Publications



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Boshlovchi yigit: Darhaqiqat, xalqimizning o„zligini anglashiga xizmat 
qilgan Navro„z ayyomi elimizning bir tan-u bir jon bo„lib O„zbekiston – ona 
Vatanimizning ham dehqonchilig-u chorvachilik, ham sanoat-u ilm-fanda
umuman, jahonda tenglar ichra teng bo„lib, barcha sohalarda yuksak marralarni 
egallashiga kuch bermoqda. 
Shuni alohida ta‟kidlamoq joizki, milliy iqtisodiyotimiz tarkibida ham tub 
o„zgarishlar sodir bo„lmoqda. Buni yurtimizning istiqlol yillarida avvalgi agrar 
respublikadan bosqichma-bosqich ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy 
davlatga aylanib borayotganidan ko„rishimiz mumkin. 
Monitorda yurtimiz sanoati, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, qurilish 
bunyodkorlik ishlari, yoshlarimizning ilm-fan, sanoat, sport sohalarida 
erishayotgan yutuqlari, o„qish va ijod jarayoni namoyish etiladi. 
Boshlovchi qiz: “Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli 
bo„lgan Navro„z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat 
va himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar 
davomida qanday buyuk umuminsoniy g„oyalardan bahramand bo„lib, ma‟naviy 
kamol topganining yana bir tasdig„idir, desak, hech qanday mubolag„a 
bo„lmaydi”
2

Baxshi bobo o„lanini yakunlab: 
Tovus misol taralar 
Raqqosa qiz noz bilan, 
1
Nosiruddin Burhonuddin Rabg„uziy. Qisasi Rabg„uziy. –Т.: Yozuvchi, 1990. – 103-bet.
2
Каrimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Т.: Ма‟naviyat, 2008. – 35-bet. 


97 
Hikmat baxshi kuylaydi, 
Do„mbiraday soz bilan, 
Keling Navro„z sayliga, 
Siz ham keling mayliga. (94-bet) 
“Bahor valsi” yangraydi va qizlar raqsga tushadilar. 
Ko„klamoy: Azizlarim, barchangizning qalbingizni yil bo„yi bahoriy 
kayfiyat tark etmasin. Mustaqil yurtimizdan Navro„z shodiyonalari, tinchlik-
xotirjamlik, xonadonlaringizdan rizq-ro„z arimasin. 
Navro„zoy: Zero, Navoiy bobomiz tilaganidek, “Har tunung qadr o„lubon, 
har kunung o„lsun navro„z”. 
Qatnashchilar tomoshabinlarga ta‟zim qilishadi va parda yopilpdi. 
Xulosa qilganda, yuqoridagi kabi usullarda tashkil etiladigan tadbirlar 
o„quvchilarning mustaqil kitobxonligini kamol toptirish va ma‟naviyatini 
shaklllantirishda muhim o„rin tutadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin