sifatida qo„shimcha ma‟lumotlar, dasturda o„rganilishi rejalashtirilmagan adiblar
ijodi va umrbayonidan hikoya qiluvchi hamda ular haqida zamondoshlari fikrlari
asosida tayyorlangan o„quv filmlaridan namunalar keltirish bilan boyitiladi.
Elektron majmualarni yaratishda yangi nomdagi adabiyotlarni, badiiy
asarlarni topib o„qiydigan o„quvchilarning ehtiyojlarini ham hisobga olmoq kerak.
O„tkazilgan tajribalarning o„qituvchilar va metodistlar bilan muhokamasi
natijasida ba‟zi xulosalarga keldikki, ishimizda yoritilgan tavsiyalar sinfdan
tashqari o„qish mashg„ulotlarini mukammallashtirish uchun ma‟lum imkoniyatlarni
ochib beradi, mutolaaning barcha turlarini (dastlabki turi – umumiy tanishish,
ikkinchi turi – chuqur o„qib, batafsil o„rganish uchun) birgalikda amalga oshirishga
yordamlashadi.
Dostları ilə paylaş: |