95
Poygaga ot solaylik,
Ana uloq tashlandi,
Keling Navro„z sayliga,
Siz ham keling mayliga. (93-bet)
Monitorda keng maydon bo„ylab ko„pkari chopayotgan chavandozlar, uloqni
egariga o„ngarib, belgilangan marraga keltirib tashlagan g„olib
gavdalantirilgan
“Chavandoz” filmidan lavha ko„rsatiladi.
Polvon bobo chiqib, salmoq bilan so„z boshlaydi:
Endi navbat milliy o„yinlarimizga. Davraga
kuragi yerga tegmagan
polvonlarimizni chorlaymiz. Ma‟lumki, o„zbek kurashi
sport turi bugun halollik,
mardlik va tantilik ramzi sifatida dunyoga yoyildi. O„zbekning “Halol”,
“Yonbosh”, “Chala”, “Boshla” kabi so„zlari jahonning nufuzli sport maydonlarida
mardona yangramoqda.
Sahnaga chiqqan ikki nafar polvon yigit o„zbek kurashining ayrim usullarini
qo„llab, o„z chiqishlarini taqdim etishadi. Shundan so„ng ikki guruhga bo„lingan
yigirmatacha yigitlar arqon tortishib, kuch sinashadilar.
Boshlovchi qiz: Azaldan Navro„z tantanalari “Varrak sayli”siz o„tmagan.
Bahor kunlari varrak uchirayotganda
bolalar shamolni chaqirib,
quyidagicha
qo„shiq aytganlar:
Varrak uchirayotgan
birinchi bola:
Shamol-shamol,
Bag„ring kamol,
Onang seni uchqur deydi.
Otang seni botir deydi,
Qani, ko„rsat amalingni.
Uchir ko„kka varragimni.
Ikkinchi bola:
Shamol-shamol,
Bag„ring kamol,
Erinmasdan kelgin buyon,
Bola bo„lib quvon har on.
Uchir ko„kka varragimni. (37-bet)
Varraklar osmonga ko„tariladi.
Dostları ilə paylaş: